Benites 130 yil oldingi natijani takrorladi
30 iyu 2021 20:40
Yangiliklar
Benites 130 yil oldingi natijani takrorladi
Rafael Benites bugun rasman “Everton” bosh murabbiyiga aylangani haqida xabar bergandik.
Avvalroq, ispaniyalik “Liverpul”da ishlagandi. SHu tariqa, u Mersisayd shahrining ikki klubini boshqargan ikkinchi mutaxassisga aylandi.
Bu kabi natija ilk marta 130 yil oldin sodir bo'lgandi. Uilyam Barklay 1888-1889 yillarda “Everton”da ishlagan bo'lsa, 1892-1896 yillar davomida “qizillar”ni boshqargandi.
Eslatib o'tamiz, 61 yoshli Benites 2004-2010 yillarda “Liverpul” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borib, klub bilan birga ECHL, Angliya Kubogi va Superkubogi hamda UEFA Superkubogida zafar quchgan.
Fikrlar