Belsa: “50 ta gol o'tkazib yuborganmiz. Bu meni bezovta qilmaydi deb o'ylaysizmi?”
21 fev 2022 09:00
Yangiliklar
Belsa: “50 ta gol o'tkazib yuborganmiz. Bu meni bezovta qilmaydi deb o'ylaysizmi?”
APL 26-turida MYUga uchralgan mag'lubiyat (2:4)dan keyin “Lids” ustozi Marselo Belsa o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“1-taymni yaxshi boshladik, ammo gol urolmadik. Bazi nuqtalarda koncentraciyani yo'qotdik, ular esa gol urishdi.
Qaytdik, keyin hisobni 3:2 ko'rinishga keltirishimiz mumkin edi. Uchrashuvda burilish yasashga uringanimizda yaxshiroq o'ynadik. Keyin esa ular natijani ushlashga harakat qildi va barchasi takrorlandi.
Yaxshiroq himoyalanishimiz kerak. Bizda Fillips yo'q, Kox Stryoykka almashtirildi. Bunday holatda to'pni qaytarib olishda muammolar yuzaga keldi.
Xavotirlanmaslik qiyin. 50 ta gol o'tkazib yubordik. Bu meni tashvishlantirmaydi deb o'ylaysizmi? Qanday qilib masuliyatni his qila olmasligim mumkin?”, degan mutaxassis.
Fikrlar