So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

Bilasizmi? "Paxtakor" Franciya klubini 5:0 hisobida mag'lub etgan Yangiliklar

Bilasizmi? "Paxtakor" Franciya klubini 5:0 hisobida mag'lub etgan

1966 yil "Paxtakor" xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida Franciyaning "Tuluza" jamoasini 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.

O'shanda "Tuluza" mavsumga tayyorgarlikning oxirgi bosqichida "Paxtakor" bilan o'rtoqlik bahsida maydonga tushgan. Bir mavsum avval jamoa Franciya chempionatida 4-o'rinni egallab, Evrokuboklarga yo'llanma olgandi. 7 avgust kuni Toshkentda o'tkazilgan bellashuvda Dorsini, Bernar va Le Yuro kabi ijrochilarga ega bo'lgan jamoaning jiddiy qarshilik qilishi kutilgandi. Bir necha futbolchilar Franciya terma jamoasiga nomzod sanalar, Monin esa Paragvaydan bo'lib, Janubiy Amerikaning etakchi klublaridan biri "Flamengo"dan francuz klubiga kelib qo'shilgandi. Qolaversa, o'sha yili mart oyida "Tuluza" o'rtoqlik uchrashuvida Moskvaning "Spartak" klubini 2:0 hisobida dog'da qoldirgandi.

O'yinni hujumkor tarzda boshlagan "Paxtakor" raqibni keskin hujumlari bilan dovdiratib qo'yadi. Tez orada Birodar Abduraimov va Bahodir Ibrohimov ijrosidagi hujumni Abduraimov aniq zarbasi bilan golga aylantirdi. 21-daqiqada Maqsud SHaripovdan to'pni qabul qilib olgan Abduraimov dublini nishonlaydi. "Tuluza" esa o'yin oxirigacha o'ziga kelishga ulgurmaydi. Ikkinchi bo'limda Abduraimov xet-trikka erishgan bo'lsa, Gennadiy Krasnickiy va Bahodir Ibrohimov ham o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'yadi. SHu tariqa afsonaviy murabbiy Mixail Yakushin qo'l ostida "Paxtakor" o'z tarixidagi eng ajoyib g'alabalardan birini qayd etadi.

"PAXTAKOR" - "TULUZA" - 5:0 (2:0)
1966 yil 7 avgust. "Paxtakor" stadioni.
"Paxtakor":
Yuriy Pshenichnikov, Rival Zokirov, Vladimir SHtern, Viktor Naumenko, Vitaliy Suyunov, Vyacheslav Soloxo, Maqsud SHaripov, Ahrol Inoyatov, Bahodir Ibrohimov, Gennadiy Krasnickiy, Birodar Abduraimov.
"Tuluza": Jyuspen, Muton, Bad, Monin, Reden, Bernar, Suxan, Dorsini, Brek (Ludon), Bryuneton, Le Yuro.
Gollar: Abduraimov 14, 21, 68, Krasnickiy 82, Ibrohimov 88.


Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика