Birinchi liga, “SHarq” mintaqasi. 17-tur statistikasi
26 iyu 2014 13:34
Yangiliklar
Birinchi liga, “SHarq” mintaqasi. 17-tur statistikasi
23-24 iyun kunlari birinchi liganing “sharq” mintaqasida, 17-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Ortda qolgan turda muxlislar bir-biridan qiziqarli o'tgan uchrashuvlarga guvoh bo'ldi. Odatdagidek turning etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
UCHRASHUVLAR
UzDongJu – Xotira-79 – 3:0.
Qo'qon-1912 – Kosonsoy – 3:0.
NBU-Osiyo – Istiqlol – 6:4.
Oq-tepa – Paxtakor-2 – 3:3.
Lokomotiv-BFK – Bunyodkor-2 – 2:2.
CHust-Paxtakor – Obod – 0:0.
Andijonning “UzDongJu” jamoasi o'z maydonida chempionatning etakchilaridan biri “Xotira-79”ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvga uychiliklarning bosh murabbiyi Usmon Asqaralievning kelmagani ham qaysidir manoda jamoa o'yiniga salbiy tasir o'tkazdi chog'i. Boisi tarkib jihatdan nisbatan yosh bo'lgan “UzDongJu” shu kuni raqibini osonlikcha taslim etgandek tuyuldi, nazarimizda.
Oliy ligaga chiqish yo'lida dadil odimlayotgan “Qo'qon-1912” uchun 17-tur omadli keldi. CHunki qo'qonliklar ushbu turda g'alaba qozondi va undan muhimi turnir jadvalidagi yaqin taqibchilari ochko yo'qotdi. Bu esa Rustam Abdullaev jamoasiga qo'l keldi. “Kosonsoy” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng jamoa turnir jadvalida peshqadamga aylanib oldi.
“NBU-Osiyo” – “Istiqlol” 6:4 - Toshkent derbisida xokkeycha hisob! Yon qo'shnilarning to'qnashuvi gollarga boy bo'ldi. Albatta futbolni gollar bezaydi. Bu uchrashuvning birinchi bo'limidayoq jamoalar 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuvda kiritilgan umumiy gollar miqdori esa 10tani tashkil etdi. Adashmasak, “sharq” mintaqasida hozircha eng ko'p gol urgan klub “NBU-Osiyo” bo'lib turibdi, 6ta.
Aleksandr Mochinov “Oq-tepa”ni tark etgach, ko'pchilik ushbu jamoaning bu yil oliy ligaga chiqish imkoniyatni pasaytirib yubordi. Bu haqiqatga o'xshaydi. CHunki tarkib borasida “Paxtakor-2”dan anchagina ustun bo'lgan “Oq-tepa” 23 iyun oqshomida arang durangga erishdi. Uchrashuvda bo'lmaganimiz uchun unda nima yuz berganidan bexabarmiz. Lekin shunisi aniqki, “Oq-tepa” 17-turda qimmatli ikki ochkoni yo'qotdi. Bu esa o'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ygan jamoaga yakunda qimmatga tushishi aniq.
17-turda muxlislar poytaxtda yana bir kichik derbiga guvoh bo'ldi. “Lokomotiv-BFK” – “Bunyodkor-2” (2:2) bahsida mehmonlar qo'shib berilgan oxirgi 4 daqiqa ichida ikkita gol o'tkazib yuborib, tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi. Leonid Senkevich jamoasi esa o'yin oxirida iroda ko'rsatib, mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Uchrashuvni boshqarib borgan hakam Olim To'ychiboevga nazoratchi Farhod Abdullaev 7,8 ball qo'yganini ham aytib o'tish kerak.
Robert Gay “CHust-Paxtakor”ga qaytgach jamoa natijalari ijobiy tomonga o'zgargandek tuyulgandi. Lekin 23 iyun kuni chustliklar o'z maydonida liga debyutanti “Obod”ni mag'lub eta olmadi. O'yinda har ikkala jamoaga ham gol kiritish nasib etmadi va tomonlar nursiz durangga imzo chekdi.
GOLLAR
* Mazkur turda kiritilgan umumiy gollar miqdori 26tani tashkil etdi.
* Mezbon jamoalar hisobiga 17ta gol yozildi.
* Mehmonlar esa 9ta gol urgan.
* Uchrashuvlarning birinchi bo'limida muxlislar 12ta golga guvoh bo'ldi.
* Ikkinchi taymdagi gollar soni esa 14tani tashkil etdi.
* 17-turda eng ko'p gol kiritgan jamoa “NBU-Osiyo” bo'ldi, 6ta!
* O'z darvozasidan eng ko'p to'p o'tkazib yuborgan jamoa esa “Istiqlol”.
* “UzDongJu”, “Qo'qon-1912”, “CHust-Paxtakor” hamda “Obod” ushbu turda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
* Turning eng tezkor goli 5-daqiqaga to'g'ri keldi. “NBU-Osiyo” to'purari Abdulatif Abduqodirov aynan ushbu daqiqada “Istiqlol” posbonini ranjitdi.
* Aksincha turning enggi so'nggi goli 90+4-daqiqada Sarvar Safarov tomonidan kiritildi. Etiborlisi ushbu gol “Lokomotiv-BFK”ni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.
* Ortda qolgan turda dublga erishgan futbolchilar 4tani tashkil etdi.
* DUBL: Abdulatif Abduqodirov
Aleksandr Lupashko (“NBU-Osiyo”).
Obid Hakimov, (“Istiqlol”).
Alisher SHog'ulomov (“Oq-tepa”).
* 4ta PENALTI. Etiborlisi ushbu belgilangan penaltilardan 3tasi “Oq-tepa” – “Paxtakor-2” bahsida yuz bergan. Ularning barchasi gol bilan yakunlangan! “Xotira-79” azosi Abdulaziz Sultonov esa “UzDongJu”ga qarshi bahsda o'zi penalti ishlab, o'z amalga oshirdi. Biroq to'p to'singa tegib qaytdi.
* Penalti tepgan futbolchilar: Javohir Siddiqov (“Paxtakor-2”), Sobir Usmonxo'jaev (“Oq-tepa”), Alisher SHog'ulomov (“Oq-tepa”), Abdulaziz Sultonov (“Xotira-79”).
OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* 17-turda uchrashuvlarni boshqarib borgan hakamlar jami 29ta futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.
* Undan 14tasi mezbon jamoa vakillariga berilgan.
* Mehmonlardan esa 15ta o'yinchi sariq bilan “siylangan”.
* O'yinlarning birinchi bo'limida 14 nafar futbolchi hakam tomonidan ogohlantirilgan.
* Ikkinchi taymda esa sariq kartochkalar soni 15tani tashkil etdi.
* Turning eng intizomli jamoasi “NBU-Osiyo” bo'ldi. Etiborlisi “bankirlar” “Istiqlol”ga qarshi bahsda birorta ham sariq kartochka olmagan. Bu bilan ular boshqalarga namuna ko'rsatishdi.
* Aksincha bu borada salbiy natija ko'rsatgan jamoa “Xotira-79” bo'ldi. Uychiliklarning 6 nafar o'yinchisi bosh hakam tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
* Eng keskin va qo'polliklarga boy kechgan o'yin deb “UzDongJu” – “Xotira-79” va “Lokomotiv-BFK” – “Bunyodkor-2” ni ko'rsatish mumkin. Mazkur uchrashuvlarda hakamlar cho'ntagidan 7 marotaba sariq kartochka chiqarishga majbur bo'lgan.
* Etiborga molik tomoni 17-turda hakamlar birorta futbolchiga qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatmagan.
TOMOSHABINLAR
17-tur o'yinlariga tashrif buyurgan muxlislar sonini hisoblasak, 6843tani tashkil etdi. Bu har bir o'yinga o'rtacha miqdorda 1140tadan ishqiboz demakdir.
Malumot o'rnida shuni aytib o'tish o'rinliki, bundan avvalgi turda 6201ta muxlis tashrifi kuzatilgandi. Har bir o'yinga o'rtacha 1240tadan tomoshabin. Bundan ko'rinib turibdiki, futbol muxlislari birinchi liga o'yinidan ko'ra, uyda jahon chempionati bahslarini ko'rishni maqul topishmoqda.
17-turda eng ko'p muxlis kirgan o'yin yana “Qo'qon-1912”ning uy bahsida kuzatildi.
Bundan oldingi turlarda ham aksincha natija ko'rsatgan “NBU-Osiyo” mazkur turda ham eng oz muxlis yig'gan jamoa bo'ldi.
Muxlislar tashrifi kimda qanday?
UzDongJu – Xotira-79 – 3:0. 178 tomoshabin.
Qo'qon-1912 – Kosonsoy – 3:0. 4937 tomoshabin.
NBU-Osiyo – Istiqlol – 6:4. 58 tomoshabin.
Oq-tepa – Paxtakor-2 – 3:3. 124 tomoshabin.
Lokomotiv-BFK – Bunyodkor-2 – 2:2. 89 tomoshabin.
CHust-Paxtakor – Obod – 0:0. 1457 tomoshabin.
TURNIR JADVALI
TO'PURARLAR:
Abdulatif Abduqodirov (“NBU-Osiyo”) – 15ta.
Otabek Haydarov (“Qo'qon-1912”) – 13ta.
Isroil Tursunov (“Istiqlol”) – 13ta.
Abdurazzoq Jo'raev (“Kosonsoy”) – 10ta.
Farhod SHokirov (“CHust-Paxtakor”) – 9ta.
OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
18-tur. 26 iyun (payshanba)
“Qo'qon-1912” – “Xotira-79”
“Uz-Dong-Ju” – “Kosonsoy”
“Oq-tepa – Istiqlol”
“NBU-Osiyo” – “Paxtakor-2”
27 iyun (juma)
“CHust-Paxtakor” –“Bunyodkor-2”
“Lokomotiv-BFK” – “Obod”
Islombek Rustambekov tayyorladi.

# |
Jamoa |
O' |
YU |
D |
M |
UG – O'G |
T-N |
Ochk |
1 |
Qo'qon-1912 |
16 |
10 |
4 |
2 |
34 – 15 |
19 |
34 |
2 |
Oq-tepa |
15 |
10 |
2 |
3 |
24 – 16 |
8 |
32 |
3 |
Xotira-79 |
17 |
9 |
3 |
5 |
22 – 17 |
5 |
30 |
4 |
Obod |
17 |
9 |
2 |
6 |
23 – 21 |
2 |
29 |
5 |
NBU-Osiyo |
17 |
8 |
3 |
6 |
34 – 25 |
9 |
27 |
6 |
UzDongJu |
17 |
8 |
0 |
9 |
27 – 26 |
1 |
24 |
7 |
Kosonsoy |
17 |
7 |
1 |
9 |
29 – 32 |
-3 |
22 |
8 |
Lokomotiv BFK |
17 |
4 |
7 |
6 |
18 – 25 |
-7 |
19 |
9 |
Istiqlol |
17 |
5 |
2 |
10 |
34 – 43 |
-9 |
17 |
10 |
Paxtakor-2 |
17 |
4 |
5 |
8 |
22 – 33 |
-11 |
17 |
11 |
Bunyodkor-2 |
17 |
3 |
7 |
7 |
19 – 26 |
-7 |
16 |
12 |
CHust-Paxtakor |
16 |
3 |
4 |
9 |
21 – 29 |
-8 |
13 |

Fikrlar