So’nggi yangiliklar

17:05"Ювентус" "Интер" футболчисига қизиқмоқда, аммо...  0 16:40"Милан" 2024/25 йилги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 16:15"Арсенал" "Реал Сосьедад"дан Меринони харид қилмоқчи  1 15:49Саудияликлар Рафинья учун 65 млн евро таклиф қилишди. "Барса" Уильямс ва Ольмо билан шартнома имзолаш учун ўйинчиларни сотишга тайёр  1 15:17Де Хеа "Женоа"га ўтмайди – унинг талаблари клуб учун жуда юқори. Дарвозабонда МЛС ва Саудия Арабистонидан вариантлар бор  1 14:49Артём Довбик "Рома"нинг таклифини қабул қилди ва клубга ўтишга яқин  1 14:21Ольмо "Барселона"дан ташқари барча клубларнинг таклифини рад этди  2 13:58Ихеаначо Ла Лига клубига ўтишга яқин  1 13:31Ашурматов: "Олимпиада олдидан Ўзбекистон терма жамоасининг плей-оффга чиқишига катта умид боғланганди"  7 13:02"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолашга яқин  0 12:38Филлипс "Манчестер Сити"ни тарк этмоқчи  1 12:17ПСЖ ва АПЛ клублари Уильямснинг Испанияда қолишни афзал кўришини ҳис қилишмоқда. "Барселона" – фаворит  0 11:48Лондон клуби Ван-Биссака борасида МЮ билан музокаралар ўтказмоқда  1 11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  4

Belgiya futboli qay tarzda kuchayib ketdi? Iqtidor sohiblari qaerdan paydo bo'lmoqda? Yangiliklar

Belgiya futboli qay tarzda kuchayib ketdi? Iqtidor sohiblari qaerdan paydo bo'lmoqda?

Teglar :  Belgiya
Bom... Lilldan mashinada bir yarim soatda etib borish mumkin bo'lgan Antverpendagi shaharcha.

Tuproqlar, g'isht zavodi va oq-ko'k ko'rinishdagi stadion. Aynan shu erda bugungi kunning eng istedodli hujumchilaridan biri futbolga kirib kelgan.

Rojer Lukaku mahalliy "Rupel" jamoasida uch yil futbol o'ynaganidan so'ng 6 yoshli Romelu ismli farzandini shu erga olib keladi. Rojerning eskiroq "Toyota" mashinasi juda ko'p buzilib qolar, Romelu esa juda ko'p marotaba mashg'ulotlarga kech qolardi. Lekin, barcha uni kutardi. Qolgan bolakaylar usiz mashg'ulotni boshlagilari kelmasdi. Ular orasida bolalar jamoasi murabbiyining o'g'li Nils ham bo'lardi. U hattoki, Romelu agar mashg'ulotlarga kelmasa uning uyiga ham borardi. 

"Lukaku 1999 yilda safimizga kelib qo'shilgandi. Uyalchang, juda kamgap bolakay o'zini bizga tanishtirdi. Avvaliga uning ismi Romeli deb o'yladik. U shunchalar sekin gapirardiki, biz uni hayajonlanganidan ismini noto'g'ri aytib yubordi deb o'yladik", deydi "Rupel Bom"ning bolalar jamoasi murabbiyi Ervin Voski. 

Uning haqiqiy ismi Rojer Lukaku farzandining tug'ilganlik haqidagi guvohnomasini olib kelganidan so'ng bildik. U "Rupel Bom"ning raqiblaridagi futbolchilarning ota-onalarining etirozlaridan charchagandi: "U qolganlardan ikki yosh katta!". Aslida esa, Romelu Lukaku ushbu suratda o'tirgan bolalardan ikki yosh kichik edi. 


Oradan 10 yil o'tib Romelu va uning ilk murabbiyining farzandi Nils Voskilar "Bersxot" va "Lers" jamoalarining o'yinida to'qnash keladilar. Aynan ushbu bahsdan so'ng Romeluga "Anderlext" eshiklari ochilgandi. Lukaku o'sha o'yinda raqib futbolchisi futbolkasidan ushlab qolishiga qaramay undan qochib ketadi. Avvaliga, o'n metr. Yigirma metr, o'ttiz metr... va gol!

"Romeluni 12 yoshligida ko'rgandik. U kuchli va tezkor futbolchi edi. Ammo, texnik tomonlama bunday deya olmaymiz. Uni kuchaytirishga harakat qildik", - deydi "Anderlext"ning yoshlar murabbiyi Jan Kindermans.

Belgiyalik yoshlarning bu darajada kuchayib ketishiga mahalliy futbol federaciyasining texnik direktori Mishel Sablonning hizmatlari katta bo'ldi. 


Belgiya futbol federaciyasi 8 yillik muvaffaqiyatsizliklardan so'ng nimadir qilmasa bo'lmasdi: JCHda guruhda qolib ketildi. Sablonga Belgiya futbolini qayta isloh qilish vazifasini yuklatishdi. U o'ziga yordamchi qilib mamlakat yoshlar terma jamoasi murabbiyi Bob Brovaysni oldi. 90-yillar oxirlarida Belgiyadagi yoshlar jamoalari 4-4-2 yoki 3-5-2 sxemalarida harakat qilardilar. Sablon va Brovayslar esa murabbiylarga 4-3-3 sxemasini tavsiya qilishdi. CHunki, ushbu taktika yosh futbolchilarning ko'nikmalarini yanada oshirardi.  

Ular shuningdek futbolchilardagi dribling va ijodkorlikni oshirish ustida ish olib borishni taklif qilishdi. Ular bolalar murabbiylariga sxemalardan foydalangan xolda emas, o'zlari istaganlaricha futbol o'ynashga imkon yaratib berish kerakligini tushuntirishdi. 

Evro-2000dan tushgan daromaddan so'ng Bryussel yaqinidagi Tyubize shaharchasida futbol markazi ochildi. Murabbiylik kurslari bepul qilindi. Ushbu kurslarga odamlarning tashriflari ko'payib ketdi. Sablonning iltimosiga binoan Leven universiteti professori Verner Xelsen bolalar va yoshlar jamoalari futbolchilarining bir yarim mingdan ortiq o'yinlarini o'rganib chiqdi. Keyinroq esa Sablon xar bir futbol akademiyasi direktori bilan uchrashdi va izlanishlar natijalarini taqdim etdi: 8 yoshli bolalar yarim soat ichida o'rtacha ikki martadan to'pga tegishardi. 

U rahbarlarga natija uchun emas, yosh futbolchilarning o'sishi uchun asosiy etibor qaratish lozimligini tavsiya qildi. Bolalar futbolida futbolchilar sonini qisqartirishdi: 7 yoshgacha bo'lganlar avvaliga ikkiga ikkt, keyinroq esa beshga besh futbol o'ynashardi. Ulardan biroz kattaroq jamoalarda esa 7 nafardan futbolchi bo'lardi. Maqsad - futbolchilar ko'proq to'p bilan muomala qilishsin, texnikani kuchaytirishsin.

O'smirlar jamoalari murabbiylari avvaliga uning gaplariga ko'nishdi, keyin esa: "Biz 4-3-3 sxemasiga o'tdik va ko'p yutqazyapmiz. Yaqinda Evropa chempionati boshlanadi. Siz bu taktikani qo'llab yana yutqazishimizni va guruhda qolib ketishimizni istayapsizmi? - "Ha, men shuni istayman" - deb javob bergandi Sablon o'shanda.

1998 yildan 2002 yilgacha Belgiya futbol federaciyasi hukumat bilan hamkorlikda mamlakat bo'ylab 8 ta futbol maktabini ishga tushirdi. Ushbu maktablarda 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan futbolchilar shug'ullanardilar. Etiborli tomoni shundaki, ular ushbu maktablarda klubdagi mashg'ulotlardan so'ng shug'ullanishardi. "Ikki mahal mashg'ulot" sistemasidan Kevin de Bryuyne, Dris Martens, Tibo Kurtua, Musa Dembele, Aksel Vitcel va Nasir SHadli kabi yulduzlar etishib chiqqanlar. 


Muhimi, Sablonning tavsiyalariga panjara ortidan qarashmadi. Masalan, "Anderlext"dagi bolakaylar 14 yshgacha 3-4-3 sxemasida futbol o'ynashardi. Maqsad, himoyachilar bosimni his qilishlari kerak. Qiyin vaziyatlarda qanday harakat qilish lozimligini ana shunday uslublar orqali o'zlashtirib olish mumkin edi. To'g'ri, bu vaqt oralig'ida Belgiya reytingda 66-o'ringacha tushib ketdi. Ketma-ket beshta yirik tomoshabinlar qatorida kuzatildi. 

Ammo, keyinchalik terma jamoa FIFA reytingida birinchi pog'onagacha ko'tarildi. Terma jamoa futbolchilari esa bugungi kunda Evropaning top-jamoalari azolari hisoblanadilar. 


sports.ru saytidan Aziz To'xtamurodov tarjima qildi

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика