Ben Uayt "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi
29 iyu 2021 19:28
Yangiliklar
Ben Uayt "Arsenal" bilan shartnoma imzoladi
Jurnalist Fabricio Romano axborotiga ko'ra, "Brayton" himoyachisi Ben Uayt "Arsenal"ga o'tdi.
23 yoshli himoyachi London klubi bilan 2026 yilning iyunigacha mo'ljallangan shartnoma tuzadi. Kelishuv haqida tez orada rasman xabar beriladi.
"Arsenal" transfer uchun "Brayton"ga 50 million funt to'laydi.
Belerin bilan bog'liq holat esa hamon nomalum. "Inter" va "Arsenal" o'zaro kelishuvga erishilganini rad qilmoqda.
Fikrlar