Belsa APLga qaytishi mumkin
12 noy 2022 16:30
Yangiliklar


Belsa APLga qaytishi mumkin
Argentinalik mutaxassis Marselo Belsa faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega.
"The Athletic" nashri xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Bornmut" qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 67 yoshli murabbiyning so'nggi ish joyi APLning yana bir vakili "Lids" bo'lgan. "Tovuslar" fevral oyida jamoaning yomon natijalari tufayli Belsani ishdan bo'shatishgan.
O'tkazilgan 14 o'yindan so'ng "Bornmut" 13 ochkoga ega va APL musobaqa jadvalida 17-o'rinda bormoqda. "Qizil-qoralar" navbatdagi uchrashuvini o'z maydonida "Everton"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
12:17
Arteta: "Chempionlik poygasidagi vaziyat 3 oy avval qanday bo'lsa, o'shandayligicha qolmoqda" 1
03:20
APL. "Liverpul" o'z uyida "Nyukasl"ni mag'lub etdi va jadvaldagi etakchiligini yanada mustahkamladi 13

Fikrlar