So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 2-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 2-tur statistikasi

9 aprel kuni birinchi liganing “sharq” mintaqasida ham 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Odatdagidek turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
“CEMENTCHI” YANA AJABLANTIRDI YOXUD “UZDONGJU”NING QIYIN G'ALABASI
Ortda qolgan turda ikkita jamoa mehmonda g'alaba qozongan bo'lsa, bitta uchrashuvda durang qayd etildi. Tabiiyki qolgan ikkita o'yinda esa mezbonlarning qo'li baland kelgan.
O'tgan turda “Oq-tepa” o'z maydonida “Paxtakor-2”dan uchralgan mag'lubiyatni unutib, vodiyga safar uyushtirdi. “Yozyovon-Lochinlari”ga qarshi kechgan bahsda Ildar Sakaev jamoasi muhim g'alabaga erishdi. Liga debyutanti esa o'z maydonidagi ilk uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi.  
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Oq-tepa (Toshkent) – 0:2.

Bu yil tarkibini oliy liga o'yinlarida ishtirok etib mahoratini oshirgan o'yinchmlar bilan to'ldirib olgan “Xotira-79” jamoasi o'z maydonida har qanday raqibga jiddiy qarshilik ko'rsatadigan bo'lib bormoqda. Tohir Madrahimov boshqaruviga o'tgan uychiliklar bu safar “Paxtakor-2”ni mag'lubiyatga uchratdi. Mazkur uchrashuvda “paxtakorchilar” azosi penaltidan unumli foydalana olmadi.  
Xotira-79 (Uychi) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 3:1.

“Qaldirg'ochlar” ushbu turdagi o'yinida ham birinchi bo'lib hisobni ochgan bo'lsa-da, yana alamli mag'lubiyatga uchradi. “Kosonsoy” hujumchisi Davron Isoqov 2ta gol urib, jamoaga g'alaba keltirdi.
Bunyodkor-2 (Toshkent) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:2.

Andijonliklar chempionatni yirik hisobdagi g'alaba bilan boshlagan bo'lsada, 9 aprel kuni “NBU-Osiyo”ning jiddiy qarshiligiga duch keldi. O'yinning asosiy vaqtida darvozalar dahlsizligi saqlab qolindi. Ammo uchrashuvning 90+5-daqiqasida (!) hakam toshkentliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Uni Alisher To'xtasinov aniq amalga oshirdi va “bo'yoqchilar” muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Etiborlisi penalti belgilanishidan bir daqiqa oldin mehmonlarning bitta o'yinchisiga qizil kartochka ko'rsatilgandi. Bosh hakam Murod Muhamedov tomonidan mehmonlarga ko'rsatilgan 1ta qizil kartochka va belgilangan 1ta penalti, ko'pchilikda shubha uyg'otdi. Nazoratchi: Oleg Rubakov hakamning ishini 8,2 ballga baholadi.   
UzDongJu (Andijon) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:0.

Quvasoyliklar ham bu turda ko'pchilikni ajablantirdi. Mavsumlar oralig'ida oliy liga jamoalariga ham jiddiy tashvish tug'dirgan “Cementchi” mana ketma-ket ikkinchi uydagi o'yiniki, g'alaba nimaligini bilmayapti. Abdumalik Hakimov boshqaruvidagi jamoa “CHust-Paxtakor” bilan o'yinda arang durang qayd etganini bilib olish qiyin emas. CHunki bosh hakam Ahmed Ergashev shu kuni mehmonlarning ikkita o'yinchisini maydondan chetlatgan. Birinchi chetlatishdan so'ng esa quvasoyliklar javob to'pini kiritib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lgan.
Cementchi (Kuvasoy) – CHust-Paxtakor (CHust) – 1:1.

GOLLAR
* Mazkur turda qayd etilgan umumiy gollar soni 12tani tashkil etdi.
* Mezbonlar tomonidan kiritilgan gollar 6ta bo'ldi.
* Mehmon jamoalar ham yana shuncha to'p kiritgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida 7ta gol urilgan.
* Ikkinchi taymda esa yana 5ta gol qayd etilgan.
* Dubl! Davron Isoqov mazkur turda dubl qayd etgan yagona futbolchi bo'ldi. “Kosonsoy” hujumchisining safarda “Bunyodkor-2”ga qarshi bahsda ikkita gol urib, jamoasiga muhim uch ochkoni keltirgani tahsinga loyiq.
* Penalti! 2-tur o'yinlarida hakamlar 3ta penalti belgiladi. Undan ikkitasi aniq amalga oshirildi. Alisher To'xtasinov (“UzDongJu”) va A.Ahmadjonov (“Paxtakor-2”) nuqtadan adashmagan bo'lsa, “CHust-Paxtakor” azosi B.Sadillaev bu borada 11 metrlikdan unumli foydalana bilmagan.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 2-tur o'yinlari keskin kurash va qo'polliklarga boy tarzda kedi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bois  ogohlantirishlarning umumiy soni 23tani tashkil etmoqda.
* Bu har bir bahsga o'rtacha 4,6tadan sariq kartochka demakdir.  
* Mezbon jamoa futbolchilaridan 10 nafari sariq kartochka bilan siylangan bo'lsa, mehmonlardan 13tasi sariq kartochka olgan.
* Bundan bilish qiyin emaski, ushbu turda ko'proq mehmonlar o'yin qoidasni buzganini.
* “UzDongJu” – “NBU-Osiyo” va “Cementchi” – “CHust-Paxtakor” jamoalarida eng ko'p sariq kartochka qayd etilgan. 6tadan!
* “UzDongJu”, “NBU-Osiyo” va “CHust-Paxtakor” futbolchilari 3tadan sariq kartochka olgan.
* “Yozyovon-Lochinlari” va “Xotira-79” jamolari esa bu borada boshqalarga namuna bo'ldi. Ushbu jamoalarning futbolchilari 1tadan sariq kartochka olgan.
* 4ta chetlatish! Mazkur tur qizil kartochkalarga ham boy bo'ldi.
* Etiborlisi 3ta qizil kartochka mehmon jamoaning o'yinchilariga ko'rsatilgan va ularning jamoasi mag'lubiyatga uchragan.
* Yana bir etiborga molik jihati esa “CHust-Paxtakor”ning ikki futbolchisi safardagi bahsda maydondan chetlatilgan. Bu esa “Cementchi”ga qo'l kelib, mag'lubiyatdan qutilib qoldi.
Demak, 3-turni quyidagi futbolchilar o'tkazib yuboradi.
J.Umirov – “Bunyodkor-2”
I.CHoriev – “NBU-Osiyo”
B.Sadillaev - ”CHust-Paxtakor”
M.Nuritdinov - ”CHust-Paxtakor”

HAKAMLAR QANDAY ISHLADI?
ENG YUQORI BALL MUHAMEDOV VA NAJAFALIEVDA

* Ushbu turda eng yuqoir ball, 8,2 bo'ldi.
* Asker Najafaliev bilan Murod Muhamedov nisbatan eng yuqori ball egalari bo'ldi.
* Aksincha nisbatan eng past ball olgan hakam esa Ahmad Ergashev bo'ldi, 7,8 ball!

Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Oq-tepa (Toshkent) – 0:2. 3015 tomoshabin.
Hakamlar:
T. To'xtasinov (Andijon) – 8,0, A. Marajabov (Andijon) – 8,3, Z. Abdurahmonov (Andijon) – 8,3, D. Qurchiev – 7.
Nazoratchi: A. Klepikov (Toshkent).
  *******************************
Xotira-79 (Uychi) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 3:1. 3152 tomoshabin.
Hakamlar:
R. Tolibjonov (Farg'ona) – 8,0, X. Zulunov (Andijon) – 8,3, A. Jo'raxonov (Andijon) – 8,4, A. Jabborov – 8.
Nazoratchi: A. Marajabov (Andijon).
  *******************************
Bunyodkor-2 (Toshkent) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:2. 37 tomoshabin.
 Hakamlar:
A. Najafaliev (Toshkent) – 8,2, R. Nig'monov (Toshkent) – 8,4, D. Saylolov (Toshkent) – 8,4, A. SHukurullaev – 9.
Nazoratchi: M. Ismoilov (Toshkent).
  *******************************
UzDongJu (Andijon) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:0. 1027 tomoshabin.
Hakamlar
: M. Muxamedov (Toshkent viloyati) – 8,2, E. Tursunov (Namangan) – 8,4, I. Nosirov (Namangan) – 8,2, A. Rahimov – 8.
Nazoratchi: O. Rubakov (Toshkent).
  *******************************
Cementchi (Kuvasoy) – CHust-Paxtakor (CHust) – 1:1. 2710 tomoshabin.
Hakamlar
: A. Ergashev (Toshkent) – 7,8, SH. Mirjalolov (Toshkent) – 8,1, Z. Erkinov (Toshkent) – 8,0, S. Rahmanov – 8.
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).

ENG KO'P MUXLIS UYCHIDA. TOSHKENTDA ESA AKSINCHA
* “SHarq” mintaqasida muxlislarning stadionga tashrifi “g'arb”ga nisbatan yaxshiroq. Sababi ortda qolgan 2-turning 5ta o'yiniga jami 9941ta ishqiboz kirgan.
* Bu har bir bahsga o'rtacha 1988tadan tomoshabin demakdir.
* Xotira-79 – Paxtakor-2 (3:1) bahsi ishqibozlarda katta qiziqish uyg'otgan o'yin bo'ldi.
* “Bunyodkor-2” – “Kosonsoy” bahsi esa aksincha bu borada past natija qayd etdi. Toshkentdagi o'yinni atiga 37 nafar tomoshabin kuzatgani uchrashuv qaydnomasida yozib ko'rsatilgan.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Xotira-79 (Uychi) – Paxtakor-2 (Toshkent) – 3:1. 3152 tomoshabin.
Yozyovon-Lochinlari (Yozyovon) – Oq-tepa (Toshkent) – 0:2. 3015 tomoshabin.
Cementchi (Kuvasoy) – CHust-Paxtakor (CHust) – 1:1. 2710 tomoshabin.
UzDongJu (Andijon) – NBU-Osiyo (Toshkent) – 1:0. 1027 tomoshabin.
 Bunyodkor-2 (Toshkent) – Kosonsoy (Kosonsoy) – 1:2. 37 tomoshabin.


TURNIR JADVALI

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 UzDongJu 2 2 0 0 5 - 0 5 6
2 Xotira-79 2 2 0 0 5 - 2 3 6
3 Paxtakor-2 3 1 1 1 3 - 4 -1 4
4 Oq-tepa 2 1 0 1 3 - 2 1 3
5 NBU-Osiyo 2 1 0 1 3 - 2 1 3
6 Kosonsoy 2 1 0 1 3 - 3 0 3
7 Cementchi 2 0 2 0 2 - 2 0 2
8 Yozyovon-Lochinlari 2 0 1 1 1 - 3 -2 1
9 Bunyodkor-2 3 0 1 2 2 - 5 -3 1
10 CHust-Paxtakor 2 0 1 1 1 - 5 -4 1


3-TURDA UCHRASHADILAR
13 aprel (dushanba)
“Paxtakor-2” – “Bunyodkor-2” 0:0
 14 aprel (seshanba)
“CHust-Paxtakor” – “Yozyovon-lochinlari”
“NBU-Osiyo” – “Cementchi”
“Kosonsoy” – “UzDongJu”
“Oq-tepa” – “Xotira-79”


Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика