So’nggi yangiliklar

14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  2 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  1 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9

Birinchi taymning o'zidayoq uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan xavbek, ushbu mavsumda ilk bor tur murabbiyiga aylangan mutaxassis - Superligada 11-tur laureatlari Yangiliklar

Birinchi taymning o'zidayoq uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan xavbek, ushbu mavsumda ilk bor tur murabbiyiga aylangan mutaxassis - Superligada 11-tur laureatlari

Kecha Coca Cola Superligasining 11-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.


"Surxon" posboni Artyom Potapov "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

Termizliklar darvozaboni ortda qolgan turda ko'p marta seyv namoyish qilib, "Metallurg" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0)da munosib ulush qo'shdi.


"Navbahor" xavbeki Oston O'runov "Championat.asia" talqinida 11-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

22 yoshli yarim himoyachi "Bunyodkor" bilan bahsda 60 daqiqa harakat qilgani va kichik jarohati borligiga qaramasdan, o'z dubli bilan o'yin taqdirini hal qildi. U saytimiz talqiniga ko'ra 1-taym tugashi bilanoq uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi, bu bejiz emas, albatta. Futbolchi birinchi bo'limdagi samarali xatti-harakatlari orqali jamoasiga navbatdagi 3 ochkoni keltirishda katta hissa qo'shdi va bu orqali saytimiz ekspertlari tomonidan muddatidan oldin eng yaxshi bo'lishga loyiq ko'rildi.  


"Navbahor" azosi Oston O'runovning "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan birinchi, jamoasining esa to'rtinchi to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 11-turning chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi. 

Namanganliklar xavbeki "Bunyodkor" bilan uchrashuvda dubl qayd etdi va jamoasining yirik hisobdagi g'alabasini taminladi. 


"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan "Championat.asia" talqiniga ko'ra 11-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Tajribali mutaxassis qo'l ostidagi "lochinlar" bu turda "qaldirg'ochlar"ni tor-mor keltirishdi.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика