So’nggi yangiliklar

00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  0 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  12 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  16 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  13 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1 18:50Расман: Рамсдейл янги клуб билан шартнома имзолади  0 18:34Эдерсон янги клуб билан келишувга эришди  1

Bitta bo'lsin, zo'r bo'lsin! Yangiliklar

Bitta bo'lsin, zo'r bo'lsin!

Teglar :  O'zbekiston MTJ
Bu murojaat Ektor Kuperdan ko'ra futbolchilarimizga bag'ishlanadi.

Malumki, shu paytgacha Eron terma jamoasi bilan Toshkentda to'rt marta o'ynaganmiz. Bugungi uchrashuv beshinchisi bo'ladi. Afsuslanarlisi, bo'lib o'tgan to'rtta o'yinning birortasida g'alaba qozonish tugul hatto gol ura olmaganmiz.

2012 yilning 3 iyun sanasida "Jar" stadionida bo'lib o'tgan bahsda Odil Ahmedov gol urgandi, biroq uni yaponiyalik hakam Yuichi Nishimura hisoblamagan. O'shanda hakam to'p darvoza chizig'ini kesib o'tmadi deya toza golimizni inobatga olmagandi.

Eron bilan o'zimizda bo'lgan avvalgi o'rtoqlik uchrashuvida 0:0 o'ynaganmiz, uchta rasmiy o'yinda esa bir xil 0:1 hisobida mag'lub bo'lganmiz. Biz xohlardikki, bugungi bahsda yigitlar mana shu "qora anana"ni yo'qqa chiqarib, tarixda birinchi bor Eronni Toshkentda mag'lub etishsa. 

Albatta, Ektor Kuper o'z uslubiga sodiq qolib bugun yanada chuqurroq himoyani yo'lga qo'yishi mumkin, lekin futbolchilarimiz shu paytgacha Eronga qarshi bellashuvlar qanday o'tganini juda yaxshi bilishadi va shuni bilgan holda g'alaba uchun o'ynaydilar. 

Garchi o'rtoqlik darajasida bo'lsa ham, Eronni mag'lub etish biz uchun muhim deb o'ylayman, chunki bu ham futbolchilarning o'ziga bo'lgan ishonchini orttiradi, ham Kuperning elkasidan tog' ag'dariladi. Murabbiy sal bo'lsa-da o'zini engil his qiladi. 

SHunday ekan, bugun terma jamoamizdan yaxshi o'yin bilan birga ijobiy natija kutib qolamiz. O'rtoqlik maqomida bo'lsa ham yigitlar Eronni yutishiga tilakdoshmiz. Toshkentda Eronni bir marta yutsak, ishoning muxlislarning "vuuu" deb stadiondan ketishlariga boshqa sabab qolmaydi. 

Ektor Kuper qanday tarkib va taktika tanlamasin, futbolchilardan faqat g'alaba kutib qolamiz.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика