So’nggi yangiliklar

14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслиги намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  0 14:25Футзал. Тожикистон ўз тарихида илк бор Жаҳон чемпионатига чиқди!  5 14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0 14:08Карлос Тевес шифохонага тушиб қолди  0 13:51"Барселона" ёзги трансфер ойнасида ярим ҳимоячисини сотади  2 13:15Ўзбекистон ОТЖ Осиё кубоклари тарихида энг кўп легионер билан иштирок этмоқда. Аввалги турнирларда вазият қандай бўлган?  4 12:482 йил аввал Ўзбекистонни ютган Саудия Арабистони таркиби қанчалик ўзгарган?   8 11:35Биринчи лига. "Пахтакор-79"га иккинчи турда ҳам техник мағлубият ёзилди  2 11:15"Оқ бўрилар" қаршисида яна "яшил лочинлар". Арабча ҳисоб-китобга нуқта қўйиш вақти келди  7 10:45Алонсо ва Аморим билан келиша олмаган «Ливерпул»нинг янги устози ким бўлиши маълум  6 10:19Микель Артета Лондон дербисидаги ғалабадан сўнг нималар деди?  5 09:51«Реал Мадрид» футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  16 09:22Эшитдик-да! "Бунёдкор"да яна бош мураббий ўзгарди  10 08:55Хоанг Ан Туан: "Ўзбекистон терма жамоаси финалга қадар етиб боришига ишонаман"  34 08:35АПЛ. "Арсенал" - "Челси" 5:0  0

“Bir futbolchi tarixi”. Klublar o'rtasidagi Jahon CHempionatida qatnashgan Sardor Rashidov haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Klublar o'rtasidagi Jahon CHempionatida qatnashgan Sardor Rashidov haqida

Bilasiz, o'zbek futbolchilari haqida ham yozishni boshladik.

Xorazm diyoridan chiqqan Jaloliddin Masharipov, Surxon o'g'loni Eldor SHomurodov va bugungi qahramonimiz Jizzax o'lkasidan – Sardor Rashidov. Futbolimizning o'tmishiga nazar solsak, bu o'lkadan ko'plab futbolchilar etishib chiqqan. Jasur Hasanov, Vohid SHodiev, Bahodir Pardaev, Aziz G'aniev, SHarof Muhiddinov va boshqalar. Sardor Rashidov esa yorqin tarzda porladi. O'z vaqtida “Bunyodkor”dan katta pul evaziga transfer qilinganini haligacha eslaymiz. Bu kabi transferlar ko'p bo'lishini futbol rahbarlari ham, muxlislari ham xohlashadi. Bugun futbolchi Rashidovlarning kattasi bilan tanishamiz. 


Sardor Rashidov – kim o'zi u?

Qahramonimiz O'zbekiston mustaqilikka erishgan yili – 1991 yilning 14 iyun kuni Jizzax shahrida tug'ildi. Futbol haqidagi tasavvurlarni, ushbu sport turi bilan shug'ullanishni shahardagi futbol maktabidan oldi. Rashidovning birinchi ustozi Usmon Muhammedshin bo'lajak futbolchiga futbol sir-asrorlarini o'rgata boshladi. “So'g'diyona”ning yoshlar jamoasida faoliyatini boshlagan bo'lsa, 2010 yilning yozidan Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi azosiga aylandi. Dastlab yoshlar jamoasida o'ynay boshlagan bo'lsa, keyinchalik kattalar jamoasining asosiy futbolchiga aylandi. O'zi bu haqida eslar ekan shunday degan edi: “Futbolga kirib kelishimda dadamning hissasi katta. Hatto, bog'chaga boradigan vaqtimda ham, tushlikdan keyin meni futbol mashg'ulotlariga olib borardilar. Adashmasam, 4-5 yoshimdan boshlab futbol bilan shug'ullana boshlaganman. Keyinchalik Jizzax viloyat birinchiligida Zarbdor tumani jamoasida to'p surdim. SHundan keyin “So'g'diyona” yoshlar jamoasiga o'tdim va professional faoliyatim boshlandi. O'shanda jamoaga meni hech kim taklif qilmagandi, yoshlar jamoasi uchun yig'in bo'lgan va o'sha yig'inga qatnashib, boshqa yoshlar qatori ikkinchi jamoaga qabul qilingandim. “So'g'diyona”da asosan o'rinbosarlar safida to'p surib, asosiy jamoada 2-3ta o'yinda maydonga tushganman.

2009 yil “Bunyodkor” jamoasi yoshlar murabbiyi Hikmat Ergashev Toshkentga taklif qilgandi. Dastlab klub o'rinbosarlari safida to'p surganman. 2010 yil Mirjalol Qosimov asosiy tarkibga jalb qilgandi, ammo jarohatim bois safdan chetdan qoldim va 2013 yildagina “Bunyodkor”ning asosiy tarkibidan o'rin oldim”.


Klublardagi faoliyati haqida

Jamoada bir qancha tajribali futbolchilar bilan birga o'ynaganiga qaramay, Rashidov 2013/14 yillarda etakchilik qila boshladi jamoada. O'zining sermahsulligi bilan Osiyo va Evropaning bir qator jamoalari etiboriga tusha boshladi. “Bunyodkor” va Sardor Rashidovga kelgan qator takliflar o'rganilgach futbolchi Qatarning “Al-Jaish” klubini tanladi va yuqorida keltirilgandek 2,1 million dollar evaziga yangi jamoasiga ko'chib o'tdi. “Bunyodkor” safida jami 78 uchrashuv o'tkazdi va 22 golning muallifiga aylandi.  

Qatar klubida Rashidov asosiy futbolchiga aylana oldi. Jamoasi safida bir qator gollar ura boshladi. Osiyo CHempionlar ligasida O'zbekistonning “Nasaf” jamoasi bilan bir guruhda ishtirok etgan “Al-Jaish”, guruh bahslarida o'zaro o'yin o'tkazdi. Qatarda o'tkazilgan bahsda Sardor Rashidov o'yinning oxirlarida qarshiliklar jamoasiga gol urdi. Qatardagi 2 yillik faoliyatdan so'ng uning jamoasi boshqa bir jamoa bilan qo'shiladigan bo'ldi. “Al-Jaish” “Al Duhail”ga o'zgargach, jamoadagi bir qator etakchilar, jumladan Sardor Rashidov ham klubni tark etdi.

Sardor Rashidovning keyingi manzili – BAAning “Al Jazira” jamoasi bo'ldi. “Al-Jazira” bosh murabbiyi va shaxsan klub prezidenti meni jamoa safida ko'rishni istashdi. Bu birinchi qadamni tashlashimda muhim omil bo'ldi. Qolaversa, “Al-Jazira”ning Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashishi ham tanlov bo'yicha bir to'xtamga kelishimni osonlashtirdi. CHunonchi, salohiyatimni dunyosining grand klublariga qarshi o'yinlarda sinab ko'rish xohishi kuchlilik qildi. Umuman, buning vaqti ham kelgandi. Yana bir tomoni, “Al-Jazira” yakunlangan mavsum BAA chempionati g'olibiga aylandi. Xullas, hammasi bir bo'lib, BAA klubi taklifini qabul qildim” – deya takidlagandi yangi jamoaga o'tganidan so'ng Sardor Rashidov. 

O'sha yili Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatiga BAA mezbonlik qiladigan bo'ldi. Rashidovning jamaosi mamlakat chempioni sifatida o'sha turnirga qatnashish huquqini qo'lga kiritdi. Jamoa yarim finalda Ispaniyaning “Real Madrid” klubiga qarshi o'ynadi, lekin o'sha bahsda mag'lub bo'ldi va turnirning finaliga chiqa olmadi. Sardor Rashidov o'sha turnirni zaxiradan turib tomosha qildi. “Real Madrid”ga qarshi o'yindan so'ng u Ronaldu bilan suhbatlashgan. SHu haqida o'zi “O'yindan keyin Ronaldu bilan gaplashdim. Krishtianuning hol ahvoli bilan qiziqdik va so'ngra uning futbolkasini so'radim. Lekin bu menga nasib qilmasligini sezib turgandim. CHindan ham mendan oldin futbolkani so'rab bo'lgan ekan. Rostini aytsam, rasmlarda va televizorda juda baquvvat ko'rinadi. Lekin yaqindan qaraganimizda o'zimizni yigitlar kabi. Xatto, yakkama yakka suhbatimizda uning elkasi menikidan biroz pastroqdek tuyuldi” – deya xotirlagandi.

O'tgan yili bergan intervyusida: “Al-Jaish”dan BAAning “Al-Jazira” klubiga o'tganim faoliyatimdagi xato bo'lgan. O'shanda BAAning “Al-Ayn” klubiga ham o'tishim mumkin edi. Bu borada jamoa sardori va etakchisi Umar Abdulrahmon bilan bir necha bor gaplashgandim, u “Al-Ayn”ga o'tishimni so'ragandi. Ammo, “Al-Jaish” so'ragan 1,5 million dollar transfer pulini “Al-Jazira” to'lashga rozi edi, “Al-Ayn” esa kamroq taklif qilgan. “Al-Jazira”ga o'tganimning yana bir sababi, bu klub klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etardi.

Ammo Abu-Dabidagi faoliyatimda ko'p muammolar bo'lgandi. Murabbiy bilan ham kelisha olmagandik. Natijada deyarli o'ynamay, aloqani uzib, 2018 yil fevral oyida “Lokomotiv”ga qaytdim. O'shanda Qatarda transferlar yopilgani va faqat O'zbekistonda ochiqligi uchun yurtimizga qaytgandim” – degan edi.

2018 yili Sardor Rashidovga Franciyadan bir necha takliflar borligi haqida gap-so'zlar quloqqa chalingan edi o'sha vaqtda. Biroq, Rashidov Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga o'tdi. “Men ko'proq o'ynashni va futbolchi sifatida o'sishni istadim. SHu sababli ham "Al Jazira" jamoasini tark etib, "Lokomotiv" safiga kelib qo'shildim.  Bu bejiz emas.   "Lokomotiv" – katta klub.  U ayni paytda Osiyo maydonlarida ishtirok etmoqda hamda juda katta maqsadlarni ko'zlagan. Men bu jamoaga har bir musobaqada sovrin yutish maqsadida keldim.  Har bir jamoaning ham "oltin davri" bo'ladi.  Hozir aynan "Lokomotiv"ning davri. Jamoa etarli darajada salohiyatga ega va Osiyo CHempionlar Ligasida ulkan zafarni ko'zlamoqda.  Men ushbu jamoa bilan ulkan g'alabalarga erishmoqchiman. Yo'qsa O'zbekiston chempionatiga qaytmagan bo'lardim” – degan edi Toshkent klubiga kelganidan so'ng. “Loko” safida bir mavsumni o'tkazgan futbolchi, jamoasi bilan birgalikda O'zbekiston Superligasida g'olib bo'ldi. “Temiryo'lchilar” safida jami 31 o'yin o'tkazib, 11 gol muallifiga aylandi. 

2019 yilgi Osiyo Kubogi davom etayotgan bir pallada barchaning etibori Sardorning Portugaliya klubiga o'tganiga tushdi. Rashidov “Nasonal” klubiga ko'chib o'tdi. Debyut o'yinini “Benfika”ga qarshi o'tkazgan bo'lsa, o'sha bahsda 0:10 hisobida mag'lub bo'ldi “Nasonal”. Keyin turda esa Rashidov xet-trikka erishdi va o'yinning “eng yaxshi futbolchisi” bo'ldi. “3 ta gol urib, xet-trik qayd etganimdan juda xursandman. Ushbu gollarimni vatanim, O'zbekiston xalqiga bag'ishlayman. Menga qaratayotgan etibor va muxlislik uchun barchaga tashakkur bildiraman va yanada yaxshiroq o'yin ko'rsatib, ko'plab gollar urishga intilaman” – degan edi Rashidov uchrashuvdan so'ng. 

Jamoa bilan mavsum oxirigacha birga bo'ldi, keyinroq esa Rashidov yana Qatar jamoasi futbolchisiga aylandi. “Qatar SK” Sardorning yangi jamoasiga aylandi. Futbolchi u erda ham qator bahslar o'tkazdi va bir necha gollar urishga muvaffaq bo'ldi. 


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Sardor Rashidov terma jamoaga dastlab 2013 yilning oktyabr oyida, Osiyo Kubogi-2015 saralash turniri doirasidagi bashda Vetnamga qarshi o'yinga chaqirildi va debyut bahsidayoq gol urishga erishdi. 2015 yilgi Osiyo Kubogida ham ishtirok etgan Sarodr 4 uchrashuvda ishtirok etib 2 ta gol muallifi bo'ldi. Gollarning ikkini ham Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o'yinda kiritdi. Aynan o'sha gollar O'zbekiston terma jamosining guruhdan chiqishi uchun kerakli bo'ldi. 

JCH-2018 saralashida ham qator o'yinlar o'tkazdi. 2019 yilgi Osiyo Kubogida ham ishtirok etgan Sardor Rashidov maydonga tushdi, ammo turnirni golsiz tark etdi. 


SHaxsiy hayoti


Rashidovlar oilasidagi 3 o'g'il ham futbolchi. Sardor, Sanjar, Sahob Rashidovlar bugungi kunda turli jamoalarda faoliyat olib borishmoqda. Sardor Rashidov 2016 yili bo'ydoqlik bilan hayrlashdi. 31 may kuni uylandi. Bugungi kunda 2 nafar qizaloqning otasi. 


Hozirda Sardor Rashidov O'zbekistonda. “Qatar SK” jamoasidan so'ng unga bir nechta jamoalardan takliflar bo'layotgani haqida gap-so'zlar chiqib turibdi. Rashidovning va uchchala Rashidovlarning faoliyatlariga omad va zafarlar tilab qolamiz. 


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика