So’nggi yangiliklar

07:36Ўзбекистон Қирғиз Республикасига ҳеч қандай имконият қолдирмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 02:00Месси фаолияти ҳақида: "Бунинг якуни яқинлашиб келмоқда"  1 01:45ЖЧ-2026 саралаши. Гаттузонинг дебютида Италиядан йирик, Франциядан ишончли ғалаба ва бошқа натижалар  1 01:19ОКМК назорат ўйинида Про-лига жамоасини икки марта мағлуб қила олмади  0 00:58Урмат Абдукаимов: "Ҳакамларнинг қарорлари футболчиларнинг фаолиятига катта таъсир ўтказади. Ҳакамлар ҳам шуни билиши ва ҳис қилиши керак"  8 00:47"Навбаҳор" ўртоқлик ўйинида "Нефтчи"ни мағлуб этди  7 00:23Лаутаро ЕЧЛ финалидаги мағлубият ҳақида: "5 кун гапира олмаганман"  1 23:45Лотар Маттеус: "Германия жуда ёмон ўйнади. Ҳисоб 5:0 бўлиб кетиши ҳам мумкин эди"  1 23:24Тимур Кападзе: "Жаҳон чемпионати учун аниқ режа? Барчаси ҳал бўлгунча кутиш керак"  30 22:55"Барселона" Ромеу клубдан кетганини маълум қилди  0 22:36"Реал" мухлислари жамоанинг август ойидаги энг яхши футболчисини танлаб олди  0 22:13ЛаЛига "Барселона"га рухсат берди  1 21:45CAFA Nations Cup. Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси 4:0  24 21:26CAFA Nations Cup. Ўзбекистон 10 киши бўлиб қолган Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда енгди. Финалдаги рақиб – Эрон  237 21:10Ўмон терма жамоаси мураббийи: "Кўплаб вазиятлар яратдик, аммо бор-йўғи иккита гол урдик"  11

Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi. 1-tur statistikasi Yangiliklar

Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi. 1-tur statistikasi

Biroz oldin birinchi liganing “SHarq” mintaqasiga oid 1-tur statistika berilgandi. Endi esa “G'arb” mintaqasida bo'lib o'tgan 1-tur uchrashuvlarining etiborga molik jihatlariga to'xtalib o'tamiz.
6 O'YIN
Mazkur mintaqada ham 6ta o'yin o'tkazildi. Payshanba kuni taqvimga ko'ra 4ta uchrashuv bo'lib o'tgan bo'lsa, ertasi kuni yana 2ta bahs bo'ldi.

Bu yil yana birinchi ligada ishtirokini davom ettirayotgan Nukusning “Orol” jamoasi ochilish o'yinida bosh murabbiysiz qolgani ularga salbiy tasir o'tkazgandek go'yo.

Sababi nukusliklar chempionatni o'z maydonida boshlagan bo'lishlariga qaramay, “SHerdor”ga iimkoniyatni boy berdi.
Bu yil oliy ligaga chiqishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan “SHo'rtan” esa ko'pchilikni ajablantirdi. Muxtor Qurbonov jamoasi o'z maydonida liga debyutanti “G'ijduvon”ni qabul qilib, arang durangga erishdi. G'ijduvonliklar tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, aytarli taniqli nomlar yo'qlgini ko'rish mumkin. Lekin shunga qaramay bu jamoaning G'uzordan bir ochko bilan qaytgani etirofga loyiqdir.

Bu yil yana yangitdan shakllangan “Guliston” esa tayyor g'alabani qo'ldan chiqardi. Bu jamoa Vobkentda “Spartak” mehmoni bo'lib uchrashuvda birinchi bo'lib hisobda oldinga chiqib olgandi. Ammo keyinchalik buxoroliklar raqib darvozasini ikki bor aniq nishonga olib g'alabani o'z tomonlariga og'dira olishdi.

Umuman olib aytganda o'tkazilgan 6ta o'yinning 3tasida mezbon jamoalarga omad kulib boqqan. Yana ikkita bahsda durang qayd etilgan. “SHerdor” esa safarda g'alaba bilan qaytgan yagona jamoa bo'ldi.

GOLLAR
Ortda qolgan o'yinlarda jamoalar hammasi bo'lib 14ta to'p kiritdi. Ularning 9tasi mezbonlar hisobiga yozilgan bo'lsa, qolgan 5tasini esa mehmon jamoa futbolchilari kiritgan. Uchrashuvlarning birinchi bo'limida muxlislar jami 4ta golga guvoh bo'lishdi. Ikkinchi taymda esa hujumkorlik yanada oshdi va jamoalar umumiy hisobda 10ta gol urishgan.
Eng tezkor gol – Suhrob Ismatov, 12-daqiqa. “Alanga” futbolchisi “Zomin”ga qarshi bahsda o'zini ko'rsatib, tarix zarvaraqlaridan o'rin oldi.

Turning eng so'nggi goli ham ushbu o'yinda kuzatildi. 90+3-daqiqada “Zomin” azosi SHuhrat Qurbonov raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

“G'arb” mintaqasida “Xorazm” bilan “Registon” ushbu turda o'z darvozasidan to'p o'tkazib yubormagan jamoalar bo'lishganini ham alohida takidlash lozim.

KARTOCHKALAR
O'tkazilgan uchrashuvlar davomida hakamlar futbolchilarning hatti harakatlarini 34ta sariq kartochka loyiq baholadi. Bu har bir bahsga 5,66tadan sariq kartochka demakdir. Sariq kartochkalarning 17tasi mezbon jamoa futbolchilariga ko'rsatilgan. Etiborlisi mehmonlar tomon ko'rsatilgan sariqlar soni ham 17tani tashkil etdi.

Uchrashuvlarning birinchi bo'limida jami 10ta sariq kartochka qayd etilgan. Ikkinchi taymda esa 24 futbolchi ogohlantirildi. Bundan kelib chiqadiki o'yinlarning ikkinchi taymi keskin kurashlar va qo'polliklarga boy tarzda kechgan.

1-turda hakamlar uchta futbolchini maydondan chetlatishga qaror qildi. Bundan ko'proq “Mashal-2” jamoasi jabr chekdi. Safarda o'ynagan Dilshod Andaev jamoasi “Registon” qarshi bahsning so'nggilarida 9 kishi bo'lib o'ynashga majbur bo'ldi. Oxir-oqibat muborakliklar 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

MUXLISLAR
Ishqibozlar tashrifi borasida “G'arb” mintaqasi vakillari “SHarq”qa nisbatan faollik ko'rsatdi deyish mumkin. Sababi bu mintaqadagi jami 6 o'yinni hammasi bo'lib, 15998 nafar tomoshabin bevosita stadionda kuzatgan. Har bir uchrashuv uchun o'rtacha 2666,3 tadan muxlis to'g'ri keladi.
Ortda qolgan turda eng muxlis Xivada kechgan “Xorazm” – “G'allakor-Avtomobilchi” bahsiga qadam ranjida qilgan.
Samarqandda kechgan “Registon” – “Mashal-2” o'yinida esa aksincha xolat kuzatilgan.

Tomoshabinlar tashrifi kimda qanday?
Orol – SHerdor – 1:2 (0:0). 2243 tomoshabin.
Xorazm – G'allakor-Avtomobilchi – 2:0 (1:0). 7110 tomoshabin.
Alanga  – Zomin  – 1:1 (1:0). 2111 tomoshabin.
Spartak – Guliston – 2:1 (0:1). 238 tomoshabin.
Registon (Samarqand) – Mashal-2 (Muborak) – 2:0. 176 tomoshabin.
SHo'rtan (G'uzor) – G'ijduvon (G'ijduvon) – 1:1. 4120 tomoshabin.

Islombek RUSTAMBEKOV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика