Rashidovning debyut bahsida "Nasonal" - "Benfika" qarama-qarshiligidagi eng yirik hisob qayd etildi
11 fev 2019 00:16
Yangiliklar


Rashidovning debyut bahsida "Nasonal" - "Benfika" qarama-qarshiligidagi eng yirik hisob qayd etildi
"Benfika" - "Nasonal" 10:0
Gol: Aleks Grimaldo (1, 1:0), Sevferovich (22, 2:0), Seferovich (27, 3:0), Fernandes (50, 4:0), Picci (53-pen, 5:0), Ferro (56, 6:0), Dias (64 7:0), Jonas (85, 8:0), Rafa (88, 9:0), Jonas (10, 10:0).
"Benfika": Odisseas, Almeyda, Dias, Ferro, Grimaldo, Picci, Samaris, Gabriel, Rafa, Seferovich, Feliks.
"Nasonal": Daniel, Felipe, Julio, Rosich, Kalindi, Palosevich, Marakis, Vitor, Alxassan, Kamacho, Rashidov.
Benfica Alejandro Grimaldo - 1', Haris Seferovic - 21', Haris Seferovic - 27', Joao Felix - 50', Pizzi - 54', Ferro - 56', Ruben Dias - 64', Jonas - 85', Rafa Silva - 88', Jonas - 90' |
Primeira Liga . 21-tur 10/02/2019, 22:30 0
:
10
Tugadi
|
Nacional |
Stadion: Estadio da Luz, 54810 tomoshabin
90. ssss... deyishga ham ulgurmadim. 10:0. Jonas gol urdi va o'yin tugadi. Hammaga rahmat... Rashidovning debyuti bunchalik omadsiz bo'lishini kutmagandik.
90. Nima edi, anaqa, hullasde. O'yin tezroq tugasin. O'ninchisi kerakmasssss..
88. Ha, yo'q, adashdik. Ana to'qqizinchi gol. Rafa bo'sh qolgan darvozaga gol urdi.
87. To'qqizinchi goldan darvozabon qutqardi. Uning ham joniga tegdi-da, axir...
85. Jonasning 22 metrlardan tepgan jarima zarbasi rikoshet bo'lib, darvozaga kirib ketdi, 8:0.
84. O'zgarish. Kamacho o'rniga Marakis.
82. Kameradan deyarli ko'rmayapmiz Sardorimizni. Ha, ana u, raqibga pressing qildi. Lekin "qora-oq"larda ishtiyoq qolmagan.
77. Qiziq statistika. "Nasonal" bunga qadar eng yirik mag'lubiyati 1:6 bo'lgan va o'shanda ham "Benfika"ga mag'lub bo'lgan ekan. Endi jamoa eng yirik mag'lubiyatini Rashidovning debyutida qabul qilib olmoqda.
73. Seferovich o'rniga Jonas o'yinga qo'shildi.
71. SHu daqiqada to'p Sardorga tegdi. Adashmasak, Sardor 5 yoki 6-marta to'p bilan muomalada bo'ldi. Hisoblashimiz to'g'ri bo'lsa, uning barcha paslari aniq. Sardorning o'yini yomon emas.
70. "Benfika" shunchaki gol urgisi kelmayapti. Avvaliga Gabriel, endi Rafa 100 foizlik vaziyatdan gol urmadi.
68. O'zgarish. Sekeyra o'rniga Krovinovich.
67. "Benfika" sakkizinchisiga yaqin keldi.
64. Dias ham jarima uzatilgan to'pga boshi bilan zarba berib, gol kiritdi. 7:0. (Biz hali ham Rashidovni kutyapmiz. Hamma gol urmoqda, u ham ursin)
62. O'zgarish. Samaris o'rniga Yogador maydonga tushdi.
57. ZARBAAAA!! Arabidzening xavfli va kuchli zarbasini mezbonlar posboni qaytardi.
56. GOL! Ferro burchakdan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba berib, hisobni yiriklashtirdi.
53. GOL! Picci penaltidan unumli foydalandi, 5:0.
53. Penalti! "Nasonal" darvozasi tomon
50. GOL! Jarimadan uzatilgan to'pni Fernandes darvozaga joylab qo'ydi, 4:0.
48. Rashidov birga bir vaziyatga chiqishi mumkin edi. Ammo u offsaydda qolib ketdi.
47. Burchakdan uzatilgan to'pdan "Benfika" gol urishi mumkin edi.
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+1. "Benfika" yana bir bor bo'sh darvozani ishg'ol qila olmagach, bosh hakam jamoalarni tanaffusga chorladi.
45. Birinchi bo'lim yakunidagina "Nasonal" uyg'ondi. Hujumlar uyushtirishmoqda. Biroq barchasi samarasiz.
44. Rashidov assistent bo'lishi mumkin edi. Ammo Viti bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi.
42. Burchakdan oshirilgan to'pga Roshich zarba berdi. Darvozabon ushlab oldi. "Nasonal"ning ilk zarbasi.
39. ZARBAAAA!!! Piresning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.
35. SHu daqiqaga kelib, "Nasonal" ilk hujumni tashkil qilmoqchi bo'lgandi. O'xshamadi.
32. "Benfika"ning super hujumi. Ular butun jamoa bo'lib hujum qilmoqda. So'nggi pallada himoyachi to'pni chiqarib yubordi.
Nima uchun Rashidov demayapmiz? CHunki Rashidov tugul "Nasonal"ga to'p tegmayapti.
27. "Benfika" istagan ishini qilmoqda. Qanotdan uzatilgan to'pni Seferovich osongina bo'sh qolgan darvozaga yo'lladi, 3:0.
26. Sekueyraning boshi bilan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. "Benfika" to'liqligicha ustunlik qilmoqda.
23. Fernandesning qanotdan erlatib uzatgan to'pini Seferovich darvozaga to'g'rilay olmadi.
22. Uchrashuvda hisob o'zgardi. Seferovich himoyachilarning qo'pol xatosidan unumli foydalandi va hisobni 2:0ga etkazdi.
21. Kamachoni yiqitgani uchun Samaris ogohlantirildi.
19. Hozircha faqatgina "Benfika" hujum qilmoqda. "Nasonal" esa himoyada.
18. O'zgarish. Marakis o'rniga Viti.
17. Ferreyra gol urgandi. Biroq offsayd.
16. Rashidovni yiqitishdi. Fol.
15. ZARBAAAAAA!!!! Piccining bergan kuchli zarbasini darvozabon qaytardi. Gol bo'lishi mumkin edi.
14. ZARBAAAA!!!! Seferovich birga bir vaziyatdan gol ura olmadi.
12. XAVFLI VAZIYATTTT!!! Seferovich to'pni yaxshiroq to'xtata olganida gol urishi mumkin edi.
9. O'yin surati biroz tushib ketdi.
2. Ilk daqiqadanoq mezbonlar "Nasonal" darvozasini ishg'ol qildi. Seferovich uzatgan to'pni Grimaldo golga aylantirdi. Uning tepgan to'pi darvozaning o'ng burchagiga borib tushdi, 1:0.
1. Uchrashuv boshlandi!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar