Beyl "El-Klassiko" yakunlanishini kutmay uyiga kyetib qoldi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2019, 13:00
"Real" hujumchisi Garet Beyl jamoada o'zini noqulay his qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, uelslik va "qaymoqranglilar"ning boshqa futbolchilari o'rtasida tushunmovchilik yuzaga kelmoqda. "Real" 3 mart kuni o'z maydonida "Barselona"ni qabul qildi. Beyl bahsni asosiy tarkibda boshlaji va bu muxlislar hamda futbolchilar uchun kutilmagan xol bo'ldi. Forvard maydonda o'zini ko'rsata olmadi va ikkinchi bo'limda almashtirildi. Garet almashtirilganidan bir necha daqiqa o'tib, kiyinish xonasiga yo'l oldi va bahs yakunlanishini kutmay uyiga kyetib qoldi.

Oldinroq, "Real" prezidenti Florentino Peres Beylni yozda sotmoqchi ekanligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca