So’nggi yangiliklar

11:02Европанинг бошқа жамоасига ўтолмаган Осимхен "Наполи"га ультиматум қўйди  0 10:35Бир қатор ТОП клублар қизиққан ёш футболчи фаолиятини МЮда давом эттиради  1 10:07"Андижонликлар келди, андижонликлар финалда"! "Андижон" - "Сурхон" учрашувидан ФОТОГАЛEРEЯ  3 09:48"Арсенал" "Барселона" собиқ футболчиси билан шартнома тузди  1 09:17"Ал Иттиҳод" 1 йил аввал сотиб олган футболчисини деярли 4 баравар арзонроқ сотди  0 08:50"Рома" ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома тузди  0 08:22Жейдон Санчо трансфер ойнасининг сўнгги дақиқаларида АПЛнинг бошқа жамоасига ўтди  6 08:20Туркия чемпионати. "Фенербахче" ўз уйида ғалаба қозонди, Тадис иккинчи голини дарвозабоннинг устидан ташлаб қўйди  0 07:54Расман. Англия терма жамоаси ҳужумчиси фаолиятини Саудияда давом эттиради  2 07:45А Серия. "Интер" - "Аталанта", Тюрамнинг дубли ва Барелланинг ажойиб голи "Интер"га йирик ғалаба тақдим этди  0 07:29"Арсенал" трансфер ойнасининг сўнгги кунида ажойиб ҳаридни амалга оширди  1 01:45А Серия. "Интер" "Аталанта"ни "аямай савалади"  6 01:39Расман: "Манчестер Юнайтед" 60 миллионлик трансферни эълон қилди  5 01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  13 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  6

Bir klub tarixi: Turinning "Keksa sinora"si Yangiliklar

Bir klub tarixi: Turinning "Keksa sinora"si

"Championat.asia"da "Bir klub tarixi" rukni davom etadi.

Appenin yarim orolida insonlar futbol bilan uhlab, tongni millionlar o'yini bilan qarshi olishadi. Futbol ular uchun oddiy o'yin emas balki, hayotlarining ajralmas qismidir. Har bir shahar yoki provinciyada yashovchi insonlarning o'z hududlari sharafini himoya qiluvchi jamoalariga sadoqati va muhabbati yuksak darajada. Italiya shimolida joylashgan Turin shahri aholisining suyukli jamoasiga mehri bo'lakcha. "Yuventus" - bu nom ular uchun orzu, g'alaba va ishonch demakdir.



"Yuventus" ko'hna qitaning eng nomdor jamoalaridan bo'lishi bilan birga, mamlakat ichki birinchigi va xalqaro maydonlarda ham salmoqli natijalar ko'rsata olgan. A seriyaning 35 karra chempioni, 13 marta malakat kubogi sohibi va 8 bora superkubok g'olibi bo'lgan mazkur jamoa qo'lga kiritilgan g'alabalari bilan rekord ko'rsatkichga erisha olgan. Statistik malumotlarga qaraganda "zebralar"ning muxlislari soni dunyo miqyosida 130 millionni tashkil qiladi. Klubning 121 yillik tarixi, kecha va buguni hamda erishgan zafarlari haqida bugungi maqolamizda suhbat quramiz.

20 asr boshlaridagi tarkib


Klub tarixi


"Keksa sinoralar"ga 1897 yilda asos solingan. 1900 yildan boshlab esa klub mamlakat birinchiligida ishtirok etib keladi. Jamoaning birinchi prezidenti Eudjenio Kanfari XX-asrning boshlarida jamoaning shakllanishiga o'z hissasini qo'shdi. 1905 yilda klub ichki chempionatda birinchi chempionlik nashidasini surdi va ushbu natija asrning dastlabki choragidagi yillarda "Yuventus"ning yagona qo'lga kiritilgan g'alabasi bo'lib tarixga kirdi. Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan klub qaytadan shakllantirildi. Jumladan, 1923 yilda klubga yangi stadion qurildi va tarkib kuchli futbolchilar bilan to'ldirildi. Buning natijasi o'laroq 1926 yilda turinliklar ikkinchi marta "Skudetto"ga ega chiqishdi. O'sha davrlarda "Yuve"ning A seriyadagi asosiy raqiblari "Bolonya", "Jenoa" va hamshaharlari "Torino" klublari edi. Mazkur klublar galma-galdan chempionlikka erishar, g'oliblik uchun kechadigan bahslar kuchli intrigani keltirib chiqarar edi. Kuchli himoyaviy o'yin namoyish etadigan italyan klublari qarama-qarshiliklari va "Turin derbi"sidagi raqobat "zebralar"ni yanada kuchli o'yin ko'rsatishini talab etardi. Qolaversa, xalqaro maydonlardagi shiddatli bellashuvlar klubning kuchli transfer siyosatini ham olib borishga turtki berdi. 1960 yilgi mavsumga kelib Omar Sivori, Jon CHarlz va Jampero Boniperti singari o'sha davrdagi kuchli futbolchilar tarkibga jalb etildi. Ayniqsa, Omar Sivorining o'yinlari va to'purarlik mahorati turinlik muxlislar mehrini qozona oldi. Mazkur hujumchi tarixda birinchi bor "Yuve" azosi sifatida "Oltin to'p"ni qo'lga kiritib, o'z nomini klub tarixiga muhrladi. SHuningdek, Jampero Boniperti barcha musobaqalarda 182 ta to'p kiritgan holda o'ziga hos rekord o'rnatdi. Uning natijasi oradan 45 yil o'tib A.Del Pero tomonidan yangilandi.

1977 yilgi mavsumdagi tarkib

XX asrning ekvatori "Yuve"ning mamlakat ichki chempionatidagi gegemonligi va rekordlari bilan esda qolgan bo'lsa ham, xalqaro maydonlardagi "quruq" o'yinlar muxlislar va mutaxassislarni birdek ajablantirar edi. Klub tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, jamoa tashkil topgan davrdan boshlab, oradan 80 yil o'tibgina xalqaro maydonda g'oliblikni nishonlashga erishganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. 1977 yil Evropa chempionlar kubogi (hozirgi CHempionlar ligasi)da chempionlik nishonlandi. Final bahsida Bilbaoning "Atletik" jamoasi ustidan ikki o'yin natijasiga ko'ra ustunlikka erishildi va mazkur g'alaba klub tarixida xalqaro maydonlarda qo'lga kiritilgan birinchi yirik chempionlik sifatida nishonlandi. Ushbu g'alabada jamoa bosh murabbiyi J.Trapattoni va mashxur futbolchilar D.Zoff, M.Tardelli, F.Morini va R.Bateggalarning hissasi beqiyos edi.
1985 yigi mavsumda uzoq kutilgan g'alabaga, ECHLdagi chempionlikka erishildi. Bazelda bo'lib o'tgan final bellashuvida "Liverpul" klubi ustidan M.Platinining penaltidan kiritgan yagona goli evaziga g'alaba qozonildi. O'sha kecha quvonchli va mashum voqealar bilan esda qoldi. O'yin vaqtida muxlislar tomonidan tartibsizliklar avj olishi natijasida 39 insonning fojiaviy o'limi bilan yakunlandi. O'sha "Qonli Bazel oqshomi" hozirgi kunga qadar jamoalar va boshqa muxlislar qalbida chuqur o'chmas iz bo'lib qolmoqda. "Yuve"ning xalqaro maydonlardagi birinchi eng yirik g'alabasi tarix zarvaraqlariga xuddi shunday bitildi.


Bazel. ECHL 1985 yilgi mavsum finalidagi tartibsizliklar


Klubning yutuqlari:


Italiya chempioni: (35 marta)
1905, 1926, 1931, 1932, 1933, 1934, 1935, 1950, 1952, 1958, 1960, 1961, 1967, 1972, 1973, 1975, 1977, 1978, 1981, 1982, 1984, 1986, 1995,1997, 1998, 2002, 2003,2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017, 2018, 2019 yillardagi mavsum.
Italiya kubogi sohibi: (13 marta)
1938, 1942, 1959, 1960, 1965, 1979, 1983,
1990, 1995, 2015 , 2016, 2017, 2018 yillardagi mavsum.
Italiya superkubogi sohibi: (8 marta)
1995, 1997, 2002, 2003, 2012, 2013, 2015, 2018 yillardagi mavsum.
UEFA CHempionlar ligasi sohibi: (2 marta)
1985, 1996 yillardagi mavsum.
UEFA kubogi sohibi: (3 marta)
1977, 1990, 1993 yillardagi mavsum.
UEFA superkubogi sohibi: (2 marta)
1984,1996 yillardagi mavsum.
Kubok egalari kubogi sohibi: (1 marta)
1984 yildagi mavsum.
Intertoto kubogi g'olibi: (1 marta)
1999 yildagi mavsum.
Qitalararo kubok sohibi: (2 marta)
1985,1996 yillardagi mavsum.


SHonli "Yuve" va yangi tarix

90 yillarning boshida jamoa tarkibi sezilarli darajada kuchli edi. Nafaqat mamlakatning, balki, dunyoning eng mohir futbolchilaridan tarkib topgan "drim tim" o'sha davrdagi A Seriya hamda Evropa maydonlaridagi raqiblarga haqiqiy bosh og'riq vazifasini o'tardi. P.Kaziragi, R.Barrush, A.Zavarov, S.Skillachi, S.Takkoni, R.Badjo, A.Di Livio, F.Ravanelli, J.Vialli, K.Veri singari futbolchilar "zebralar" sharafini munosib himoya qilishdi. 1996 yilgi mavsum "Keksa sinora" uchun muvaffaqiyatli bo'ldi. Garchi ichki chempionatda jamoaga chempionlik va kubok nasib etmagan bo'lsa ham, xalqaro maydonda xaqiqiy qahramonlik ko'rsatishdi. Dastlab ECHL finaliga qadar bo'lgan mardonavor yo'l bosib o'tishdi va hal qiluvchi bahsda Amsterdamning mashhur "Ayaks" klubini mag'lub etib, hozirgi kunga qadar so'nggi bo'lib turgan g'oliblik nashidasini surishdi. SHuningdek, Evropa superkubogi g'olibligi uchun bo'lib o'tgan bahsda "Pari Sen-Jermen" klubi darvozasiga to'qqizda to'p kiritishga erishildi va yakunda g'oliblik tantana qilindi. Xuddi o'sha yilning noyabr oyida Tokio mezbonligida o'tkazilgan Qitalararo kubok bahslarida klub afsonasi Alessandro Del Pero tomonidan urilgan gol evaziga Argentinaning "River Pleyt" klubi tiz cho'ktirildi. Mazkur qo'lga kiritilgan yutuqlarda bosh murabbiy Marchello Lippining xizmatlari salmoqli edi. SHundan so'ng, klub 1999 yilda Intertoto kubogidagi g'alabasini hisobga olmaganda, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda g'oliblikni qo'lga kirita olmay kelmoqda va faqatgina ichki birinchilikdagi muvaffaqiyatlar bilan cheklanmoqda.


"Retro daqiqalar" yohud ECHL 1996 yilgi mavsumdagi chempionlik


Klubdagi mojarolar va "V seriya"ga yo'l


2006 yilgi mavsum "Yuve" uchun omadsiz keldi. Kelishilgan o'yinlarda aybdor deb topilgan klub V seriyaga tushirib yuborilish bilan birga oldingi ikki chempionlik titulidan ham mahrum qilindi. Aynan o'sha yilda Germaniya maydonlaridagi mundialda Jahon chempionlari bo'lgan A.Del Pero, J.Buffon va M.Kamoranezi singari futbolchilar klubga sodiqligini namoyon qilishdi va jonajon jamoasi sharafini V seriya bahslarida ham munosib himoya qilishdi. Dide Desham boshchiligidagi klub o'sha yilning o'zidayoq A seriya yo'llanmasini qo'lga kiritdi va raqobatsiz qolib ketgan Italiya futboliga joziba olib kirdi. Turinliklar 2011 yilgi mavsumdan beri "Skudetto"ni hech kimga bermay kelishmoqda.



Italiya futbolini "Keksa sinora"siz tasavvur qilish mushkul. Mamlakatda bir necha rekordlar sohibi, xalqaro maydonlarda arzigulik natijalar ko'rsata olgan va o'z fanatlari uchun barcha "ishni" bajargan jamoa so'zsiz - "Yuventus".

Etiboringiz uchun rahmat!
Farruh Doniyorov


Bir klub tarixi: "Modalar shahri" jamoasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика