So’nggi yangiliklar

17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  0 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  21 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  5 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  8 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  17 12:55Германия дарвозабони терма жамоага чақирувдан бош тортди  0 12:25Клопп футболга қайтмоқда!  4 11:53Жалолиддин Машарипов: "Эроннинг кучсиз томонлари ҳақида эронлик журналистлар олдида гапиришим тўғри эмас"  8 11:42Владо Радманович: "Катанец билан ўйин давомида доимий алоқада бўламиз"  16

Bir o'yin tarixi. Geynrixning omadli qaytishi, SHomurodovning debyut o'yini, yoxud O'zbekiston – Yaman 1:0 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Geynrixning omadli qaytishi, SHomurodovning debyut o'yini, yoxud O'zbekiston – Yaman 1:0

Yurtimizda avj olib borayotgan koronavirus sababli vaqtinchalik ichki chempionat bahslari to'xtaganini bilasiz.

Biz esa sizlarni zeriktirib qo'ymaslik uchun bir o'yin tarixi loyihasini davom ettirgan holda terma jamoamizning yorqin o'yinlarini va voqealarini yana bir bor yodga olamiz. 

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH – 2018 saralash raundini KXDRga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Ammo, noqulay sharoitda to'p tepgan vakillarimiz 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashadi. Qayd etilgan omadsiz startdan so'ng terma jamoa bosh murabbiy Mirjalol Qosimov o'z arizasiga muvofiq istefoga chiqadi. Rostdan ham o'sha vaqtlar jamoa mag'lubiyatlar girdobiga tushib qolgan, futbolchilarda g'oliblik kayfiyati tushib ketgandi. Buni sezgan O'FF rahbarlari “Paxtakor”ni murabbiy sifatida sovrinlar sari olg'a boshlayotgan Samvel Babayan nomzodini bosh murabbiy lavozimiga ilgari suradi. Yozning o'rtalariga kelib amalda Babayan milliy terma jamoani qabul qilib oladi. Vazifa va maqsad esa doimgidek mundialga olib chiqish. Quraga ko'ra ikkinchi turni o'z maydonimizda o'tkazishimiz ko'zda tutilgandi. SHunday qilib 3 sentayabr kuni “Paxtakor” stadionida Yaman terma jamoasini qabul qildik. Mazkur bahs Samvel Babayanning milliy jamoa postidagi ilk rasmiy o'yini edi. Malumot o'rnida aytib o'tish joizki, Babayan uchun terma jamoa begona emasdi. 2000 yillarda u terma jamoada turli lavozimlarda faoliyat yuritganini yaxshi bilamiz.

 Mutaxassis o'zining birinchi o'yinidanoq kutilmagan sovg'alar taqdim etishni boshladi. Jamoaning birinchi raqamli posboni Nesterov o'rnini Labanovga bo'shatdi. Biz odatda markaziy himoyada ko'rishga odatlangan Islom To'xtaxo'jaev chap qanot himoyasiga o'tkazildi. Vaholanki bu joyga munosib nomzodlar kam emasdi. Akmal SHorahmedov, Davron Hoshimov va hokazo. Ammo, shuni unutmasligimiz lozimki har bir murabbiy o'z uslubiga ko'ra va o'zi istagan futbolchilar bilan ishlaydi. KXDR bilan uchrashuvda qizil kartochka olgan Aziz Haydarov diskalifikaciya sabab Yaman bilan bahsda qatnashmaydi. U harakat qiladigan tayanch zonasida esa “Paxtakor”da muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan Javohir Sohibovga imkoniyat beriladi. Eldor SHomurodov qanotda Sanjar Tursunovning joyini egallaydi. Yoshlar terma jamoasi bilan Yangi Zelandiyadagi kichik mundialda qatnashgan ikki futbolchi terma jamoadagi debyut bahsi bo'lganiga qaramasdan yaxshi taasurot qoldirishadi. Raqib jamoada murabbiyi sifatida CHexiyalik Miroslav Soukup faoliyat olib borardi. Biroq, O'zbekiston bilan o'yindan oldin murabbiy turli sabablarga ko'ra jamoani boshqarishdan bosh tortadi va jamoani tark etishga qaror qiladi. Ushbu bellashuvda futbolchilarni Amin Al Sunayni boshlab tushadi. Birinchi bo'limda to'p nazorati, darvozalarga zarba berish, vaziyatlar yaratishda ustunlik futbolchilarimiz tomonida bo'lsada raqib posboni Muhammad Ali Ayash to'pni darvozaga kirishiga yo'l qo'ymaydi. Darhaqiqat, shu kuni yamanlik kiper barcha zarbalarni mohirona tarzda bartaraf etadi. G'alaba termamizga suv va havodek zarur edi. Boisi, bu bosqichda faqat birinchi o'rin sohiblarigina hal qiluvchi bosqichga yo'llanma olardi. Ikkinchi bo'lim boshlanishidan oldin Babayan uzoq muddatdan o'ng taklif etilgan Aleksandr Geynrixni Server Jeparov bilan almashtiradi. Sashaning maydonga tushishi muxlislarga o'ziga xos umid bag'ishlaydi. CHunki, undagi nostandart harakatlar, kerakli paytdagi ayyorliklar boshqa futbolchilarda kam uchrardi. Qaysidir manoda Geynrixni kayfiyat o'yinchisi deb ham atash mumkin edi. Muxlislar ancha vaqtdan buyon Sashaning gollarini sog'inishgandi. Sababi, Mirjalol Qosimov boshqaruv davrida deyarli unga ehtiyoj sezmadi. Garchi, yuqori sport formasida bo'lgan paytlar ham ishonch bildirmagandi. O'yinning 51-daqiqasida chamasi 20 metrlardan belgilangan jarima to'pini Geynrix chiroyli tarzda o'z uslubida darvozaga yo'lladi - 1:0. Ha, u qaytishini gol bilan nishonladi. Birgina gol yakunda o'yin taqdirini hal qilibgina qolmasdan, jamoamizga qimmatli uch ochkoni keltirgandi. 

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.



 JCH-2018 saralashi 

3 sentyabr 2015 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00

O'zbekiston - Yaman 1:0

Hakamlar: Li Min Xu, CHoy Min Byong, Kim Yun Ga (uchalasi Janubiy Koreya), CHorimurod Qurbonov (Turmaniston).

Nazoratchi: Muhammad Hamad Alsovayl (Saudiya Arabistoni)

Komissar: Ahmad SHahir (Maldiv orollari)

Gol: Aleksandr Geynrix 51, - 1:0.

O'zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 2.Egor Krimec, 5.Anzur Ismoilov, 19.Vitaliy Denisov, 14.Javohir Sohibov, 9.Odil Ahmedov, 10.Sardor Rashidov, 23.Eldor SHomurodov (6.Jasur Hasanov, 55), 8.Server Jeparov (15.Aleksandr Geynrix, 46), 11.Igor Sergeev (17.Sanjar Tursunov, 87).

Zaxira: 1.Eldor Suyunov, 3.SHavkat Mullajonov, 4.Vladimir Kozak, 7.Temurxo'ja Abduxoliqov, 12.Ignatiy Nesterov, 13.Davron Hoshimov, 16.Stanislav Andreev, 18.Fozil Musaev, 22.Sanjar SHoahmedov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика