So’nggi yangiliklar

11:03"Насаф" суперкамбек эвазига "Шабаб Ал Аҳли"ни мағлуб этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 10:57"Шабаб Ал Аҳли" бош мураббийи: "Насаф"га қарши ўйинда Азмунни майдонга туширмаганимга бир қанча сабаб бор"  0 10:43Goal "Манчестер Юнайтед"нинг ХХI асрдаги энг яхши футболчилари рўйхати тузди. Роналду биринчи эмас!  7 10:08«Интер Майами» — МЛС доимий лигаси чемпиони. Месси фаолиятидаги 46-совринига эга чиқди  7 09:53ЦСКА собиқ ёрдамчи мураббийи: "Аббосни РПЛнинг кўплаб жамоаларига таклиф қилишган, бироқ якунда деярли барча жамоа рад жавобини берган"  0 09:25Неймарнинг кейинги манзили аниқ?  1 08:48Sofascore. Кечаги учрашув учун "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  4 08:20МЛС. "Интер Майами" сафарда қийин ғалабага эришди, Месси жарима зарбасидан гол урди  17 08:15"Брест" иккинчи, "Барселона" ва "Реал Мадрид" ёнма-ён кетмоқда. EЧЛ иккинчи туридан сўнг турнир жадвали қандай ҳолатда?   9 07:40Про лига. Бугун 22-турга старт берилади  0 02:20ЕЧЛ. "Реал", "Бавария" ва "Атлетико" ўз учрашувларида мағлуб бўлишди. "Ливерпуль" ва "Ювентус"да ғалаба  50 00:50"Атлетико" жазоланди  6 00:50ОЧЛ 2. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" 2:1, "Насаф"дан сўнгги дақиқаларда камбэк!   4 00:19АПЛда жамоасини голдан энг кўп қутқараётган дарвозабон ким?  2 23:50ЕЧЛ. "Жирона" мағлуб бўлди, "Аталанта"да ғалаба  1

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 16-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “SHarq” mintaqasi, 16-tur statistikasi

18 iyun kuni birinchi liganing “sharq” mintaqasida 16-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda muxlislar bir qator qiziqarli bahslarga guvoh bo'ldi. Odatga ko'ra mazkur turda qayd etilgan etiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz.

18 iyun kuni turning 5ta o'yini bo'lib o'tdi. Mazkur ortda qolgan uchrashuvlarda ko'proq mehmonlarga omad kulib boqdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Negaki “Qo'qon-1912”, “Bunyodkor-2” hamda “Obod” jamoalari mehmonda o'ynaganiga qaramay o'z hisobiga uch ochkodan yozdirib qo'ydi.

O'z maydonida “Lokomotiv-BFK”ni qabul qilgan “bankirlar” yirik hisobda zafar quchdi. Etiborlisi ushbu 5ta o'yinda birorta ham durang qayd etilmadi.

NBU-Osiyo – Lokomotiv-BFK – 4:0.
Istiqlol  – Qo'qon-1912  – 2:3.
Paxtakor-2  – UzDongJu  – 3:2.
Xotira-79 – Bunyodkor-2 – 1:2.
Kosonsoy – Obod – 1:2.
“Oq-tepa” – “CHust-Paxtakor” bahsi 16 iyulga qoldirildi.

GOLLAR
* 20ta gol
* 11ta gol mezbonlarga
* 9ta gol mehmonlarga
* Birinchi bo'limda 5ta gol
* Ikkinchi bo'limda esa 15ta gol
* Eng ko'p golni “NBU-Osiyo” futbolchilari kiritgan.
* Aksincha o'z darvozasidan eng ko'p gol o'tkazib yuborgan jamoa “Lokomotiv-BFK” bo'ldi.
* Turning eng tezkor goli Leonid Koshelev hisobiga yozildi. 1-daqiqa!
* Turning eng so'nggi goliga ham “NBU-Osiyo” vakili mualliflik qilgan. Timur Ayzatulov 90+1-daqiqada “Lokomotiv-BFK” darvozasini ishg'ol etgan.
* Sarvar Abdusattorov 16-turda avtogol muallifiga aylangan yagona futbolchi bo'ldi.
* 1ta dubl. “Bunyodkor-2” hujumchisi Sardor Azimov mazkur turda ikkita gol urgan futbolchi bo'ldi.
* Ushbu turda hakamlar jami 3ta penalti belgiladi. Undan Sardor Azimov (“Bunyodkor-2”) aniq foydalana olgan bo'lsa, SHahboz Jumaboev (“UzDongJu”) bilan Jalil Kimsanov (“Qo'qon-1912) nuqtadan adashgan.

OGOHLANTIRISH VA CHETLATISH
* Mazkur turda 26 nafar futbolchi bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan “siylandi”.
* Mezbon jamoalarning 16ta o'yinchisi, mehmonlardan esa 10ta futbolchi sariq bilan ogohlantirilgan.
* 7ta o'yinchi birinchi bo'limda ogohlantirilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda 19 nafar o'yinchiga sariq kartochka ko'rsatilgan. Bundan ko'rinib turibdki uchrashuvlarning ikkinchi taymi asabiy tarzda o'tgan.
* “NBU-Osiyo” va “Istiqlol” jamoalari hisobiga 4tadan sariq kartochka yozildi. Bu eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi.
* Aksincha “Lokomotiv-BFK” bilan “UzDongJu” jamoalari turning eng intizomli jamoalari bo'lishdi. Bu klublarning bittadan futbolchisi ogohlantirilgan xolos.
* 3ta chetlatish. 16-turda hakamlar jami 3 nafar o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatib, maydondan chetlatishga qaror qildi.
* Qizil kartochka olgan futbolchilar: Abdujamol Isroilov (“Paxtakor-2”), SHoxruz Norxonov (“Istiqlol”), Temur Tursunov (“Lokomotiv-BFK”).

TOMOSHABINLAR
Muxlislar tashrifi kimda qanday?
Orda qolgan 16-turning 5ta o'yiniga jami 6201 nafar tomoshabin tashrif buyurgan. Har bir bahsga o'rtacha 1240 tadan ishqiboz demakdir.

Vodiydagi ikki o'yinni hisobga olmasak, Toshkentdagi o'yinlarga 150ta ham muxlis kirmagan.

Eng ishqiboz tashrif buyurgan o'yin “Xotira-79” – “Bunyodkor-2” bo'ldi. Uychida kechgan bahsga 3071 nafar tomoshabin qadam ranjida qilgan. Afsuski bu ko'rsatkich eng yuqorisi sifatida qayd etilmoqda. SHundan ham bilib olsa bo'ladiki, birinchi ligaga bo'lgan etibor qay darajada ekanligini.  

NBU-Osiyo – Lokomotiv-BFK – 4:0. 103 tomoshabin.
Istiqlol  – Qo'qon-1912  – 2:3. 122 tomoshabin.
Paxtakor-2  – UzDongJu  – 3:2. 128 tomoshabin.
Xotira-79  – Bunyodkor-2  – 1:2. 3071 tomoshabin.
Kosonsoy – Obod – 1:2. 2777 tomoshabin.

TURNIR JADVALI

#

Jamoa

O'

YU

D

M

UG - O'G

T-N

Ochk

1

Oq-tepa

14

10

1

3

21 - 13

8

31

2

Qo'qon-1912

15

9

4

2

31 - 15

16

31

3

Xotira-79

16

9

3

4

22 - 14

8

30

4

Obod

16

9

1

6

23 - 21

2

28

5

NBU-Osiyo

16

7

3

6

28 - 21

7

24

6

Kosonsoy

16

7

1

8

29 - 29

0

22

7

UzDongJu

16

7

0

9

24 - 26

-2

21

8

Lokomotiv BFK

16

4

6

6

16 - 23

-7

18

9

Istiqlol

16

5

2

9

30 - 37

-7

17

10

Paxtakor-2

16

4

4

8

19 - 30

-11

16

11

Bunyodkor-2

16

3

6

7

17 - 24

-7

15

12

CHust-Paxtakor

15

3

3

9

21 - 29

-8

12



TO'PURARLAR:

Otabek Haydarov (“Qo'qon-1912”) – 13ta.
Abdulatif Abduqodirov (“NBU-Osiyo”) – 13ta.
Isroil Tursunov (“Istiqlol”) – 13ta.
Abdurazzoq Jo'raev (“Kosonsoy”) – 10ta.
Farhod SHokirov (“CHust-Paxtakor”) – 9ta.

OSTONAMIZDAGI UCHRASHUVLAR
17-tur. 23 iyun (dushanba)
“UzDongJu” – “Xotira-79”
“Qo'qon-1912” – “Kosonsoy”
“NBU-Osiyo – Istiqlol”
“Oq-tepa” – “Paxtakor-2”
24 iyun (seshanba)
“Lokomotiv-BFK” – “Bunyodkor-2”
“CHust-Paxtakor” – “Obod”

Islombek Rustambekov tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика