"Beshiktosh"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
26 mar 2022 12:20
Yangiliklar


"Beshiktosh"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Valeren Ismael "Beshiktosh" bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Mutaxassis 2022/23 yilgi mavsum so'nggiga qadar shartnoma imzoladi va uni yana bir yilga cho'zish mumkin.
46 yoshli mutaxassis joriy yilning fevralida "Vest Bromvich"dan istefoga chiqarilgan edi. U jamoani 2021 yilning iyunidan beri boshqarayotgandi.
"Beshiktosh" esa hozirda Turkiya chempionatida 30 o'yindan so'ng 46 ochko jamg'argan holda, jadvalda sakkizinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar
11:20
"Beshiktosh" Fatini ijaraga olmoqchi. "Barsa" vingerning taklifni qabul qilishini xohlamoqda 5

Fikrlar