

Bahsning 84-daqiqasida "Nasonal" futbolchisi Xuan Iskerdo maydonga yiqildi. Unga tezkorlik bilan yordam ko'rsatildi va tez tibbiy yordam mashinasida olib ketishdi. Barchasiga futbolchining yuragidagi muammolar sabab bo'ldi.
Shifokorlar Xuanning yurak ritmida muammolar borligini ma'lum qilishdi. Ayni damda u reanimaciyada mutaxassislar nazorati ostida bo'lib turibdi.
Uchrashuv 2:0 hisobida "San Paulu"ning g'alabasi bilan yakunlandi.



