So’nggi yangiliklar

22:23Расман: Шерзод Эсанов "Андижон"дан РПЛ клубига ўтди  3 21:27"Байер" Гюлерни ижарага олмоқчи эди. "Реал" ҳам, ўйинчи ҳам бунга қизиқиш билдиришмади  2 20:58Винисиус Мбаппе, Беллингем ва Эндрикнинг "Реал"га ўтишида таъсир қилган  5 20:21Максим Шацких: "Ёзги трансферлар ойнасидаги режамизни тўлиқ бажардик. Элит Осиё чемпионлар лигасидаги иштирокимиз ҳам қизиқарли кечиши аниқ"  10 19:47МЮ Амрабатни "Фиорентина"дан 20 млн евро эвазига харид қилмайди, аммо...  2 19:09Баҳром Ҳайдаров: "Қолган жамоалар ҳам ухлаётгани йўқ. Иккинчи даврада камида 30 очко тўплашимиз керак"   6 18:58Ламела Греция клуби билан шартнома имзолади  2 18:24"Ал Иттиҳод" АПЛдаги ўйинчи учун 51 млн фунт тўлайди  2 17:58"Ливерпуль" икки футболчи учун 105 млн фунт сарфлашга тайёр  4 17:14"Атлетико" Лунинни "Реал"дан 15 млн еврога харид қилишга тайёр эди  2 16:32"Манчестер Юнайтед" де Лигт учун "Бавария"га 45 млн фунт таклиф қилади  3 16:02"Ливерпуль" Саудия Арабистони клублари учун ван Дейкка нарх қўйди  3 15:38"Барселона" де Йонг билан шартномани узайтирмоқчи  5 15:10Улуғбек Ҳошимов: "Ўзим катта бўлган жамоага қайтиш ёқимли. "Пахтакор" билан катта ютуқларга эришишни мақсад қилганман"  5 14:33"Ал Иттиҳод" Эдерсонни харид қилишга уриниб кўради, "Ман Сити" 50-60 млн евро хоҳламоқда  1

Osiyo kubogi-2004. Penaltilar seriyasida Bahrayn va Alo Hubayl qurboni bo'lgan O'zbekiston Yangiliklar

Osiyo kubogi-2004. Penaltilar seriyasida Bahrayn va Alo Hubayl qurboni bo'lgan O'zbekiston

O'zbekiston milliy terma jamoasi shu vaqtga qadar etti marotaba Osiyo kubogida ishtirok etgan.

1996, 2000, 2004, 2007, 2011, 2015, 2019. Barcha musobaqalarda guruh bosqichida qatnashgan jamoamiz 3 bor chorak final, bir marotaba yarim final, bir marotaba nimchorak finalga yo'llanma olish barobarida va ikki bor guruhdan chiqa olmagan.

Dastlabki ikki turnirda muvaffaqiyatsizlikka uchragan terma jamoamiz 2004 yil Xitoyda o'tkazilgan qita chempionatida ilk bor guruhdan chiqib chorak final chiptasiga ega bo'lgandi. Biroq, hozirgiga qaraganda o'sha davrlarda kuchli va yuqori saviyadagi Bahrayn qarshiligini enga olmagandik. Guruh raundida juda ajoyib o'yin o'tkazgan, o'z darvozasi daxlsizligi saqlab qolgan jamoamiz Iroq, Saudiya Arabistoni, Turkmanistonni bir xil 1:0 hisobida taslim qiladi. Mirjalol Qosimov va Aleksandr Geynrixning jarima zarbalaridan urgan betakror gollari bizga umumiy to'qqiz ochkoni tortiq qiladi. Bosh murabbiy sifatida Ravshan Haydarov ish olib borsada asosiy qarorlarni yordamchi murabbiy germaniyalik Yurgen Gyode qabul qilardi. Umuman olganda ushbu musobaqaga terma jamoa bir qancha yo'qotishlar bilan keladi. Maksim SHackix mamlakatda tarqalgan parranda gripi tufayli musobaqaga borishdan bosh tortgan.

Osiyo kubogi-2004. 

O'zbekiston - Iroq 1:0

Guruh bosqichi, 1-tur. 18.07.2004. 1-tur. CHengdu. "Sichuan Longcuani" stadioni 12400 tomoshabin

Bosh hakam: Kvon Yong CHul (Janubiy Koreya)

Gol: Mirjalol Qosimov 22

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Baxtiyor Ashurmatov (Timur Kapadze, 57), Andrey Fyodorov, Asror Aliqulov, Aleksey Nikolaev, Mirjalol Qosimov (Islom Inomov, 73), Andrey Akopyanc, Server Jeparov, Anvar Soliev, Vladimir SHishelov, Aleksandr Geynrix (Nikolay SHirshov, 85)

CHetlatish: Aleksey Nikolaev 83, Emad Muhammad Rizo 87


Osiyo kubogi-2004 

O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 1:0

Guruh bosqichi, 2-tur. CHengdu. "Sichuan Longcuani" stadioni 22000 tomoshabin

Bosh hakam: Koja Kofi (Benin)

Gol: Aleksandr Geynrix, 13

GOL VIDEOSI

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Andrey Fyodorov, Nikolay SHirshov, Asror Aliqulov, Mirjalol Qosimov (Islom Inomov, 64), Andrey Akopyanc, Server Jeparov, Anvar Soliev (Ilyos Zeytullaev, 60), Timur Kapadze, Vladimir SHishelov, Aleksandr Geynrix (Marat Bikmaev, 78)


Osiyo kubogi-2004 

O'zbekiston - Turkmaniston 1:0

Guruh bosqichi, 3-tur. CHonqing. "Olimpiya" stadioni. 34000 tomoshabin.

Bosh hakam: Muhammad Kussa (Suriya)

Gol: Mirjalol Qosimov 58

GOL VIDEOSI

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Andrey Fyodorov, Asror Aliqulov, Aleksey Nikolaev, Leonid Koshelev, Timur Kapadze, Ildar Magdeev (Anvar Soliev, 77), Ilyos Zeytullaev (Mirjalol Qosimov, 46), Islom Inomov, Zafar Xolmurodov (Vladimir SHishelov, 83), Marat Bikmaev

CHetlatish: Islom Inomov 85


Mazkur turnirda Vladimir SHishelovning soch turmagi ko'pchilikning etiborini tortgandi. SHishelov tabiiyki, 2002 yil Jahon chempioni bo'lgan Ronaldoga taqlid qilgan bo'lsa ajab emas.


SHuningdek, Vladimir Maminov, Oleg Poshinin, Jafar Irismetov ham turli sabablarga ko'ra yakuniy tarkibdan joy olmagandi. Ularning o'rniga kichik jahon chempionatida qatnashgan Aleksandr Geynrix, Ildar Magdeev, Islom Inomov, Ilyos Zeytullaev jalb qilinadi. Bahrayn bilan kechgan chorak final turnirdagi eng qiziqarli va shiddatli uchrashuvlardan biri bo'lgandi. Raqib safida Alo Hubayl, Talal Yusuf, Said Farhan kabi nomdor o'yinchilar bor edi.

Bizning tarkibimizni kuchsiz deb bo'lmasdi. Jamoa sardori Mirjalol Qosimov, himoyada Andrey Fyodrov, saralash bosqichida ko'plab gollar urgan Vladimir SHishelov darvozada bo'ydor Evgeniy Safonov hujum chizig'ida Anvar Soliev harakat qilardi. Birinchi bo'limdan so'ng tabloda 0:0 hisobi turardi. Ikkinchi bo'limda biz ham, bahrayinliklar ham ochiq futbol ko'rstishga kirishib ketishadi. 60-daqiqada yosh Geynrix jarima zarbasidan to'p kiritib hisobni ochadi. Ammo, xursandchilik uzoqqa cho'zilmaydi. 71-daqiqada qanotdan uzatilgan to'pga birinchi bo'lib Alo Hubayl etib keladi oradagi farqni yo'qqa chiqaradi.


Bu vaziyatda himoyachilar diqqatni yo'qotgandi 76-daqiqada uning o'zi ikkinchi to'pni kiritib jamoasini oldinga olib chiqadi. Markazda futbolchilarimizning to'p oshirishdagi xatosidan so'ng raqib o'ng qanotdan tezkorlik bilan hujumga o'tadi va markazdagi hujumchi Alo Hubaylga to'pni etkazi beradi. Uni esa himoyachilar yana etiborsiz qoldirishadi O'yin asosiy vaqti tugashiga to'rt daqiqa qolganida Vladimir SHishelov gol urib muvozanatni tiklaydi. Jamoadoshining ajoyib pasidan keyin ikki himoyachini ortda qoldirgan SHishelov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib boradi va gol uradi.

Uchrashuvning dastlabki qismi durang bilan yakunlanganch hakam CHon CHul Kvon jamoalarni qo'shimcha ekstra taymlarga taklif qiladi. Qo'shimcha bo'limlarda vakillarimiz katta ustunlikka ega bo'lsalarda, raqib darvozasiga yo'l topa olmaydilar. Natijada barchasini penaltilar seriyasi hal qiladi. Afsuski, unda futbolchilarimizga omad kulib boqmaydi. Yakuniy zarbani yo'llashda Leonid Koshelev xatoga yo'l qo'yadi. Marat Bikmaev ham zarbani xato amalga oshiradi.  Taqdir hazilini qarangki, oradan 15 yil o'tib Marat Bikmaev 2019 yilgi Osiyo kubogi nimchorak finalida Avstraliya bilan penaltilar seriyasida zarbani noaniq yo'llaydi.  Yakunda o'yin qahramoni Alo Hubayl oxirgi zarbani bexato tepadi. SHu tariqa Bahrayn yarim finalga yo'l oladi. Biroq, Yaponiyaga qo'shimcha bo'limlarda 3:4 hisobida mag'lub bo'ladi. Keyingi yillarda ham bu yurt terma jamoasi bilan 2006, 2010, 2018 yilgi Jahon chempioanti saralash o'yinlarida to'qnash keldik. Ammo, bugun eslab o'tgan o'yinimiz Bahrayn bilan yo'llarimiz kesishini boshlab berdi. O'zbekiston terma jamoasi esa o'z tarixida ilk bor chorak finalgacha etib bordi.


Osiyo Kubogi-2004.
O'zbekiston – Bahrayn. 2:2, penaltilar seriyasi - 5:6
CHorak final. 30.07.2004. CHendu (Xitoy). “Longjuan” stadioni
Bosh hakam
: CHon CHul Kvon (Janubiy Koreya)
Gollar: Aleksandr Geynrix (60), Vladimir SHishelov (86) – Alo Hubayl (71, 76)
O'zbekiston: 21. Evgeniy Safonov, 3. Andrey Fyodrov, 24. Asror Aliqulov, 28. Aleksey Nikolaev, 4. Mirjalol Qosimov (6. Leonid Koshelev, 106), 8. Server Jeparov, 18. Temur Kapadze (26. Marat Bikmaev, 83), 7. Andrey Akopyanc, 9. Anvar Soliev (20. Eldor Magdeev, 33), 11. Vladimir SHishelov, 15. Aleksandr Geynrix

GOLLAR VA PENALTILAR SERIYASI VIDEOSI

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика