Birinchi davra yakunlari. “Navbahor”
17 iyu 2014 15:56
Yangiliklar
Birinchi davra yakunlari. “Navbahor”
Oliy ligamizda birinchi davra yakuniga etgan va ayni paytda jamoalar mavsumning ikkinchi yarmiga hozirlik ko'rishmoqda.
Bugun saytimiz orqali Namanganning “Navbahor” jamoasiga to'xtalib, klubning birinchi davradagi ishtirokini tahlil qilamiz.
NIMANI KUTGANDIK?
“Navbahor”ni mavsum avvalida Baxtiyor Ashurmatov qabul qilib oldi. Yosh murabbiyning o'tgan yil “Guliston”dagi mehnati har holda yaxshi baholandi. SHu bois “Guliston” birinchi ligadan tushib ketgach, Ashurmatov uzoq vaqt ishsiz qolmadi va tez orada “Navbahor” variantini qabul qildi. Namanganlik muxlislar sevimli jamoalaridan faqat yuqori o'rinlarni kutishadi. Negaki “Navbahor” ular uchun hamma narsa deganidir.Muxlislar bu yil ham jamoadan yuqori o'rinlarni kutishmoqda. Ishqibozlar Ashurmatov klubni yangi bosqchi sari ko'tara oladi deb o'ylashyapti.
NIMAGA ERISHILDI?
Jamoa birinchi davrada nimaga erishdi? Avvalo shuni aytish joiz, klub o'tgan mavsumdagi ko'rsatkich bilan deyarli bir xil natija qayd etdi. “Navbahor” birinchi davrada 8-o'rinni egalladi. Jamoa avvalgi mavsum ham shu o'rinni egallab kichik tanaffusga chiqib ketgandi. Faqat bu safar 16 ochko jamg'ardi, “Navbahor”ning o'tgan yil birinchi davhada to'plagan ochkolari 15ta edi. Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari ortda qolgan 13 bellashuvdan 5tasida g'alaba qozonishdi, bir bor durang o'ynab, 7ta bahsda yutqazib qo'yishdi. To'plar nisbati 17-20 (-3) ko'rinishini oldi. “Navbahor” o'tgan yil chempionatni 11-o'rinda tugatgandi, qani ko'ramiz, bu yilgi o'rin qanday bo'larkin.
KUCHLI TOMONI
Birinchi davrada “Navbahor”ning kuchli tomonlari ko'proq hujum chizig'ida, shuningdek qanot yarim himoyasida ko'zga tashlandi. Jamoa hujumda faol ko'rindi deya olamiz. Bundan tashqari, ular o'z kuchlarini asosan uy uchrashuvlarida namoyish etishdi. To'g'ri, safarda “Buxoro” mag'lub etildi, lekin bu voqea 2-turda bo'lgandi va shundan so'ng jamoa safar bellashuvlarida birorta ham ochkoni qo'lga kirita olmadi. Jamoaning yana bir kuchli tomoni himoyadan hujumga tezkorlik bilan o'tishida bo'ldi. Va shu usul orqali “Navbahor” raqiblarini bir necha bor shoshirib qo'ydi.
KUCHSIZ TOMONI
Jamoaning kuchsiz tomoni himoyalanish va darvoza chizig'ida ko'zga tashlandi. Namanganliklar darvozasini birinchi davrada ikkita darvozabon qo'riqladi va ikkalasiyam o'zidan kutilgan o'yinni to'liq namoyish eta olmadi. Bundan tashqari, qanot himoyachilari ham aksar hollarda birmuncha past saviyada harakat qilishdi. SHuningdek, jamoaning ruhiy tushkunlikdan chiqib ketishi qiyin kechdi. Masalan, Toshkentda “Paxtakor”ga imkoniyat boy berilganidan so'ng ketma-ket ikkita o'yinni safarda o'tkazgan “Navbahor” uchun avvalgi mag'lubiyat bu o'yinlarga ham tasir qilib klub keyingi ikkita bahsni ham boy berdi. Umuman olganda, “Navbahor” safar bellashuvlarini turlicha kayfiyatda o'tkazdi.
KIMLAR O'ZINI KO'RSATDI?
O'zini ko'rsatgan futbolchilardan birinchi galda SHukurali Po'latovni aytib o'tsak arziydi. Bu himoyachi mavsum avvalida “Bunyodkor”dan ijaraga olingandi va u ishonchni oqladi. Po'latov himoya markazida Yuriy Rijko bilan tandem shaklida to'p surdi va har ikkalasining ham o'yini yomon chiqmadi. Yarim himoyachilardan Baxtiyor Yoqubov ajralib turdi. “Neftchi”ning sobiq azosi yangi jamoaga o'tgach, tezda o'z o'yinini topib oldi. SHuningdek, Robbim Hasanovning ham harakatlari ko'pchilikka maqul keldi. Bilasiz, bu futbolchi o'tgan yil “Guliston”da ham Ashurmatov qo'l ostida to'p tepgandi. Yoshlardan Azim Ahmedov etakchi bo'lishga harakat qildi, biroq unga hali vaqt bor. Yaxshi saviyadagi hujumchi SHahboz Erkinov esa oltita gol urib, jamoa to'purari bo'ldi.
KIMLAR O'ZINI KO'RSATA OLMADI?
Darvozabonlardan Doniyor Usmonov ham, Xurshid Xo'jaev ham o'zlarini to'liq ko'rsata olishmadi. Masalan, “Bunyodkor” bilan kechgan o'yinning ikkinchi taymida Xurshid Xo'jaev past saviyada o'yin namoyish etdi. Natijada jamoa 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Birinchi davrada atigi bitta gol urgan Alisher Mahmudovdan ko'p narsa kutilgandi, lekin u ham o'z imkoniyatini boricha namoyish eta olmadi. Yoshi katta himoyachi Timur Yafarov asosiy vaqtini zaxirada o'tkazdi va bor-yo'g'i ikkitagina bellashuvda ishtirok etdi. Bundan tashqari, Otabek Valijonovning harakatlarida pasayish yuzaga kelgandek ko'rindi.
XULOSA O'RNIDA
Xulosa o'rnida nima deyish mumkin? “Navbahor” birinchi davrada mo'jiza ko'rsatgani yo'q. O'tgan yilgi natijani takrorladi xolos. Jamoa o'yinida na pasayish bor, na o'sish. Avvalgi yillari qanday o'yin namoyish etgan bo'lsa, shunday o'ynab kelmoqda. Aytib o'tganimizdek, jamoa avvalgi mavsum 11-o'rinni egallagandi. SHundan kelib chiqib Baxtiyor Ashurmatov “Navbahor” yuqori pog'onaga ko'tara olsa bundan ishqibozlar xursand bo'lishi aniq. Demak, ikkinchi davrada muxlislarning jamoadan ko'p narsa kutishga haqqi bor.
STATISTIKA
O'yinlar soni – 13
Urilgan gollar – 17
Uyda urilgan gollar – 12
Safarda urilgan gollar – 5
O'tkazib yuborilgan gollar – 20
Uyda o'tkazib yuborilgan gollar – 5
Safarda o'tkazib yuborilgan gollar – 15
Uydagi ochkolar – 13
Safardagi ochkolar – 3
Eng yirik g'alabasi - 3:0 (“Andijon”)
Eng yirik mag'lubiyati – 0:3 (“Bunyodkor”)
Sariq kartochkalar – 32
Qizil kartochka – 3
Nechta futbolchi o'ynadi – 20
KIM QANCHA O'YNADI?
Darvozabonlar
Doniyor Usmonov - 7 o'yin
Xurshid Xo'jaev - 6 o'yin
Himoyachilar
Rahmatullo Berdimurodov - 13 o'yin, 0 gol
SHukur Po'latov - 12 o'yin, 1 gol
Yuriy Rijko - 12 o'yin, 1 gol
Tohir SHamsiddinov - 10 o'yin, 0 gol
Elyor Jahonov - 6 o'yin, 1 gol
Botir To'raboev - 3 o'yin, 0 gol
Timur Yafarov - 2 o'yin, 0 gol
Yarim himoyachilar
Robbim Hasanov - 12 o'yin, 0 gol
Ilhom Boydadaev - 12 o'yin, 0 gol
Mansur Saidov - 11 o'yin, 0 gol
Azim Ahmedov - 10 o'yin, 0 gol
Alisher Mahmudov - 10 o'yin, 1 gol
Baxtiyor Yoqubov - 9 o'yin, 4 gol
Otabek Valijonov - 9 o'yin, 1 gol
Sobir Hamidov - 9 o'yin, 0 gol
Azam Aliev - 6 o'yin, 0 gol
Hujumchilar
SHahboz Erkinov - 12 o'yin, 6 gol
Abdumalik Abdullaev - 11 o'yin, 2 gol
Xayrulla Xoliqov.

Fikrlar