So’nggi yangiliklar

11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  0 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  1 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  1 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  9 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  3 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  28 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  7 01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  8 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  4 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  13

Bir o'yin tarixi. Anvar Solievning sobiq jamoasini ayamagani, Zikoning ilk sovrini, “Bunyodkor”ning qo'lga kiritgan birinchi O'zbekiston kubogi Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Anvar Solievning sobiq jamoasini ayamagani, Zikoning ilk sovrini, “Bunyodkor”ning qo'lga kiritgan birinchi O'zbekiston kubogi

Teglar :  Bunyodkor
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Oliy Ligadagi debyut mavsumini 2007 yilda o'tkazadi.

Ushbu mavsumda jamoa chempinatda ikkinchi o'rin va mamlakat kubogi finaliga qadar etib boradi. Finalda esa “Paxtakor”ga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ladi. SHundan so'ng “qaldirg'ochlar” tarkibini keskin ravishda kuchaytiradi, jamoada eng kuchli futbolchilar jamlanadi. Yuqori saviyadagi legionerlar taklif qilinadi. Vilyanueva, Rivaldo, Gochkuliev. “Paxtakor”ning o'zagini tashkil qilgan Server Jeparov, Temur Kapadze, Anvar Solievlar ham poytaxtning ikkinchi jamoasiga ko'chib o'tadi. Natijada 2008 yil uchun “Bunyodkor” muvaffaqiyatlarga boy yil bo'ladi. CHempionlik, kubog, OCHL yarim finali barchasidan dalolat berardi. Jamoa final ostonasiga kelganida murabbiy Mirjalol Qosimov terma jamoa postiga o'tkaziladi. Uning o'rniga braziliyalik Ziko tayinlanadi va mavsumni uning qo'l ostida davom ettirib qo'yadi. Garchi, Ziko klubda qisqa muddat ishlagan bo'lsada yakunda sovrinlarga ega chiqdi. Lekin, OCHL yarim finalida “Adelaida Yunayted” to'sig'idan o'ta olmadi. Bunda ko'pchilik murabbiyni aybladi. Futbolchilar ham uning mashg'ulotlari zerikarli ekanligini aytishardi. Buni qarangki, 2008 yilgi O'zbekiston kubogi finalida yana “Paxtakor” bilan to'qnash keladi. Endilikda o'tgan yilgi “loy jangi” finalidagi alamli mag'lubiyat uchun revansh olishga juda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi. 



Bu safargi hal qiluvchi bahs “Paxtakor” markaziy stadionida o'tkazilgandi.Uchrashuvni boshqarish cheki tajribali hakam Marat Ismoilov tushdi “SHerlar”ning ham tarkibida yomon futbolchilar yig'ilmagandi. Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov, Andrey Akopyanc, braziliyalik yoshlar o'rtasidagi jahon chempioni Fabio Pinto, Zayniddin Tojievlarning maxoarti raqib futbolchilarinikidan kam emasdi. Jamoaga Viktor Jalilov ustozlik qilardi. Bahsning 42 – daqiqasida charm to'p ustasi, oltin to'p sohibi Rivaldo markazda raqib himoyachilarini chalg'itib to'pni Jasur Hasanovga uzatadi. U esa darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib hisobni ochadi. 



Bilsangiz, o'sha yillarda Rivaldo ko'pgina mahalliy futbolchilarning o'sishiga ko'mak bergan. Qaysi manoda, o'zbekistonlik o'yinchilar unga qarab o'zlarining sifatlarini va maxoratlarini oshirib borgan. Hususan Hasanov ham. Bu ikki futbolchining maydonda o'zaro tushunib harakat qilishlari yakunda golsiz tugamasdi. Ammo, birinchi bo'limning so'ngida Odil Ahmedov uzoqdan zarba yo'llab jamoalarni tanaffusga durang bilan yo'l olishiga sabab bo'ladi. Ikkinchi bo'limda Viktor Jalilov o'yinni kuchaytirish uchun Fabio Pintoni maydonga chiqaradi. Ziko esa o'zgarishlarni amalga oshirishga shoshilmaydi. Boisi, o'yin nazorati shogirdlarining tomonida edi. Asosiy vaqt durang bilan tugagach jamoalar qo'shimcha ekstra taymlarga murojaat qilishdi. Overtaymlar boshlanishi arafasida “Bunyodkor”da Baqoevning o'rniga “sehrli tayoqcha” Anvar Soliev tushdi. Uning o'yinga qo'shilishi ko'p narsani o'zgartirib yubordi. 




Endilikda futbolchilar markaz orqali Solievga ketma – ket uzatmalarni amalga oshira boshlashdi. 101 – daqiqada Server Jeparovning maydon markazidan uzatgan to'pidan so'ng Soliev Nesterov bilan yakkama – yakka vaziyatda to'pni ohistagina darvozani pastki burchagiga yo'llaydi. 114 – daqiqada uning o'zi uchinchi to'pni kiritib barchasiga nuqata qo'yadi. “Bunyodkor” o'z tarixida ilk bor O'zbekiston kubogida g'olib chiqdi. Mavsum tugagandan so'ng Ziko jamoani tark etdi va CSKA boshqaruvini qo'liga oldi. 2009 yilda ham ushbu qarama, qarshilik davom etdi. Unda esa “Paxtakor” Andreevning yagona goli evaziga g'alaba qozondi. Bu ikki grand klub o'rtasidagi raqobat bugunga kelib yanada oshdi. Ular qanday sharoit bo'lmasin doim bir-biriga munosib qarshilik ko'rsatib kelishga harakat qiladi. 

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi.



O'zbekiston kubogi. Final.

31.10.2008. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 12 124 tomoshabin

“Bunyodkor” – “Paxtakor” 3:1. (Asosiy vaqt 1:1)

Gollar: Jasur Hasanov 42, Anvar Soliev 101, 114 Odil Ahmedov 45

Bosh hakam: Marat Ismoilov

“Bunyodkor”: Pavel Bugalo, Gochkuli Gochkuliev, Luizao(Xayrullo Karimov, 114), Aleksandr Xvostunov, Sahob Jo'raev, Server Jeparov, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Jasur Hasanov(SHavkat Salomov, 82), Rivaldo, Ulug'bek Baqoev(Anvar Soliev, 90)

Paxtakor: Ignatiy Nesterov, Asror Aliqulov, Islom Inomov, Ilhom Suyunov, Anzur Ismoilov, Andrey Akopyanc(Fabio Pinto, 66), Ildar Magdeev(Vladislav Kiryan, 95), Odil Ahmedov, Darko Markovich, Aleksandr Geynrix(Stanislav Andreev, 90+1), Zayniddin Tojiev

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика