So’nggi yangiliklar

10:51"Эвертон" янги стадионини эълон қилди  0 10:15Интервью. Шукрон Йўлдошев: "Кўпроқ ўйин амалиётини истадим, "Навбаҳор"га ўтишим кутилганидан тез бўлди"  0 09:40Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   47 09:15"Қизилқум"га украиналик ҳужумчи келмоқда  0 08:45"Андижон" собиқ футболчисини ортга қайтарди  3 08:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Кападзе қўл остидаги илк машғулотини ўтказди  14 07:30"Машъал" бир нечта футболчилар билан хайрлашди  0 03:00Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" 90+2-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришиб, 4-ўринга кўтарилди ва бошқа натижалар  11 01:32"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси: "Квадрупл? АПЛ муҳимроқ"  3 01:10Киммих "Реал" билан боғланди  9 00:45Европа лигаси. "Тоттенхэм"да ғалаба, "Рома" мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  14 00:29БАА. Ўзбек футболчилари дербисида Ғаниев жамоаси ғолиб бўлди  3 23:50Альфонсо Дэвиснинг келажаги душанба куни ҳал бўлади  0 23:29Расман: "Барселона" Араухо билан шартномани узайтирди  3 23:12Футзал. "Бунёдкор" етакчилардан бирига қарши ўйинда камбек қайд этди, "Металлург" ўз тарихидаги сўнгги ўйинида мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0

Bilasizmi? Birinchi ligada kimlar murabbiylik qilmoqda? (2-qism) Yangiliklar

Bilasizmi? Birinchi ligada kimlar murabbiylik qilmoqda? (2-qism)

Mamlakatimizdagi birinchi liga klublarida faoliyat yuritayotgan murabbiylar haqida to'xtalib o'tgandik.
"SHarq” mintaqasidan keyin navbat endi “G'arb” mintaqasidagi klublarda drijyorlik qilayotganlarga etib keldi. Aytish kerakki, ushbu mintaqada otaxon murabbiy “Guliston” ustozi Toirqul Usmonovdir. Bu murabbiy 1 may kuni 58 yoshga to'ladi. Aksincha eng yosh murabbiy SHerzod Sattorovdir. Liga debyutanti “G'ijduvon” ustozi sifatida ro'yxatdan o'tgan Sattorovning yoshi 28 ekanligi etiborga molikdir.  Xo'sh, boshqa jamoalarda masuliyatli vazifada kimlar ishlamoqda? Quyida shu haqda so'z yuritamiz. 

 “Guliston” - Toirqul Usmonov (01.05.56).
O'tgan mavsum yana birinchi ligaga tushib ketgan “Guliston”da joriy yil keskin o'zgarishlar yuz berdi. Xususan bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov va uning yaqin yordamchisi Zoxid Nurmatov “Navbahor”ga o'tib ketgan bo'lsa, undan tashqari yana bir qator asosiy tarkib o'yinchilari ham o'zalarini boshqa klublarda sinab ko'rishga ahd qildi. Birinchi ligaga jamoani bu yil mahalliy murabbiy Toirqul Usmonov tayyorladi. Unga mashg'ulotlar chog'ida Aleksandr Lushin bilan Akmal Suyarov assisentlik qilayotgani to'g'risida malumot oldik.



“SHo'rtan” - Muxtor Qurbonov (26.01.75).
“G'arb” mintaqasida bu yil o'z oldiga kuchlilar safiga chiqishni aniq vazifa qilib qo'ygan jamoalardan biri bu – “SHo'rtan”dir. Rahbariyat yil boshida boshqaruv postiga Muxtor Qurbonovni olib keldi. Yangi murabbiy tarkibni yangitdan shakllantirdi va maqsad yo'lida astoydil ishlamoqda. Unga katta murabbiy sifatida Zoir To'raqulov yordam berayotgan bo'lsa, darvozabonlarni Erkin Mirzaev shug'ullantiradi. Futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi bo'yicha Jamshid Umarov ishlamoqda. SHuningdek selekciya bo'limida ham Ruslan SHoymardonov faoliyat yuritayotganini aytib o'tish joiz.  

“Spartak” - Sulaymon Rahmatov (26.02.68).
Buxoroning “Spartak” jamoasini o'tgan yili taniqli murabbiy Usmon Toshev boshqargandi. Ilk mavsumning o'zidayoq 5-o'rinni egallagani murabbiyning qanday ishlaganini ko'rsatib turibdi. Lekin shunga qaramay negadir bu yil jamoada drijyor o'zgardi. Rahbariyat ushbu lavozimga mahalliy murabbiy Sulaymon Rahmatovni olib keldi. Unga Abdurasul Rashidov ko'maklashayotgani to'g'risida malumo oldik.

“Xorazm” - Mansur Davletov (20.04.74).
Urganchliklar ham joriy mavsum oliy ligaga chiqishni maqsad qilayotganini yaxshi bilamiz. Ammo bu osonlikcha qo'lga kiritiladigan natija emas. Bu vazifa yo'lida rahbariyat mahalliy murabbiy Mansur Davletovga to'liq ishonch bildirgan. Futbolchilik davrida darvozabon ampluasida harakat qilgan Davletov mana ikki mavsumdirki “Xorazm”da bosh murabbiy sifatida ishlab kelmoqda. Unga murabbiylar shtabida Oybek Quryozov assisentlik qilmoqda.



“Zomin” - Spartak Murtazoev (03.10.77).

Quvonarlisi Jizzax viloyatidan bu yil ham ikkita jamoa chempionatda ishtirok etmoqda. Ulardan biri Zomin tumani jamoasi bo'lmish “Zomin”dir. Bu jamoaga asli jizzaxlik bo'lgan Spartak Murtazoev ustozlik qilmoqda. Futbolchilik davrida himoyadagi ishonchli o'yinlari bilan ko'pchilik muxlislarni qalbidan joy olgan Spartak Suyunovich mana ikki mavsumdirki, “Zomin”ni boshqarmoqda. Afsuski bu jamoa bilan aloqalarimiz yo'qligi tufayli Murtazoevga murabbiylar shtabida kimlar yordam berayotgani to'g'risida malumotga ega emasmiz.

“Registon” - Alijon Bobomurodov (01.12.59).
Samarqandning birinchi ligada ishtirok etayotgan yana bir jamoasi bu – “Registon”dir. Mahalliy futbolchilar hisobiga tuzilagn jamoani bu yil Alijon Bobomurodov boshqarmoqda. Yaqinda “Registon” boshqaruv postiga OFK instruktori Zoir Hasanovni kelishi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. Lekin bu borada hozircha rasmiy malumot yo'q.  

“SHerdor” - Sayfulla SHaripov (09.04.76).
Samarqandning “SHerdor” jamoasini mahalliy mutaxassis Sayfullo SHaripov boshqarmoqda. Ilgari “Dinamo” himoya qo'rg'onida ishonchli o'yinlari bilan ko'pchilikda iliq taassurot qoldirgan SHaripov “SHerdor”ni mana ikki mavsumdirki o'zi boshqarib kelmoqda. Aytishlaricha unga murabbiylar shtabida ilgari hakamlik sohasida ishlagan Valeriy Kostrikin va sobiq futbolchi Uchqun Qobilov yordam berib kelmoqda.

“Alanga” - Anvar O'rinov (24.02.68).
Kosonning “Alanga” jamoasi har mavsum barqarorlikka erishishi qiyin bo'lmoqda. Extimol bu mavsum avvalida murabbiylarning almashishi va o'z-o'zidan tarkibni ham yangilanib ketishi bilan bog'liqdir. Bu yil jamoa boshqaruviga qashqadaryolik Anvar O'rinov tayinlangan. Bu murabbiyni ilgari Qashqadaryo futbol federaciyasida sport o'yinlarini o'tkazish bo'limida ishlaganini yaxshi bilamiz. Endilikda esa O'rinov murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. U kishiga Nasim SHoimov yaqindan yordam bermoqda. 

“G'allakor-Avtomobilchi” - Furqat O'rolov (14.08.71).
Birinchi ligada bu yil 10-mavsumini o'tkazayotgan Jizzax viloyatining yana bir jamoasi “G'allakor-Avtomobilchi” boshqaruvida joriy mavsum yana mahalliy murabbiy Furqat O'rolov ishlamoqda. Jamoa tarkibida bu yil sezilarli o'zgarishlar amalga oshirildi. Bosh murabbiyga Qahramon Abdumo'minov bilan Said Zokirov ko'maklashmoqda. Ularning har ikkisi ham mahalliy murabbiylar sanaladi. 




“Orol” - Nematulla Qutiboev (1973).
Qoraqalpoq futbolining yorqin yulduzlaridan biri bu shubhasiz Nematulla Qutiboevdir. Futbolchilik davrida hujumchi sifatida muxlislar mehrini qozongan Qutiboev endilikda “Orol”ni boshqarmoqda. Garchi jamoada moddiy jihat u qadar ijobiy bo'lmasada, Nematulla aka sharoitdan kelib chiqib, jamoani musobaqada ishtirok etishini taminlab kelmoqda. Bazida murabbiy bilan o'zaro suhbatlashib qolganimizda, mooliyaviy tomondan muammo borligini va buni ommaga oshkor etishni o'ziga ep ko'rmasligini aytib qoladi. Mazkur murabbiyga jamoada Halilbek Sadirov yaqindan ko'maklashib kelmoqda.

“G'ijduvon” - SHerzod Sattorov (30.06.86).
Buxoroning “G'ijduvon” jamoasi bu yil birinchi ligada debyut mavsumini o'tkazmoqda. Klub o'tgan mavsum “pulka” musobaqasida ishonchli o'yin ko'rsatib, kerakli natijani qo'lga kiritdi. Tarkibida asosan mahalliy yoshlar jamlangan. Aytarli nomlar yo'q. Bosh murabbiy ham birinchi ligadagi eng yosh murabbiy hisoblanadi. Afsuski 29 yoshli SHerzod Sattorovga murabbiylar shtabida kimlar yordam berayotgani haqida bizda hozircha aniq malumot yo'q.



“Mashal-2” - Dilshod Andaev (01.04.74).
Bu yil yana birinchi ligada ishtirokini boshlagan Muborakning “Mashal-2” jamoasi tarkibni asosan akademiyadan etishib chiqayotgan yoshlar bilan shakllantirdi. Yoshlar bilan ishlash borasida yaxshigina tajribaga ega bo'lgan Dilshod Andaev boshqaruv postida faoliyat yuritmoqda. Bu murabbiy o'tgan yili Kosonning “Alanga” jamoasini boshqargandi. Andaevga “Mashal-2”da Baxtiyor Sattorov yordam bermoqda.  

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика