"Betis" ustozi: "Hakam Navasni chetlatishi kerak edi"
13 mar 2017 13:45
Yangiliklar
"Betis" ustozi: "Hakam Navasni chetlatishi kerak edi"
"Betis" bosh murabbiyi Viktor Sanches "Real"ga qarshi LaLiganing 27-tur uchrashuvida uchragan mag'lubiyatidan juda xafa.
Sanchesning fikricha, uchrashuv bosh hakami Mateu Laos darvozabon Keylor Navasni chetlatmay bahs natijasiga tasir ko'rsatdi. "Betis" yarim himoyachisi Darko Brashanac birinchi bo'limda Navas bilan birga-bir chiqdi va kosta-rikalik futbolchi darvozadan chiqib raqibini yiqitdi.
"Biz o'zimiz bilan kerakli natijani olib ketmayapmiz va o'yin borasida salbiy xotiralar qoldi. Kuchli raqibga qarshi munosib o'yin ko'rsatdik. Hakam Navasni chetlatishi kerak edi" - deydi Sanches.
Fikrlar