Benzema: "Real"ga eng yaxshi Azar kerak. U "CHelsi"da ajoyib edi va Madridda tarix yozishi kerak"
24 jan 2021 17:43
Yangiliklar


Benzema: "Real"ga eng yaxshi Azar kerak. U "CHelsi"da ajoyib edi va Madridda tarix yozishi kerak"
"Real" hujumchisi Karim Benzema kechagi La Liga doirasidagi "Alaves" (4:1)ga qarshi o'yindan so'ng gol va assist qayd etgan jamoadoshi Eden Azar haqida gapirdi.
"Azar "CHelsi"da ajoyib o'yinchi bo'lgan edi, hozir esa u "Real"da yangi tarixini yozishi kerak. U bilan barchasi joyida, u hozirda o'zini yaxshi his qilmoqda. U yurakdan ishlamoqda va yaxshi o'yin o'tkazdi.
Bizga eng yaxshi Azar kerak", - deydi Benzema.
Azar joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar