Beyl faoliyatini yakunlamoqchi emas

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2021, 01:56
"Real" vingerining agentlari futbolchi faoliyatini yakunlayotgani haqidagi xabarlarni rad etishdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning aytishicha, 31 yoshli uelslik Evro-2020dan keyin butsalarini mixga ilishga qaror qilgani yo'q.

Bundan tashqari, Beyl "Real"ning yangi ustozi Karlo Anchelotti bilan o'z kelajagini muhokama qilmoqchi.

Beyl o'tgan mavsumni "Tottenxem"da ijarada o'tkazdi. Uning "Real" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil yozda nihoyasiga etadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano