

Ma'lumki, ushbu musobaqa bu yil Malayziyada, 20 sentyabr - 7 oktyabr oralig'ida bo'lib o'tadi.
Qur'a natijalariga ko'ra guruhlar quyidagicha ko'rinishda bo'ldi:
U-16 Osiyo chempionati-2018
"A" guruhi: Malayziya, Yaponiya, Tailand, Tojikiston.
"B" guruhi: KXDR, Ummon, Yaman, Iordaniya.
"S" guruhi: Eron, Vetnam, Hindiston, Indoneziya.
"D" guruhi: Iroq, Janubiy Koreya, Avstraliya, Afg'oniston.
Musobaqa nizomiga ko'ra yakuniy to'rtlikdan o'rin olgan jamoalar 2019 yil Peruda tashkil etiladigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.
Ushbu turnirda bizning o'smirlar terma jamoamiz qatnasha olmaydi. Chunki o'tgan yil Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan saralash o'yinlarida guruhdan chiqa olmaganmiz.




