So’nggi yangiliklar

13:54"Бунёдкор" ўз тарбияланувчиси билан шартномани 2 йилга узайтирди  0 13:27"Шўртан" 2025 йилги мавсумни Қаршидаги стадионда бошлайди  1 12:51Эронда нима гаплар? Юсуповда навбатдаги "қуруқ ўйин", Машарипов тўлиқ ўйнади  2 12:20ПФЛ "Олимпик"ка 5 январгача муҳлат берди, акс ҳолда...  1 11:51Қиз фарзанди дунёга келгани сабаб ўйиннинг 1-бўлимини ўтказиб юборган ва 2-бўлимга етиб бориб хет-трик қайд этган футболчи ҳақида билармидингиз?!  1 11:22Бекободда футбол ўлмоқда. "Металлург" кетидан Шавкат Мирзиёев ташриф буюрган академия ҳам ёпилади   19 10:55Қойил! Аморим тен Хагнинг антирекордини янгилади  10 10:22Аббосбек Файзуллаев «Монако» ҳақидаги саволга жавоб берди  5 10:07Расман: Санжар Қувватов - «Қизилқум» жамоаси футболчиси  1 09:47Бир йил аввал саратон билан курашган футболчи Тожикистонда «йил футболчиси» бўлди  1 09:10«Бунёдкор» терма жамоамизнинг икки нафар футболчиси билан музокара олиб бормоқда  2 08:37Аббосбек Файзуллаев Ўзбекистондаги энг тез футболчи ким эканлигини айтди  8 08:0620 кун аввал "Навбаҳор" билан икки йиллик шартнома тузган футболчи легионерга айланди  2 07:31Янги мавсумда Про лигада ўйнамайдиган «Дўстлик» етакчисини сотувга қўйди  1 05:09АПЛ. "Ливерпуль" ўз уйида иродали тарзда "Лестер"ни мағлуб этди  6

Birinchi davra yakunlari. “Bunyodkor” Yangiliklar

Birinchi davra yakunlari. “Bunyodkor”

Milliy chempionatimizda birinchi davra bahslari yakuniga etdi.
Bugun to'rtinchi o'rinni egallagan holda oraliq tanaffusga yo'l olgan “Bunyodkor” haqida to'xtalamiz. Oliy ligada ishtirok etishni boshlaganidan beri “Bunyodkor” birinchi marta to'rtinchi o'rinni olgan holda tanaffusga chiqdi. Buning ham o'ziga yarasha sabablari bor, albatta. Jamoa hozircha 25 ochko to'pladi, bu esa peshqadamlar “Lokomotiv” va “Paxtakor”dan 8 ochkoga ortda qolyapti degani. Ikkinchi davrada “Bunyodkor” uchun 8 ochkolik farqni yo'qqa chiqarish qiyin kechishi turgan gap, lekin klub bosh murabbiyi Sergey Lushan har safar oxirigacha kurashamiz deb aytib kelmoqda.



NIMANI KUTGANDIK?
“Bunyodkor” - O'zbekistonning amaldagi chempioni va Kubok sohibi hisoblanadi. Jamoa o'tgan yil qiyinchilik bilan chempionlikka erishganidan xabarimiz bor. Jamoadan bu yil ham klub muxlislari yuqori o'rinni kutishgandi, ammo birinchi davradagi ishonch o'zini oqlamadi. “Bunyodkor” birinchi davrani uch nafar murabbiy qo'l ostida o'tkazdi. Klubni chempionatga Mirjalol Qosimov tayyorladi va oliy ligada uchta o'yin o'tkazdi. Keyin vaqtincha bosh murabbiy sifatida Aleksandr Volkov ishladi. Safarda “So'g'diyona” bilan bo'lgan o'yindan keyin rahbariyat Volkov o'rniga Sergey Lushanni bosh murabbiy etib tayinladi. “Qaldirg'ochlar” birinchi davraning oxirgi uch uchrashuvini Sergey Ivanovich boshchiligida o'tkazishdi.
 


NIMAGA ERISHILDI?
Bir davra ichida uch nafar murabbiyning ish olib borgani aftidan klub natijalariga o'z tasirini o'tkazgan ko'rinadi. SHu o'rinda raqamlarga etibor bersak. “Bunyodkor” o'tgan yil 13ta o'yinning 11tasida g'alaba qozonib, bir durang va bir mag'lubiyat qayd etgandi. Bu yil esa 13ta bellashuvdan 7tasida zafar quchdi, to'rt marta durang o'ynab, ikki bor yutqazdi. O'tgan mavsum birinchi davrada 34 ochko to'plagan jamoa bu yil 25 ochko yig'di. Qolaversa, gol urish borasida ham sermahsullik kamayib ketdi. Toshkentliklar o'tgan yil mavsumning birinchi ryamida 31ta gol urib, to'rtta o'tkazib yuborishgandi. Bu yil esa 11ta kam, yani 20ta gol urishdi, shuningdek darvozadan 10ta to'p o'tkazib yuborishdi. Natijada jamoa birinchi davrani to'rtinchi pog'onada yakunladi.

KUCHLI TOMONI
“Bunyodkor”ning kuchli tomoni nimada ko'zga tashlandi? To'g'risini aytganda, jamoaning kuchli tomonlari unchalik ko'zga tashlanmadi. Masalan, etakchilar bilan bahsda “Bunyodkor” raqiblaridan yaqqol ustunlik qila olmadi. Uyda “Lokomotiv” va “Olmaliq” bilan durang qayd etdi, safarda “Nasaf” bilan “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berdi. Mana shu o'yinlarning o'zini oladigan bo'lsak, “Bunyodkor” jamoa sifatida yaqqol ustunlik qilgani ko'rinmadi. SHunga qaramay, jamoaning kuchli tomonlari asosan o'ng qanot himoyasi hamda yarim himoyaning qanotlari orqali ko'zga tashlandi. Maydon markazi esa o'zidan yaxshi taassurot qoldirmadi. SHuningdek, hujum chizig'i bazi o'yinlarda yaxshi harakat qilib, bazi uchrashuvlarda o'zidan kutilgan o'yinni namoyish qila olmadi.



KUCHSIZ TOMONI
Jamoaning kuchsiz tomoni asosan maydon markazida ko'zga tashlandi. SHuningdek, himoya markazini ham zo'r o'ynadi deb bo'lmaydi. Xayrulla Karimov bilan harakat qilgan Simonenko va Anvar G'ofurov yaxshi kirishib keta olmadi. Maydon markazi esa Dilshod Jo'raev, Sardor Sobirxo'jaev singari yoshlarga topshirib qo'yildi va ular ko'p hollarda “yo'qolib” qolishdi. Natijada murabbiylar bazan Islom Inomovni markazda o'ynatib ko'rishdi, ammo u ham qovushib keta olmadi. “Bunyodkor”ning himoyasida ham, yarim himoyasida ham asosan qanotlar ishladi. Markaz esa ko'p hollarda o'yindan “tashqari” qolib ketdi.

KIMLAR O'ZINI KO'RSATDI?
O'zini ko'rsatgan futbolchilardan Sardor Rashidov, Javlon Ibrohimov, Akbar To'raev hamda maydonga kam tushgan bo'lgan bo'lsa-da, Temur Ayupovni misol tariqasida keltira olamiz. SHuningdek, Dilshod Jo'raev bilan Sardor Sobirxo'jaev bazi bellashuvlarda yaxshi o'yin namoyish etishdi. Sardor Rashidov jamoa etakchisi bo'lishga harakat qildi, uning o'yini maqul, lekin tajribasi kam. Javlon Ibrohimovga kelsak, doimgidek markazda katta hajmdagi ishlarni bajardi, lekin yonida o'ziga o'xshagan sherik bo'lmagani uchun ko'p hollarda yolg'izlanib qoldi. SHu paytgacha ikkinchi, hatto uchinchi darvozabon sifatida qarab kelingan Akbar To'raev ham o'zini ko'rsatdi. U jamoasining asosiy posboniga aylandi. Bu o'yinchilardan tashqari Vohid SHodiev ham birinchi davrada yaxshi taassurot qoldirdi.  



KIMLAR O'ZINI KO'RSATA OLMADI?
“Bunyodkor”da o'zini ko'rsata olmagan futbolchilar talayligan. Birinchi navbatda legionerlar. O'tgan yil hammaning og'zidan tushmagan Oleksandr Pishur negadir bu yil susayib qoldi. Gol urish kamayib ketdi. Bu yil kelib qo'shilgan Sergey Simonenko ko'p hollarda xatoga yo'l qo'ydi. Karles Koto jarohati sabab muhim uchrashuvlarda yordam bera olmadi. Yaponiyalik Sato Minorini ism-familiyasini aytmaganda, o'zimizning g'irt chapani o'yinchilarga o'xsharkan. Xarakteri ham ajoyib. Himoyachilardan Anvar G'ofurovning o'yini unchalik qovushmadi. Balki bu uning markazga ko'chgani bilan bog'liqdir. Ayvar Berdiev atigi bitta gol urdi, Sahob Jo'raev esa ko'p vaqtini zaxirada o'tkazdi. SHuningdek, oxirgi ikki yildan beri maqtab kelinayotgan Alibobo Rahmatullaev ham ko'rinmay qoldi.

XULOSA
Xulosa shuki, bu yil “Bunyodkor”ga oson bo'lmaydi. Jamoa yangi murabbiy Sergey Lushan qo'l ostida oliy ligada uchta o'yin o'tkazdi. “Neftchi” bilan durang o'ynagan bo'lsa, “Andijon” mag'lub etildi va “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berdi. Mana shu uchta bahsda“Bunyodkor” butunlay boshqacha to'p tepishga harakat qildi, go'yoki jamoa oldingi o'yinini yo'qotib qo'ygandek ko'rindi. O'z maydonida doim hujumkor futbolni tanlab kelgan “Bunyodkor” negadir ikkinchi raqamli jamoaga o'xshab qoldi. Bosh murabbiy esa o'zi ishtirok etgan matbuot anjumanlarida jamoaning jismoniy holati zo'r emasligini aytib keldi. Xo'sh, ikkinchi davrada nima bo'ladi? Jamoa chempionlik uchun kurashga qo'shiladimi yoki bu yil qayta qurish davrini boshdan o'tkazadimi? Umuman ikkinchi davrada to'liq Lushanga ishonch bildirilsa, yosh murabbiy qo'l ostidagi jamoaning qanday o'yin ko'rsatishi ko'pchilikka qiziq ko'rinsa kerak.



STATISTIKA
O'yinlar soni – 13
Urilgan gollar – 20
Uyda urilgan gollar – 12
Safarda urilgan gollar – 8
O'tkazib yuborilgan gollar – 10
Uyda o'tkazib yuborilgan gollar – 4
Safarda o'tkazib yuborilgan gollar – 6
Uydagi ochkolar – 15
Safardagi ochkolar – 10
Eng yirik g'alabasi - 3:0 (“Navbahor”)
Eng alamli mag'lubiyati – 1:3 (“Paxtakor”)
Sariq kartochkalar – 29
Qizil kartochka – 2
Nechta futbolchi o'ynadi – 22



KIM QANCHA O'YNADI?

Darvozabonlar
Akbar To'raev - 8 o'yin
Pavel Bugalo - 5 o'yin

Himoyachilar
Xayrulla Karimov - 12 o'yin, 0 gol
Anvar G'ofurov - 11 o'yin, 0 gol
Akmal SHorahmedov - 10 o'yin, 1 gol
Islom Inomov - 10 o'yin, 0 gol
Sahob Jo'raev - 7 o'yin, 0 gol
Sergey Simonenko - 5 o'yin, 0 gol
Bobir Akbarov - 3 o'yin, 0 gol

Yarim himoyachilar
Dilshod Jo'raev - 12 o'yin, 1 gol
Sardor Rashidov - 12 o'yin, 3 gol
Oleg Zoteev - 11 o'yin, 2 gol
Sardor Sobirxo'jaev - 10 o'yin, 0 gol
Javlon Ibrohimov - 8 o'yin, 0 gol
Alibobo Rahmatullaev - 7 o'yin, 0 gol
Karles Koto - 5 o'yin, 0 gol
Sato Minori - 4 o'yin, 0 gol

Hujumchilar
Oleksandr Pishur - 13 o'yin, 4 gol
Vohid SHodiev - 12 o'yin, 5 gol
Anvar Berdiev - 9 o'yin, 1 gol
Bahodir Pardaev - 5 o'yin, 0 gol
Temur Ayupov - 3 o'yin, 2 gol

Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика