So’nggi yangiliklar

00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  0 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  0 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  5 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  1 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  1 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  4 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5

“Bir futbolchi tarixi”. Angliya terma jamosining yangi umidi: Meyson Maunt haqida Yangiliklar

“Bir futbolchi tarixi”. Angliya terma jamosining yangi umidi: Meyson Maunt haqida

Kallum Xadson-Odoi haqida yozganimizda uni Angliya futbolining porloq kelajagi, undan muxlislar hozirdanoq ko'p narsa kutishi mumkinligi haqida fikr berganmiz.

Aslida, o'ylab qaralsa nafaqat “CHelsi”, balki butun Angliya futbolida yangi avlod o'sib kelmoqda. Frank Lempard, Ueyn Runi, Rio Ferdinand kabi yulduzlardan so'ng o'rtada biroz uzilish bo'lib qoldi. Biroq hozirgi shakllanayotgan tarkibdagi iqtidorlar tumanli albionning xalqaro maydondagi o'rini yuqorilatishmoqda. JCH-2018 dagi natija kelasi yili bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Evro-2020 musoabaqasi va Qatardagi musobaqalarda kim favorit bo'lishi mumkinligiga “qo'ng'iroq” edi. 

Dele Alli, Rahim Sterling, Xarri Keyn kabi futbolchilardan tashqari boshqa iqtidorli yoshlar ham tarkibning ajralmas qismi bo'la olishadi yaqin orada. Ulardan biri esa Meyson Maunt. Bugungi qahramonimiz “CHelsi” jamoasining vingeri.


Meyson Maunt – kim o'zi u?

Bugungi kunda “CHelsi”ning muhim futbolchilaridan bo'lishga ulgurgan Meyson Toni Maunt 1999 yilning 10 yanvar kuni Angliyaning Porsmut shahrida tug'ildi. Qahramonimiz 6 yoshidan boshlab “CHelsi” jamoasida mashg'ulot o'tkazishni boshlagan. U yarim himoya chizig'ining istagan joyida o'ynay oladi.


Klublardagi faoliyati haqida

Maunt "CHelsi" futbol maktabining bitiruvchisi. 2016/17 yilgi mavsumni u yoshlar tarkibida o'tkazdi va 21 bahsda maydonga tushib, 4 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. Dastlab avgust oyida “Liverpul” darvozasiga to'p kiritib yoshlar jamoasining asosiy futbolchisiga aylandi. 

Keyinchalik esa Maunt Gollandiyaning "Vitess" klubiga ijaraga berildi. Mazkur jamoa tarkibida Meyson mavsum davomida 14 ta gol urib jamoasining Evropa ligasiga yo'llanma olishga ulkan hissa qo'shdi. 

Keyingi yili esa futbolchi CHempionshipda ishtirok etuvchi jamoa “Derbi Kaunti” safiga ijaraga berib yuborildi va aynan hozirgi ustozi Frenk Lempard qo'l ostida 2018/19 yilgi mavsumni o'tkazdi. Bu jamoa tarkibida qahramonimiz 16 marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qildi. 

2019 yilda esa Lempard “CHelsi” jamoasi ustoziga aylandi hamda Meysonni ham asosiy tarkibga jalb etdi. Meyson Maunt londonliklar bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi. 12 avgust kuni Meyson “CHelsi”dagi debyutini o'tkazdi. O'sha kungi “Manchester Yunayted”ga qarshi kechgan uchrashuvda Maunt o'yinni asosiy tarkibda boshladi hamda o'yin so'nggiga qadar maydonda bo'ldi. Oradan 6 kun o'gach “Lester”ga qarshi kechgan bahsda Maunt o'zining debyut golini kiritdi. 

Meyson o'z jamoasiga va g'olibligiga ishonadi. Intervyularidan birida “Menda chempionlik ruhiyati bor, shu sababli men boshqa odamlarning ayniqsa boshqa jamoalarning g'alabasini ko'rishni xohlamayman. Men o'z jamoam bilan g'alaba qozonishni istayman" – degan edi. 


Terma jamoadagi faoliyati haqida

Angliyaning yoshlar jamoasida dastlab 2016 yilda Evropa chempionatida ishtirok etdi hamda jamoasi bilan chorak finalga qadar etib bordi. Keyingi yili esa 19 yoshgach bo'lgan Evropa chempionatida ishtirok etdi hamda mazkur musobaqa g'olibiga aylandi. Angliyaning asosiy terma jamoasida ham o'yinlarda ishtirok etdi. Debyut uchrashuvini 2019 yilning kuzida o'tkazgan Maunt bilan bigalikda o'sha uchrashuvda uning bolalikdagi do'sti Deklan Rays ham maydonda edi.


SHaxsiy hayoti

Futbolchi o'z ijtimoiy tarmoqlarida asosan maydondagi harakatlari hamda do'stlari haqida fikr bildiradi, suratlarni joylab boradi. Tvitterdagi sahifasida “CHelsi” formasidagi dastlabki o'yinini esga olib, yosh Meysonning suratini joyladi.

Instagram sahifasida esa yana o'sah yosh Meyson Krishtianu Ronaldu kabi gol urganini joylab, bu video aynan Ronaldu uchunligini malum qilgan. 


Angliya terma jamoasi so'nggi bor Jahon chempionatida g'olib bo'lgandan so'ng mazkur jamoa to'rtinchi avlod. SHu vaqt oralig'ida mazkur mamlakatdan iqtidorlar ko'p chiqdi. Biroq xalqaro maydonlarda Angliyaning omadi chopmay kelaverdi. 2018-yilgi natija, Millatlar ligasidagi ishtirok va umuman boshqa faktorlarni inobatga olsak, yangi va yaxshi avlod shakllandi. Meyson Maunt ushbu jamoaning azosi va “CHelsi”ning ham umidli yulduzi hisoblanadi. Hujumchilar haqida yozganimizda darvozabonlar bundan buyog'iga hayiqaverishini aytamiz, biroq yarim himoyachilarga kelganda bu jumla o'zgaradi. Raqiblarning butun bir tarkibi havotirga tushsin, axir hamma yoqni yaxshi manoda alg'ov-dalg'ov qiluvchi yarim himoyachi o'sib kelmoqda…


Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика