Bilich: "Vest Xem" "Sautgempton"ga mag'lub bo'lishning eng alamli yo'lini tanladi"
20 avg 2017 13:55
Yangiliklar
Bilich: "Vest Xem" "Sautgempton"ga mag'lub bo'lishning eng alamli yo'lini tanladi"
"Vest Xem" bosh murabbiyi Slaven Bilich "Sautgempton"ga qarshi bo'lib o'tgan APLning 2-tur uchrashuvid (2:3) haqida fikr bildirdi.
33 daqiqadan boshlab "bolg'aurarlar" kamchilik bo'lib o'ynashdi.
"Ochko ololmaganimizdan xafamiz. Iroda, mahorat ko'rsatdik, kamchilik bo'lib o'ynadik va ikkita gol urdik, undan ham ko'proq gol urishga qodir edik. Bu mag'lub bo'lishning eng alamli uslubi.
CHetlatish haqida gapirishdan foyda yo'q, o'z jamoam bilan faxrlanaman, ular so'raganlarimni ko'rsatishdi. Masuliyat, iroda, jamoaviy ruh. Biz taslim bo'lmadik" - deydi Bilich.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar