So’nggi yangiliklar

10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  1 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  22 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  5 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  10 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  2 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  14 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3

Biz kutgan o'yin: "ARSENAL" - "CHELSI" 0:0! Yangiliklar

Biz kutgan o'yin: "ARSENAL" - "CHELSI" 0:0!

Sizu-biz kutgan uchrashuv jangovor durang bilan o'z yakuniga etdi.
90+3. Premer-ligada Venger uchun Mourino hamon chaqilmas yong'oq. Venger 10 marotabaki aynan Mourino boshqaruvidagi "CHelsi"ni yutishni uddasidan chiqa olmaydi. Xayr salomat bo'ling.

90+1.
Luizning kuchli zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

90.
Uolkot burchak to'pi ishladi. hakam esa o'yinga 3 DAQIQA qo'shib berdi. Vermalen yana bitta burchak to'pi ishladi. "CHelsi"dan Ramirez 23 metrlardan jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritdi. To'p oldida, David Luiz.

89.
"Arsenal" bironta ham o'zgarishni amalga oshirmadi. "CHelsi"da uchta tetik futbolchi bor. Aftidan Venger o'yinni buzib qo'ymoqchi emas. Yana bir daqiqa o'yinning asosiy vaqti tugaydi. Ikki jamoa ochko olishdan ko'ra, ochko yo'qotmaslikni afzal bilishyapti.

87. Jiru bitta zarba bilan hisobni ochishi mumkin edi. Terrining aniq harakati evaziga bu vaziyat burchak to'pi bilan yakunlandi. O'ng qanotdan etkazib berilgan to'pga Jiru oyog'ini to'g'ri qo'ya olmadi. CHex,darvoza va Jiru o'rtasidagi masofa 2 metr ham emas edi. Qarshi hujumda "CHelsi" burchak zarbasini ishladi. Keyin "Arsenal"da qarshi hujum. Vaziyat yakuniga etgach, DAVID Luiz TORRES o'rniga maydonga tushdi.

84.
6 daqiqa qoldi. Qiziq holat, Venger o'zgarish qilishni o'ylasa bo'larmidi?

81.
Uolkot juda ham tezlashib ketibdi. Angliya terma jamoasi safida JCHda eng yaxshilaridan bo'lsa ajab emas. "CHelsi" himoyada bexato harakat qilyapti. Ammo hujumga ha deganda o'tish niyati yo'q. Durang ham "ko'klar"ga bo'laveradi shekili...

80.
Hozirgina maydonga tushgan Oskar va SHyurrlu chap qanotdan o'zaro pas o'ynab ko'rishdi.

79. Jiruuuuuu..... Jiru 6 metrlik masofadan gol ura olmadi. CHex darvoxani tark etib bo'lgan, sal o'ylansa bo'lgani edi. Ammo u chap qanotdan kuchli zarba berdi, to'p esa biroz to'sin yonginasidan o'tib ketdi.

78.
Arsen Venger ham o'zgarish haqida bosh qotiryapti. Ammo kimni maydondan oladi, buni birozdan keyin bilib olamiz. "Arsenal" maydon markazida to'p bilan muomulada.

77.
"CHelsi"da ikkinchi o'zgarish. Villian - Oskar

74.
"CHelsi"da o'zgarish. Azar - SHyurrle

67.
Rosicki Ozil uchun Ivanovichni qulatdi. Mayk Dinning birinchi bo'limdagi saxiyligi uchun o'yinchilar quyushqondan chiqib ketdilar. Uchinchi sariq kartochka.

65.
Ikkinchi sariq kartochka Uolkotga berildi. Jarima zarbasi "Arsenal" uchun yaxshilik bilan tugadi. Huddiki bitta gol o'yin taqdirini hal qiladi. Ammo uni kim uradi. Ozil hozir kuchli zarba yo'lladi. Futbolchilar asabiylashishyapti. Ozil serbiyalik Ivanovich bilan dahanaki jang olib bordi. Boisi Ivanovich unga nisbatan hakamning ko'zini shamg'alat qilib qo'pollik qilishga uringan edi.

64.
Ramires Artetaga nisbatan jiddiy qo'pollik ishlatdi va buning uchun sariq kartochka oldi.

62.
Uzoq davom etgan kombinaciyadan keyin Villian to'pni "Arsenal" jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgan Lempardga etkazib berdi. Ammo Jonga bo'yi pand berdi.

58.
Kasorla o'yinga tushish uchun engil mashg'ulotlarni boshlab yubordi. Hozircha na Mour, na Venger futbolchi almashtirmadi. Stadiondagi muhitga tarif yo'q.

56.
Sanya qiyin holatda turishiga qaramay topni tepa oldi. CHex uni ushlab oldi va Villian orqali tezkor qarshi hujum boshlandi. Ammo Azarga etkazib berilgan to'p uzatilishiga aniqlik etishmadi. Lempard esa yana bir marotaba Ozilga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam esa to'pni ikki jamoa futbolchisi o'rtasiga qo'ib berdi.

52.
Arteta to'pni 30 metr uzunlikdagi Jiru tomon havolatib etkazib berdi. Ammo Jiru unga etib ololmadi. Birinchi bo'limda bo'lgani kabi, jamoalar yana extiyotkor.

48.
Tarkibda o'zgarish yo'q. Yana bir bor eslatib o'tamiz: "Arsenal": SHchensni, Sanya, Mertesaker, Vermalen, Gibbs, O'zil, Rosicki, Remzi, Arteta, Uolkott, Jiru.
"CHelsi": CHex, Ivanovich, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Obi Mikel, Ramires, E. Azar, Villian, Lempard, Torres
 
46.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45. Ozilning 17 metrlardan bergan zarbasini Keyxil qiyinchilik bilan qaytardi. Uchrashuvning birinchi bo'lim yakuniga etdi. Biroz dam olamiz.

43. Yana "Arsenal" foydasiga burchak zarbasi. To'p jarima maydonchasi ichiga etkazib berildi. Tuman. Qarshi hujumda Azar. Torres to'pni chap qanotga etkazib berdi. To'p Villianda, u o'zi zarba berishga qaror qildi. Bu SHchesniga muammo bo'lmadi.

40. Rosicki raqibga nisbatan sariqqa tortadigan qo'pollik ishladi. Ammo hakam bugungi o'yinda hozircha hech narsa ko'rsatish haqida o'ylamayapti. "CHelsi" maydon egalariga nisbatan faolroq harakat qilishni boshladi. "Arsenal" burchak zarbasini amalga oshirdi. Befoyda.

36.
Ozil 4 nafar "CHelsi" futbolchilar oldida to'pni Uolkotga etkazib berdi. Uolkot esa to'pni o'ziga qabul qila olmadi, boisi "CHelsi" himoyachisi biroz unga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Hakam esa 11 metrlik nuqtani ko'rsatshga jazm etmadi. Mayk Din bu bilan dastlabki xatosini "bajardi". Qo'pollikni Villian ishlatgan ekan.

33.
Lempard - Azar kombinaciyasidan keyin darvozaga dars ketdi. Lempardning kuchli zarbasidan so'ng to'p darvoza ustuniga tegib chiziqqa tushdi. "Arsenal" muxlislarining baxtiga yaqin orada Torres yo'q edi. "CHelsi" hujumni kanda qilmadi va u 1 daqiqaga yaqin davom tdi. Torresning zarbasidan keyin SHchensni to'pni ushlab oldi. Ammo to'p soniyalar o'tmayoq yana "CHelsi"ga kelib tushdi va bursak to'pi. Mourino kulgancha ushbu lavhalarni tomosha qildi.

29.
Villian ikki qanotda ham faollik qilyapti. Yaqindagina "Anji"da to'p tepayotgan edi.

27.
Villian Ramiresga to'pni havolatib etkazib berdi. Futbolchiga ozgina aniqlik etishmadi. Uning boshi bilan bergan zarbasidan so'ng to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.

25.
Uchrashuvni stadiondan Devid Bekxem kuzatyapti. "Arsenal" hujumkorlikni oshirgan. Mertazaker jamoadoshiga pas oshirishda xatoga yo'l qo'ydi. Bu "CHelsi" jarima maydonchasi ichida bo'lgan hafvli vaziyat edi.

23.
Lempard O'zilga nisbatan qo'pollik ishlatdi. CHamasi 25 metrlardan belgilangan jarima zarbasini jabrlanuvchining o'zi amalga oshirdi. Jiru to'pga etib bora olmadi.

21.
Villian o'ng qanotdan to'pni jarma "Aresnal" maydonchasiga etkazib berdi. To'p 16likka kirmasidan Remzi tomonidan maydonga chiqarib yuborildi. Lempardning bu safargi burchak zarbasi ham ish bermadi.

19.
Sanya to'pni havolatib Torresga etkazib berdi. Ammo ispan "Arsenal" himoyachisidan ustun bo'la olmadi. Sirpanib ketdi shekili, yiqilib ham tushdi.

17.
Havfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Maydon markazidan "CHelsi" jarima maydonchasiga etkazib berilgan to'pni Uolkot o'ziga bo'y sundirib ola bilmadi. Keyingi hujumni esa Jon Terri boshi bilan bartaraf etdi.

15.
Maydonda teng kurash. Goh, "Arsenal", goh "CHelsi" hujum qilishga intilyapti. Ammo ularning ikkisi ham extiyotkor harakatni maqul ko'rishayotganligi sabab, hujumlar shiddatli emas. Huddiki, "CHelsi" durang uchun maydonga tushgan. Balki tinmay yoqqan yomg'ir bunga o'z tasirini ko'rsatyapti.

13. Lempard Sanyaga nisbatan jiddiy qo'pollik ishlatdi. Sanya shundoqqina Mourino oldida yiqildi, portugaliyalik mutaxassis uni o'rnidan turishiga yordam berdi. Hakam "CHelsi" sardori to'p uchun o'ynadi degan qarorga keldi.

10. Gibbs o'ng qanotdan to'pni "CHelsi" jarima maydonchasi ichiga tashlab berdi. Keyxil uni bartaraf etdi. Keyingi hujumda "Arsenad" burchak to'pini ishlab oldi. Burchak zarbasidan kelgan to'pga Jiru kalla qo'yishda xatolikka yo'l qo'ydi.

8. Remzi to'pni Ozilga, orqaroqqa etkazishda jiddiy xatoga yo'l qo'ydi. Uning baxtiga Torres to'pga etib bora olmadi.

5. Villian to'pni qabul qila olmadi. Rossickiy "Arsenalning" hujumini jonlantirdi. Ammo "Arsenal"ning ham hujumi havfli ko'rinish olmadi.

3.
Lempard jamoasining birinchi bursak to'pini amalga oshirdi. Noaniq.

1. Torres va Villian o'yinni boshlab berdilar. "Arsenal"ning birinchi bo'limdagi darvozasi o'ng tomonda.

0. Jamoalar maydonga chiqib kelyaptilar.

0. Jamoalar echinish xonasidan yo'lakka chiqdilar.

0.
"Arsenal" va "CHelsi" jamoalari o'zaro 180 marotaba uchrashganlar. "Arsenal" 71 marotaba g'alaba qozongan. "CHelsi" esa 57. 52ta durang. "Arsenal"ning yirik g'alabasi 5:1, mag'lubiyati 5:0.

0. Mourino:
To'psiz qoladigan bo'lsak "Arsenal" kuchli bo'lib qoladi. O'zilni yaxshi bilaman va u qaysi chiziqda qanday harakat qilishini bilaman. 

0. Venger:
Bugun g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Maqsadimiz maksimum natija uchun maydonga tushamiz. Maydon yaxshi holatda. Uolkotdan yaxshi o'yin kutaman. Bugungi yomg'ir o'yinga tasir o'tkazmasligi kerak.

0.
O'yin boshlanishiga 15 daqiqa vaqt qolganida, ikki jamoa bosh murabbiyi intervyu beryapti:

0. 
"Arsenal"niki: Zaxira: Djenkinson,  Monreal , Bendtner , Flamini, Fabianski , Kasorla, Podolski

0.
"CHelsi" xaxira o'rindig'i: Oskar , SHyurrle , Mata, David Luiz,  Eto′O,  SHvarcer,  E. Koul

0. Londonda jala quygan bo'lsada, o'yin o'tkazilinadi. Muxlislar sekin asta o'z o'rinlariga kelib o'tirishyapti.
 
0. TAS-IXda o'yinni ko'radiganlar uchun havola - TV

0. Bugun xizmatingizda - Nodirxo'ja Yuldashev va Humoyun Dovurov.

0.
"Arsenal" muxlislari, Anri yodingizdami? Meni o'zim "Arsenal" ishqibozi edim. Tayanchdagi devor, Viera! Bergampdaka super gollar uradigan futbolchilar hozir bormi? Piresning paslari...

0.
Eski "CHelsi"dagi Zola kimning yodida? Gudyonsonchi? Lempardning yoshligi, tinim bilmas Makelele va Koul. Gallas yodingizda bo'lsa kerak?

0.
"Arsenal" so'nggi marotaba premer-ligada 2004 yil chempion bo'lgan. 10 mavsum avval, 17-turda "kanoirlar" turnir jadvalining ikkinchi, "CHelsi" esa uchinchi pog'onasidan joy olgan edi. Qizig'i ikki jamoaning to'plagan ochkolari 39tani tashkil etgan. Yakunda esa "Arsenal" - 90, "CHelsi" - 79 ochko bilan 1 va 2 o'rinlarni qo'lga kiritgan edilar.


Angliya chempionati, 17-tur
23 dekabr.
London. "Emireyts" stadioni.
"Arsenal": SHchensni, Sanya, Mertesaker, Vermalen, Gibbs, O'zil, Rosicki, Remzi, Arteta, Uolkott, Jiru.
"CHelsi": CHex, Ivanovich, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Obi Mikel, Ramires, E. Azar, Villian, Lempard, Torres
 
        ANGLIYA CHEMPIONATINING TURNIR JADVALI 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика