Biz qatnashmaydigan musobaqaga qur'a tashlandi

Xayrulla Xoliqov
26 apr 2018, 14:16
Bugun U-16 Osiyo chempionatiga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi.

Ma'lumki, ushbu musobaqa bu yil Malayziyada, 20 sentyabr - 7 oktyabr oralig'ida bo'lib o'tadi.

Qur'a natijalariga ko'ra guruhlar quyidagicha ko'rinishda bo'ldi:

U-16 Osiyo chempionati-2018
"A" guruhi: Malayziya, Yaponiya, Tailand, Tojikiston.
"B" guruhi: KXDR, Ummon, Yaman, Iordaniya.
"S" guruhi: Eron, Vetnam, Hindiston, Indoneziya.
"D" guruhi: Iroq, Janubiy Koreya, Avstraliya, Afg'oniston.

Musobaqa nizomiga ko'ra yakuniy to'rtlikdan o'rin olgan jamoalar 2019 yil Peruda tashkil etiladigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga yo'llanma oladi.

Ushbu turnirda bizning o'smirlar terma jamoamiz qatnasha olmaydi. Chunki o'tgan yil Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan saralash o'yinlarida guruhdan chiqa olmaganmiz. 

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com