"Biz hamisha birgamiz". Xitoydagi Odil Ahmedovdan O'zbekistonga insonparvarlik yordami
07 apr 2020 22:22
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/557546_original.jpg)
![](/upload/storage/557546_220.jpg)
"Biz hamisha birgamiz". Xitoydagi Odil Ahmedovdan O'zbekistonga insonparvarlik yordami
Yaqindagina Ahmedovlar oilasi tomonidan 600 million so'mlik mablag' turli ko'rinishda Namangan viloyatida taqsimlab berilgan edi.
Bugun MTJ sardori navbatdagi yordamini Xitoydan O'zbekistonga yubordi. Unda asosan, tibbiy mahsulotlar bo'lib, ular ushbu sinovli kunlarda koronavirusni engishda shifokorlarimizga qo'l kelishi tabiiy.
"Xalqqa kelgan dard. Davlatni yolg'iz tashlab qo'yish bunday payt to'g'ri bo'lmaydi. Buni ko'z-ko'z qilish uchun qilmayapmiz. Insonlarga yordamimiz tegsa bo'ldi. Bunday vaziyatda boy va kambag'al - bir.
Xitoy bu borada ancha tajribaga ega bo'ldi. Biz yuborayotgan mahsulotlar shifokorlarimizning ishida yordam bersa bo'ldi", - dedi Ahmedov championat.asia sayti muxbiri bilan suhbatda.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar