Benites: "Napoli" 75 foizga tayyor"
31 okt 2013 12:34
Yangiliklar


Benites: "Napoli" 75 foizga tayyor"
"Napoli" bosh murabbiyi Rafael Benites Italiya chempionatining 10-turida "Fiorentina" (2:1) ustidan qo'lga kiritilgan g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz xarakter tufayli muhim g'alabaga erishdik. "Napoli" ayni paytda 75 foizga tayyor, hali ishlashimiz kerak bo'lgan holatlar bor. Iguain? Gonsalo - biz uchun juda muhim o'yinchi. Jismoniy formasini yanada kuchaytirishi lozim", - deydi Benites.

Fikrlar