So’nggi yangiliklar

09:43"Челси"ни финалга олиб чиққан Энцо Мареска нималар деди?  0 09:08Европанинг 4 та ТОП клуби “Реал“ футболчисига қизиқиш билдирмоқда  0 08:37Финалга чиққан “Челси“ клублар ўртасидаги ЖЧдан қанча ишлаб олди?  3 08:05“Сўғдиёна“ икки нафар легионери билан хайрлашди  0 07:37“Реал Мадрид“ самолёти бўрон туфайли Нюаркка аэропортига узоқ вақт қўнолмади  2 02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  22 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  7 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  15 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  3 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  10

Bir o'yin tarixi. Qoldirilib ertasi kun o'tkazilgan bahs yoxud "Nasaf"ning OCHL debyutidagi muvaffaqiyatsizligi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Qoldirilib ertasi kun o'tkazilgan bahs yoxud "Nasaf"ning OCHL debyutidagi muvaffaqiyatsizligi

2011 yil OFK Kubogida zafar quchgan "Nasaf" 2012 yil OCHLda o'ynash huquqini qo'lga kiritgandi.

Ukrainalik murabbiy Anatoliy Demyanenko 2011 yil "Nasaf" bilan OFK Kubogida bosh sovrinni yutgach, mavsum yakuniga etganidan so'ng klubni tark etadi. Buyog'iga jamoa boshqaruvini qo'lga olish Ro'ziqul Berdiev zimmasiga qolgandi. 

"Nasaf"ni yangi mavsumda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi debyut kutib turardi. Guruhdagi raqiblar "Al Jazira" (BAA), "Istiqlol" (Eron) va "Al Rayan" (Qatar) bo'lib, qarshiliklar ilk uchrashuvni o'z uylarida "Al Jazira"ga qarshi o'tkazishgandi. 

Mart oyi boshlarida Qarshida futbol havosi hukm sura boshladi. Bu paytga kelib allaqachon OCHL taqvimi aniq bo'lib ulgurgan, "Nasaf" - "Al Jazira" bahsi 6 martga qo'yilgandi. 5 mart kuni odatga ko'ra har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida o'yindan oldingi matbuot anjumani tashkil etildi.

 

OCHLdagi dastlabki matbuot anjumanida "Nasaf"dan bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev va jamoa sardori Botir Qoraev ishtirok etishdi. Kechki payt har ikki jamoaning rasmiy mashg'uloti ham bo'lib o'tdi. SHu kuni havo birmuncha iliq edi. 

Lekin o'yin bo'ladigan kun havo aynib ertalabdan qor yog'a boshladi. Kechga yaqin stadion oppoq qor bilan qoplandi. Qor shunaqangi yuzga urardiki, futbol o'ynashning aslo iloji yo'q edi. Maydon chetini qizil rang bilan chizishga harakat qilishdi. Qizil to'p yo'qligidan (ob-havo bunday bo'lishini kim ham bilibdi deysiz) to'pniyam qizilga bo'yashga urinib ko'rishdi. Lekin bari foydasiz bo'ldi. Rang baribir o'chib ketaverdi.

 

Bu paytga kelib har ikki jamoa vakillari stadionda edi. Kam sonli bo'lsa-da muxlislar ham kelgandi. OFK vakillari o'yinni o'tkazish borasida bir qarorga kela olmay ancha qiynaldi. Odatda bunday holatda so'ng so'zni aytish faqat bosh hakam zimmasida qoladi. Koreyalik hakamlar pag'a-pag'a yog'ayotgan qor tagida stadionni obdon aylanib chiqishadi. Malumki, hakamlar uchun maydon ichi va chetidagi chiziqlar muhim rol o'ynaydi. 


CHiziq chizishga urinish zoe ketadi. CHunki baribir bo'yagandan keyin 3-4 daqiqa o'tmay qor qoplab qolaveradi. Uchrashuv komissari ham obdon bosh qotiradi. Adashmasam, o'shanda yakuniy to'xtamga kelish uchun bir soat ketgandi. Oxiri barcha uchun foydali qaror qabul qilinadi: o'yinni qoldirish va ertasi kunga belgilash.


 

SHunday qilib qalin qor tufayli "Nasaf" - "Al Jazira" bahsi 6 martdan 7 martga ko'chiriladi. Ertasi kun bir kun oldingi ob-havodan asar ham qolmaydi. Quyosh chiqib qor erib ketgandi. Ayni miriqib futbol o'ynaydigan havo bo'lgan o'ziyam. SHunday qilib soat 17:00da uchrashuvga start beriladi. 

"Nasaf" bahsni quyidagi tarkibda boshlagan: 

42. Murodjon Zuxurov, 4.Maqsud Karimov, 5.Botir Qoraev, 7.Jahongir Jiyamurodov, 8.Andrey Pereplyotkin, 9.Ilhom SHomurodov, 10.Kenja To'raev, 17.Artur Gevorkyan, 18.Fozil musaev, 20.Erkin Boydullaev, 34.Boyan Malishich. 

Zaxiradan tushganlar: 11.Nosir Otaqo'ziev, 19.Ivan Boshkovich.



Katta futbolni sog'ingan qarshiliklar 2-daqiqadayoq hisobni ochishadi. Bu vaziyatda Fozil Musaev gol muallifi bo'ladi. Tezkor goldan hamma xursand bo'lgandi. 18-daqiqaga kelib hisob "Nasaf" foydasiga 2:0 ko'rinish oladi. "Al Jazira" futbolchisi Sami Rubayya to'pni o'z darvozasiga kiritib qo'yadi.

 


39-daqiqada BAAlik futbolchilar ham to'p kiritishning uddasidan chiqishadi. Juma Abdulla tanaffusga oz qolganda hisobni qisqartirgandi. SHunday qilib maydon egalari 2:1 hisobi bilan tanaffusga yo'l olishadi.



Lekin nimadir bo'ladi-yu, ikkinchi taymda scenariy butkul o'zgarib ketadi. Endi ustunlik to'liq "Al Jazira" tomonga o'tib, "Nasaf"ning o'yini o'xshamay qoladi. Buning natijasida 68-daqiqaga kelib mehmonlar Abdulla Musaning goli evaziga hisobni tenglashtirishadi. Oradan etti daqiqa o'tib braziliyalik Bare jamoasini oldinga olib chiqadi. O'shanda aynan shu futbolchining zaxiradan tushishi o'yinni o'zgartirib yuborgandi. 



88-daqiqada esa faoliyatining yorqin damlarini "Valensiya", "Betis", "Milan" va "Saragosa" klublarida o'tkazgan Rikardo Oliveyra o'yinga yakuniy nuqtani qo'yadi - 2:4. 

SHu tariqa "Nasaf" OCHLni mag'lubiyat bilan boshlaydi va guruh bosqichining keyingi bellashuvlarida ham g'alaba qozona olmagan. Oltita o'yindan beshtasi mag'lubiyat va bittasi durang bilan yakun topgandi. To'plar nisbati 4-14. Yagona durang Tehronda "Istiqlol" bilan bahsda qo'lga kiritilgan - 0:0. 



O'shanda "Al Jazira" safida Lukas Neyl (Avstraliya), Bare (Braziliya), Matias Delgado (Argentina), Rikardo Oliveyra (Braziliya) kabi legionerlar harakat qilgandi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика