Birinchi liga. "G'ijduvon" transferlari davom etadi, jamoa tarkibiga bir qator yangi futbolchilar qo'shilishdi
25 iyu 2021 17:30
Yangiliklar
Birinchi liga. "G'ijduvon" transferlari davom etadi, jamoa tarkibiga bir qator yangi futbolchilar qo'shilishdi
Joriy mavsum yakunida Birinchi liga g'olibligini maqsad qilgan "G'ijduvon" klubi yozgi transferlar mavsumida faollik namoyish etmoqda.
Bahodir SHaymardonov bosh murabbiyligidagi jamoa shu kunlarda bir qator taniqli va tajribali futbolchilarni qo'shib oldi. Jumladan Abdumalik Abdullaev ("Yangier"), Musurmon Xolmirzaev ("Jizzax-Bars"), Jamshid Hasanov ("Dinamo"), Nodirbek Yuldashev ("Yangier"), Abbos Ikromov ("Istaravshan", Tojikiston), Nurali Padarov ("SHo'rtan"), Islom Boysariev ("So'g'diyona"), Asilbek Mirzayorov ("Binokor"), Longji Song ("Oq-tepa"), Xuan Esperro ("Oq-tepa"), SHerzod Qodirov ("Oq-tepa") kabi futbolchilar endilikda "G'ijduvon" tarkibida harakat qilishadi.
Malumot uchun, jamoa Birinchi liganing 11-turidan so'ng 21 ochko bilan musobaqa jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar