Turkiya Superligasi. "Sivasspor" o'z uyida "Beshiktosh"ga mag'lub bo'ldi, gollardan biri Turg'unboev sabab belgilangan penaltidan urildi
09 fev 00:30
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. "Sivasspor" o'z uyida "Beshiktosh"ga mag'lub bo'ldi, gollardan biri Turg'unboev sabab belgilangan penaltidan urildi
Qayd etish kerakki, hamyurtimiz o'yin so'nggida jarima maydonchasi ichida qoidani buzdi va bu Joau Mariuning 11 metrlik nuqtadan gol urishiga sabab bo'ldi.
"Sivasspor" - "Beshiktosh" 0:2
Gollar: Emirxan Topchu (42), Joau Mariu (90+3).
"Sivasspor" - Ali Vural, Aladdin Okumush (Emre Gokay, 88), Noa Sonko, Axilleas Punguras, Ziya Erdal (Azizbek Turg'unboev, 37), Tolga CHigerchi (Yan Beganski, 37), Velko SHimich, Xaris Xarisis (Bekir Boke, 70), Samuel Mutumassi, Ekfan Bekiroglu, Rey Manay.
"Beshiktosh" - Mert Gyunok, Artur Masuaku, Feliks Udukxai, Emirxan Topchu, Yonas Svensson, Jedson Fernandesh (Onur Bulut, 78), Aleks Oksleyd-CHemberleyn (Salih Uchan, 64), Ernest Muchi (Samih Kilichsay, 54), Joau Mariu, Milot Rashica (Fahri Keram, 89), CHiro Immobile (Mustafa Erhan, 64).
Ogohlantirish: Ernest Muchi (47), Joau Mariu (90+3).
Ushbu natija bilan "Beshiktosh" ochkolarini 35 taga etkazdi. "Sivasspor"ning ochkolari 23 taligicha qoldi. Keyingi turda "Beshiktosh" o'z maydonida "Trabzonspor"ga qarshi o'ynaydi. "Sivasspor" esa safarda "Gaziantep" bilan uchrashadi.
Sivasspor |
Super Lig . 23-tur 08/02/2025, 21:00 2
:
0
Tugadi
|
Besiktas Emirhan Topcu - 42', Joao Mario - 90' |
Stadion: Yeni 4 Eylul Stadi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar