So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  7 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  8 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  12 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  8 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  5 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

Birinchi liga. Mavsumning kashfiyot jamoasi: “Obod”! Yangiliklar

Birinchi liga. Mavsumning kashfiyot jamoasi: “Obod”!

Poyoniga etgan birinchi liga o'yinlarini mavsum mobaynida saytimiz orqali har bir turini onlayn tarzda yoritib borishga urindik.
Buni qanchalik amalladik, munosib bahoni o'quvchilar berishadi. Lekin har bir klub rasmiylaridan buning uchun alohida minnatdorchilik eshitib keldik.

Ortda qolgan mavsum-2014da birinchi liga uchrashuvlarini saytimizda yoritib borilishida asosiy ishni bajargan  4 nafar xodimimiz turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshilarni aniqladi.

Xususan bu yilgi mavsumda kashfiyotga aylangan jamoa “Obod” bo'ldi. Toshkent jamoasining debyut mavsumidayoq kichik bronza medallarini qo'lga kiritgani ham qaysidir manoda fikrlarimizni to'liq isbotlasa ajab emas. Umuman olganda Xayrulla Abdiev va Farhod Safarov boshqaruvidagi jamoa mavsum-2014ni yuqori darajada o'tkazdi deyish mumkin. Ko'ramiz kelasi yil ham “Obod” o'zini qanchalik ko'rsata olarkin.

Keyingi o'rinni band etgan “Mashal-2” ham yomon taassurot qoldirmadi. Dilshod Andaev boshchiligidagi jamoa bu yil yana birinchi ligadagi ishtirokini boshladi. Tarkibi asosan akademiya bitiruvchilaridan tashkil topgan bo'lishiga qaramay, muborakliklar jiddiy kurashdi.

Yana avvalgi mavqeini tiklab borayotgan Andijonning “UzDongJu” jamoasi ham birinchi ligaga qaytishini yomon boshlamadi. Nozim Mullaoxunov boshqaruvidagi klub yakunda 5-o'rinni egalladi.

Nukusning “Orol” jamoasi o'tgan yilga nisbatan ushbu mavsum barqaror o'yin ko'rsatdi. Nematulla Qutiboevga etarli sharoitlarni yaratib berilsa, kurashchan jamoa tuza olishini bu yil ko'rdik.
Kosonning “Alanga”si ham joriy chempionatda jiddiy kurashdi. Anvar O'rinov qisqa fursat ichida yaxshi jamoa shakllantira oldi.  

Kashfiyot jamoa:
“Obod” (Toshkent) - 17
“Mashal-2” (Muborak) - 16
“UzDongJu” (Andijon) - 12
“Orol” (Nukus) - 8
“Alanga” (Koson) - 6
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика