Bilasizmi? Yaman 2018 yilning noyabridan beri faqat ikkita o'yinda g'alaba qozongan
11 iyu 2021 21:33
Yangiliklar
Bilasizmi? Yaman 2018 yilning noyabridan beri faqat ikkita o'yinda g'alaba qozongan
Vakillarimiz Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadigan o'yinda Yaman termasiga qarshi bahs olib borishadi. Raqamli malumotlarga qaraydigan bo'lsak, Yaman terma jamoasining Osiyoda autsayderlardan biri ekanligi ko'zga tashlanadi. Xususan bu jamoa oxirgi 19ta o'yindan faqat ikkitasida g'alabaga erishgan.
16.11.2018. O'rtoqlik uchrashuvi. Saudiya Arabistoni - Yaman 1:0
20.11.2018. O'rtoqlik uchrashuvi. BAA - Yaman 2:0
30.12.2018. O'rtoqlik uchrashuvi. Yaman - Suriya 0:1
07.01.2019. Osiyo Kubogi. Eron - Yaman 5:0
12.01.2019. Osiyo Kubogi. Yaman - Iroq 0:3
16.01.2019. Osiyo Kubogi. Vetnam - Yaman 2:0
30.07.2019. G'arbiy Osiyo chempionati. Yaman - Falastin 0:1
05.08.2019. G'arbiy Osiyo chempionati. Suriya - Yaman 1:1
08.08.2019. G'arbiy Osiyo chempionati. Yaman - Livan 2:1
11.08.2019. G'arbiy Osiyo chempionati. Iroq - Yaman 2:1
28.08.2019. O'rtoqlik uchrashuvi. Ummon - Yaman 1:0
05.09.2019. JCH-2022 saralash. Singapur - Yaman 2:2
10.09.2019. JCH-2022 saralash. Yaman - Saudiya Arabistoni 2:2
10.10.2019. JCH-2022 saralash. O'zbekiston - Yaman 5:0
14.11.2019. JCH-2022 saralash. Yaman - Falastin 1:0
19.11.2019. JCH-2022 saralash. Yaman - Singapur 1:2
26.11.2019. Ko'rfaz Kubogi. BAA - Yaman 3:0
29.11.2019. Ko'rfaz Kubogi. Yaman - Qatar 0:6
02.12.2019. Ko'rfaz Kubogi. Yaman - Iroq 0:0
Yaman terma jamoasining oxirgi 19 o'yindagi ikkita g'alabasi Livan va Falastin bilan bahslarda qayd etilgan. Bu jamoa o'zi ishtirok etadigan turnirlarda autsayderlar qatorida yuradi.
O'ylaymizki, bugungi bellashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasi yirik g'alabaga erishib, JCH saralash bosqichida muvaffaqiyatli odimini davom ettiradi.
Fikrlar