So’nggi yangiliklar

13:45Луис Энрике: "Интер Майами"нинг даражаси умуман бошқача"  1 13:21Арсен Венгер: "Майдонлар талаб даражасида эмас"  1 12:50Маскерано: "Биз бу ўйинда аутсайдермиз"  5 12:14Бруну Лаже "Челси"дан учралган мағлубиятга изох берди  0 11:52Рейна ўз давридаги энг кучли дарвозабонларни санади  5 11:25Энцо Мареска: "Челси" сўнгги ойдаги энг зўр ўйинини ўтказди"  2 10:43МЮ “Реал“ футболчисига расмий таклиф билан чиқди  0 10:10“Челси“ “Боруссия Д“ футболчисини сотиб олишга яқин  2 09:38Нико Уильямс “Барселона“га талаб қўйди  9 09:05Суперлига. Бугун 14-тур давом эттирилади  4 08:34"Нефтчи" собиқ футболчисини ортга қайтармоқчи  6 08:03Бугун аёллар терма жамоамиз Осиё кубоги саралашдаги юришини бошлайди  3 07:40Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" "Бенфика"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди  6 01:50"Ал Ҳилол"нинг собиқ бош мураббийи "Ал Насср"ни бошқаришга рози бўлди  4 00:54Расман: Поль Погба - "Монако" футболчиси!  3

Bilasizmi? O'tgan mavsumning oxirgi to'rtta o'yinida g'alaba qozonmagan "Olmaliq" bu yilni ham shunday boshladi Yangiliklar

Bilasizmi? O'tgan mavsumning oxirgi to'rtta o'yinida g'alaba qozonmagan "Olmaliq" bu yilni ham shunday boshladi

Teglar :  Olmaliq
Toshkent viloyatining "Olmaliq" klubi uchun yangi mavsum omadsiz boshlandi. Jamoa oliy liganing to'rtta o'yinida atigi bir ochko to'pladi.

Viktor Kumikov shogirdlari uyda "Bunyodkor" bilan durang o'ynagan bo'lishsa, safarda "Buxoro", "So'g'diyona" va "Lokomotiv"ga mag'lub bo'lishdi. Qizig'i shundaki, "Olmaliq" o'tgan yilning oxirgi to'rt bellashuvida ham g'alaba qozona olmagandi.

O'tgan yil 26-turda "SHo'rtan"ni 3:0 hisobida mag'lub etgan olmaliqliklar shundan so'ng "Andijon" bilan durang qayd etib, "Obod", "Paxtakor" va "Qo'qon-1912"ga imkoniyatni boy berishgandi. Natijada chempionat yakunida Igor SHkvirin o'z lavozimini tark etdi va uning o'rniga yangi bosh murabbiy etib Viktor Kumikov tayinlandi.

"Olmaliq" uchun ushbu chempionat ham omadsiz boshlandi. Aytib o'tganimizdek, jamoa to'rtta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti va turnir jadvalida oxirgi o'rinni egallab turibdi. Jamoa keyingi turni 7 aprel (juma) kuni o'z maydonida "Nasaf"ga qarshi o'tkazadi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика