So’nggi yangiliklar

20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  5 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  2 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  2 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  2 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   2 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  1 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  6 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  19

Bilasizmi? Hozirgi “Neftchi”da 11 nafar murabbiy ishlayapti Yangiliklar

Bilasizmi? Hozirgi “Neftchi”da 11 nafar murabbiy ishlayapti

Birinchi davradan so'ng 10-pog'onada borayotgan Farg'onaning “Neftchi” klubi doim o'ziga xosligi bilan ajralib turgan.
O'z vaqtida Yuriy Sarkisyan bu jamoani boshqarganida hammaning etibori qaratilardi. Endi bo'lsa “Neftchi” o'zining yana bir jihati bilan odamlar etiborini tortishga harakat qilyapti. Nazarimizda, bu jamoa ishlayotgan murabbiylari soni bo'yicha oliy ligada rekordchi hisoblanadi.

Hisoblab ko'rsak, hozirgi “Neftchi”da 11 nafar murabbiy (!) ishlayotgan ekan. Jamoani Sarkisyan boshqargan paytlari u kishiga aka-uka Do'rmonovlar, shuningdek Sergey Lebedev yordam berardi. Jamoada hatto jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy bilan darvozabonlar murabbiyi ham yo'q edi. SHunga qaramay, “Neftchi” doim sovrinli o'rinlar uchun bahs olib borardi.

Hozir esa jamoa o'rtamiyonalar safida yuribdi, buning ustiga hali-beri sovrin uchun kurashmasa kerak. Lekin “Neftchi” o'rinbosarlari birinchi davrani birinchi o'rinda tugatishdi. Qizig'i shundaki, aksar o'rinbosarlar jamoalarida ko'pi bilan ikki murabbiy ishlayotgan bir paytda “Neftchi” yoshlarida beshta murabbiy ishlamoqda. SHunda asosiy tarkibda olti nafar murabbiyning faoliyat olib borayotgani iydinlashadi. 11ta murabbiy bu futboldagi bitta tarkib deganidir. Qoyil, lekin!   

ASOSIY TARKIB
Murod Ismoilov – bosh murabbiy
Aleksey Evstafeev – katta murabbiy
Sergey Lebedev – yordamchi murabbiy
Andrey Fyodorov - yordamchi murabbiy
Vyacheslav Tomilin – darvozabonlar murabbiyi
SHerzod Rayimjonov – yordamchi murabbiy

O'RINBOSARLAR TARKIBI
Sergey Kovshov – katta murabbiy
Valeriy Sedunov - yordamchi murabbiy
Bahrom Haydarov - yordamchi murabbiy
Diyor Alijonov - yordamchi murabbiy
Xislat CHilmatov –darvozabonlar murabbiyi

Izoh: Ro'yxatdan kimdir tushib qolgan bo'lsa uzr so'raymiz.

X.Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика