39 yoshli Navas "Sevilya" safida uydagi so'nggi o'yinini o'tkazdi. Xesus maysadi o'pdi va yig'ladi, sheriklari uni yuqoriga otishdi
15 dek 03:14
Yangiliklar
39 yoshli Navas "Sevilya" safida uydagi so'nggi o'yinini o'tkazdi. Xesus maysadi o'pdi va yig'ladi, sheriklari uni yuqoriga otishdi
Xesus Navas "Sevilya" safida uydagi so'nggi o'yinini o'tkazdi.
"Sevilya" 17-tur doirasida o'z uyida "Selta" (1:0)ni mag'lub etdi.
39 yoshli Navas Andalusiya klubi safida 2003 yildan 2013 yilgacha va 2017 yildan beri o'ynamoqda. U bugun "Sevilya" uy stadionidagi so'nggi o'yinini o'tkazdi, xavbekni qarsaklar ostida 71-daqiqada almashtirishdi.
O'yindan so'ng muxlislar va klub o'yinchining hurmatini joyiga qo'ydi. Navas ko'z yoshlarini tiya olmadi, futbolchi maysani o'pdi, so'ngra jamoadagi sheriklari uni osmonga otishdi.
Navas "Sevilya" tarkibida ikki bor Ispaniya kubogi, 4 bor Evropa ligasida zafar quchgan va bittadan Ispaniya superkubogi va Evropa superkubogida g'olib chiqqan.
Fikrlar