Bilasizmi? PSJ 2015 yil o'z maydonida faqat bir marta yutqazdi
21 dek 2015 13:31
Yangiliklar


Bilasizmi? PSJ 2015 yil o'z maydonida faqat bir marta yutqazdi
Endi klublar 2016 yil yanvar oyida chempionat o'yinlarini davom ettirishadi.
Parijning PSJ klubi uchun 2015 yil ajoyib o'tdi. Loran Blan boshchiligidagi jamoa bu yil 59ta rasmiy o'yin o'tkazdi va 5 marta mag'lubiyatga uchradi xolos. Parij klubi Franciya chempionati doirasida yanvar oyida "Bastiya"ga, mart oyida "Bordo"ga imkoniyatni boy berdi. ECHL doirasida aprelda "Barselona"ga ikki marta va noyabr oyida "Real"ga mag'lub bo'ldi.
Etiborlisi PSJ 2015 yilda o'z stadionida bo'lib o'tgan 29ta o'yinning faqat bittasida (!!!)yutqazdi. Yuqorida aytganimizdek, "Barselona" aprel oyida ECHL chorak finali doirasida "Park de Prens"da PSJni 3:1 hisobida mag'lub etgandi. Bu PSJ uchun bu yilda o'z uyidagi yagona mag'ubiyat sifatida qayd etildi.
Parij klubi bu yilgi mavsumning 19ta turida 16ta g'alaba va 3ta durang qayd etdi. Mag'lubiyatsiz borayotgan jamoa 51 ochko to'plab Franciya chempionati rekordini o'rnatdi. Bunga qadar hech bir klub birinchi davrada bunchalik ko'p ochko to'plamagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar