Ben-Yedder "Monako"ga o'tishga yaqin
13 avg 2019 11:29
Yangiliklar


Ben-Yedder "Monako"ga o'tishga yaqin
"Sevilya"ning franciyalik hujumchisi Vissam Ben-Yedder "Monako"ga o'tishga yaqin.
Ben-Yedder hozirda Monakoda va bugun u tibbiy ko'rikdan o'tishi kutilmoqda. 29 yoshli forvard Franciya klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Transfer esa 40 million evroga amalga oshadi. Uning "Sevilya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar mo'ljallangan.
Oldinroq, Ben-Yedderga "Manchester Yunayted" va "Pari Sen-Jermen" klublari qiziqayotganligi to'g'risidagi xabarlar yangragan edi.
Futbolchi yakunlangan mavsum La Ligada 35ta o'yinda maydonga tushib, 18ta gol va 9ta assistga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar