So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  2 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

Birinchi davra yakunlari. “Lokomotiv” Yangiliklar

Birinchi davra yakunlari. “Lokomotiv”

Milliy chempionatimizda birinchi davra bahslari yakuniga etdi.
Endi odatimizga ko'ra oliy liganing har bir ishtirokchisi birinchi davrani qanday tugatgani xususida to'xtalib o'tamiz. Demak, maqolamizni birinchi davra peshqadami “Lokomotiv”dan boshlaymiz.

Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi joriy mavsumni avvaliga Hakim Fuzaylov boshchiligida boshladi. Ammo fevral oyida bo'lib o'tgan Osiyo chempionlar ligasining pley-off bosqichida yuz bergan omadsizlikdan so'ng tojikistonlik murabbiy istefoga chiqib, o'rniga barchamizga yaxshi tanish Vadim Abramov bosh murabbiy etib tayinlandi. Natijada “Temiryo'lchilar” chempionatning birinchi yarmini shu murabbiy qo'l ostida o'tkazishdi.



NIMANI KUTGANDIK?
O'tgan yil oliy ligada ikkinchi o'rinni egallagan “Lokomotiv”dan ko'pchilik bu yil ham yuqori o'rinlarni kutmoqda. Jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar malum: O'zbekiston chempioni bo'lish va Kubokni qo'lga kiritish. Buning uchun ularda imkoniyat etarli. Kubokdagi vazifa deyarli uddalandi: “Lokomotiv” o'z tarixida birinchi marta O'zbekiston Kubogi finaliga chiqdi va endi noyabrda “Bunyodkor”ga qarshi final bahsini o'tkazadi. Ichki chempionatda ham jamoa bir tekis o'yin namoyish etmoqda. “Temiryo'lchilar” chempionlik sari hozircha qoqilmasdan bormoqda deya olamiz.

NIMAGA ERISHILDI?
“Lokomotiv” birinchi davrani peshqadam sifatida tugatdi. Jamoa 13 o'yinda 33 ochko jamg'ardi, 10ta g'alaba va uch durang. Jamoa birorta uchrashuvda mag'lubiyatga uchramadi. Bu esa Vadim Abramov futbolchilar bilan astoydil ishlaganini ko'rsatadi. “Temiryo'lchilar” 13 bellashuvda 27ta to'p kiritib, o'z darvozalaridan 7ta gol o'tkazib yuborishdi.
O'tgan yil bilan taqqoslaydigan bo'lsak, birinchi davrada 32 ochko yiqqan jamoa 33ta gol urgandi. Bu yilgisi oltita golga kam. Bu esa jamoaning hujumida pasayish yuzaga kelganidan darak bermoqda. To'g'ri, Ivan Nagaev 8ta gol bilan birinchi davra to'purari bo'ldi, biroq yana bir mohir hujumchi Farhod Tojievning ishlari unchalik yurishmadi. Katta niyatlar bilan taklif etilgan Vyacheslav SHevchenko esa atigi bitta gol urishga erishdi.



KUCHLI TOMONLARI
“Lokomotiv”ning kuchli tomoni asosan yarim himoyasida namoyon bo'ldi. Aslida Lutfulla To'raev, Viktor Karpenko, ikkala Jasur Hasanov, Fozil Musaev kabi futbolchilar to'p tepgan chiziqni kuchsiz deb bo'lmasdi. Darhaqiqat, jamoaning eng kuchli tomoni - yarim himoyasi hisoblanadi. Ayniqsa, To'raev – Musaev - Hasanov (kattasi) triosi ko'p narsaga qodir. Deyarli barcha o'yinlarda jamoa o'yini aynan shu uchlik orqali tashkil etildi.

KUCHSIZ TOMONLARI
“Lokomotiv”ning kuchsiz tomoni bormi? Statistikaga qaraydigan bo'lsak, kuchsiz tomoni yo'qdek ko'rinadi. Oddiy misol, jamoa birinchi davrada hammadan kam gol o'tkazib yubordi - atigi 7ta. Lekin har qanday jamoaning kuchsiz tomonlari bo'lgani kabi “Lokomotiv”ning ham ojiz nuqtasi yo'q emas. Bu ko'proq himoya misolida ko'zga tashlandi. “Lokomotiv” himoyachilari ko'p o'yinlarda xatoga yo'l qo'yishdi. Faqat ularning baxtiga yo Nesterov darvozada yaxshi turdi yoki raqib hujumchilari imkoniyatdan foydalana olishmadi. SHunday ekan, “Lokomotiv” o'zining himoya chizig'i bilan ham maqtana oladi deyish mushkul.



KIMLAR O'ZINI KO'RSATDI?
“Temiryo'lchilar” safida bir nechta futbolchi o'zini ko'rsata oldi. Avvalo tajribali Lutfulla To'raevni aytib o'tish darkor. Birinchi davraning hamma o'yinida qatnashgan Lutfulla katta hajmdagi ishni bajardi. U tom manoda jamoaning pleymeykeri bo'ldi. SHuningdek, markaziy himoyachi Bobur Yo'ldoshev ham birinchi davrani yaxshi saviyada o'tkazdi. Ibrohim Rahimov, Salim Mustafoev, Fozil Musaev singari futbolchilar ham “Loko”ning peshqadam sifatida tanaffusga yo'l olishida katta hissa qo'shishdi. Aytib o'tganimizdek, Ivan Nagaev birinchi davra to'purari bo'ldi.

KIMLAR O'ZINI KO'RSATA OLMADI?
Ukrainalik hujumchi Vyacheslav SHevchenkodan umid katta edi. Biroq ettita uchrashuvda maydonga tushgan hujumchi atigi bitta gol urdi. O'zi ishtirok etgan bellashuvlarda SHevchenko deyarli ko'zga tashlanmadi. Uni yangi jamoasi o'yiniga kirishib keta olmadi desak ham bo'ladi. Bundan tashqari, Andrey Kojokar ham amalda hech narsani qoyillatmadi. Hakim Fuzaylov paytida jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lgan Dilshod Jabborov Abramov qo'l ostida zaxira o'yinchisiga aylanib qoldi. SHuningdek, Sadriddin Abdullaev ham o'z imkoniyatlarini to'liq namoyish eta olmadi. Bundan tashqari, kichik Jasur Hasanovning o'yinida pasayish yuzaga kelgandek ko'rindi.



XULOSA
Xulosa o'rnida nima deyish mumkin? Kuchli tarkibni jamlagan “Lokomotiv” chempionlik sari odimlashda davom etmoqda. Mana yaqinda klub safiga Aleksandr Geynrix ham kelib qo'shildi. Bu esa jamoaning chempionlik borasidagi imkoniyatlarini yanada oshirishi turgan gap. “Lokomotiv” hozirgi o'yini va tarkibi bilan O'zbekiston chempioni bo'lishga qodir, lekin chempionlar ligasida bu o'yin bilan uzoqqa borish mushkul. Rahbariyat klubda mablag' borligidan foydalanib, urg'uni faqat asosiy tarkibga bermasdan, futbol maktabiga ham sal etiborliroq bo'lsa chakki bo'lmasdi. CHunki futbolda bugun pul bilan maqsadga erishsa bo'ladi, lekin ertangi kunga poydevor qo'yish uchun o'z tarbiyalanuvchilariga ham etibor qaratish talab etiladi.



STATISTIKA
O'yinlar soni – 13
Urilgan gollar – 27
Uyda urilgan gollar – 17
Safarda urilgan gollar – 10
O'tkazib yuborilgan gollar – 7
Uyda o'tkazib yuborilgan gollar – 3
Safarda o'tkazib yuborilgan gollar – 4
Uydagi ochkolar – 16
Safardagi ochkolar – 17
Eng yirik g'alabasi - 4:0 (“Andijon”)
Eng yirik mag'lubiyati - mag'lubiyatga uchramadi
Sariq kartochkalar – 23
Qizil kartochka – 0
Nechta futbolchi o'ynadi – 22



KIM QANCHA O'YNADI?

Darvozabon
Ignatiy Nesterov - 13 o'yin

Himoyachilar
Islom To'xtaxo'jaev - 13 o'yin, 1 gol
Viktor Karpenko - 13 o'yin, 1 gol
Ibrohim Rahimov - 13 o'yin, 2 gol
Salim Mustafoev - 12 o'yin, 1 gol
Bobur Yo'ldoshev - 12 o'yin, 0 gol
Ilhom Suyunov - 3 o'yin, 1 gol
Sardor Rahmonov - 2 o'yin, 0 gol

Yarim himoyachilar
Lutfulla To'raev - 13 o'yin, 1 gol
Jasur Hasanov (katta) - 13 o'yin, 2 gol
Fozil Musaev - 12 o'yin, 1 gol
Jasur Hasanov (kichik) - 9 o'yin, 2 gol
Akmal Xolmatov - 5 o'yin, 0 gol
Andrey Kojokar - 5 o'yin, 0 gol
Dilshod Jabborov - 4 o'yin, 0 gol
Sadriddin Abdullaev - 4 o'yin, 1 gol
Quvondiq Ro'ziev - 2 o'yin, 0 gol
Sardor Mirzaev - 1 o'yin, 0 gol

Hujumchilar
Ivan Nagaev - 12 o'yin, 8 gol
Farhod Tojiev - 12 o'yin, 5 gol
Vyacheslav SHevchenko - 7 o'yin, 1 gol
Aleksandr SHadrin - 2 o'yin, 0 gol

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика