So’nggi yangiliklar

18:59ОЧЛ 2. "Насаф" – "Шабаб Ал Аҳли" (матнли трансляция)  23 18:39"Трактор" – "Моҳун Баган" учрашуви бекор қилинди  2 18:13"Насаф" ва "Шабаб Ал Аҳли" стадионга етиб келди  0 17:45Тен Ҳаг ишдан бўшатиладими? МЮ футболчилари мураббийнинг истеъфога чиқарилишини кутмоқда  3 17:24Рой Кин "Манчестер Юнайтед" бош мураббийлигига номзодми?  1 16:57Виктор Осимхен: "Мен 100 млн евродан қимматман"  4 16:30Ўзбекистон терма жамоаси таркибида кичик ўзгариш  6 16:12"Реал" Карвахаль билан шартномани узайтириш бўйича музокараларни бошлайди  0 15:45Про лига 22-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди. Иккита ўйинда VAR ишлайди  1 15:26Фарғонадаги Кубок финалида ишлайдиган ҳакам Ўзбекистон МТЖ фойдасига иккита пенальти белгилаганини биласизми?  7 15:10Жалолиддин Машарипов жамоасида бош мураббий ишдан бўшатилди  1 14:48"Брест" ЕЧЛдаги 2 та ғалаба учун 4,2 млн евро олади. Бу клуб футболчиларнинг 6 ойлик маошини қоплашга етади  4 14:22"Атлетико" ҳимоячиси "Реал"га қарши ўйинда бош миясидан жароҳат олди  0 14:00Transfermarkt ва Championat.Asia Суперлигада сентябрь ойининг энг яхшиларини аниқлашди  5 13:46Самуэль Это'О 6 ойга футболдан четлаштирилди  1

Belgiya - AQSH 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Belgiya - AQSH 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA

Belgiya - AQSH uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
JCH-2014, 1/8 final.

Belgiya - AQSH 2:1
2 iyul. 01:00
Bosh hakam:
Jamel Haymudi (Jazoir)
Yordamchi hakamlar:
Redouane Achik (Marokash), Abdulhaq Etchiali (Jazoir)
Zaxira hakami:
Norbert Xauata (Taiti).

Gollar: De Bruyne (93), Lukaku (105), Grin (107)

Belgiya
: Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Vertongen, Vitsel, De Bruyne, Fellayni, Azar (CHadli, 111), Mertens (Miralyas, 61), van Buyten, Origi (Lukaku 91).

AQSH: Xovard, Gonzalez, Bredli, Besler, Bisley, Dempsey, Bedoya (Grin, 105), Jones, Zusi (Vondolovski, 73), Kamerun, Jonson (Yedin, 32).

Ogohlantirish: Kameron (18), Kompani (42).

                               MATNLI TRANSLYACIYA
                                        
YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! Belgiya chorak finalga yo'l oldi!


120` So'nggi qo'shimcha bo'limga 1 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

119`
Julian Grinning faolligi evaziga yuzaga kelgan hujum besamar yakunlandi.

118`
Jermeyn Jonsning zarbasi noaniq ketdi.

117` AQSHning dahshatli va xavfli hujumlari davom etmoqda...


115`
AJOYIB! TASANNO! AQSH hozir juda g'aroyib-u, ajoyib tarzda jarima to'pini o'ynashdi. Lekin omad, haa omadgina Belgiyani goldan saqlab qoldi...

113`
Futbochilar charchab qolishgani shundoq ko'rinib turibdi.

112`
Eden Azar o'rniga CHadli tushirildi.

111` SUPER-MEGA-FANTASTIK BELLASHUV!

110`  TIM XOVARD!!!!!!!!!! FANTASTIKA!!!!!!!!!!!!!!!!!!


109`
Hali hammasi oldinda! Hozirgina maydonga tushgan yosh istedod sohibi Julian Grin to'p kiritmoqda. AQSHda hali yana vaqt bor. "Bavariya" klubining yosh futbolchisi mundialdagi o'zining debyut o'yinidayoq gol kiritdi. Qoyil Klinsmann! Tasanno Grin!

107` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! JULIAN GRIN!

106` Ikkinchi qzo'imcha taym boshlandi!


Dastlabki qo'shimcha bo'lim tugadi.


AQSH tarkibida o'zgarish. Bedoya o'rniga Julian Grin tushdi.

105` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! LUKAKU! Yana hujum va Lukaku bu safar to'pni darvozaga aniq joylab qo'ymoqda! Tim Xovard ham charchadida...

104` TIM XOVARD!!!!!!!!!!!!!!!!
Miralyas qulay vaziyatdan turib Tim Xovardni dog'da qoldira olmadi!

103`
AQSHning hujumi besamar yakunlandi. 

Amerikalik ushbu "musya" futbolchilarni shu tarzda qo'llab-quvvatlamoqda


101`
Lukakuning zarbasini Xovard qaytarib qoldi.

99`
AQSHning hujumi yakuniga etmay qoldi. Kamerunning noaniq to'p uzatishi hammasini buzib qo'ydi.

97`
Belgiya oradagi farqni ikkitaga etkazishga yaqin edi. Tezkor qarshi hujum tashkil etgan Belgiya Tim Xovard darvozasiga ikkinchi golni kirita olmadi. Aniqrog'i, Vertongen Lukakuga to'pni etkazib berish o'rniga, qizg'onchilik qildi va hujumni besamar yakunladi.

95`
AQSH endi hujumga o'tishga majbur!

93` GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! De Bruyne! AQSH himoyachisining xatosidan unumli foydalangan De Bruyne qo'shimcha taymning debyutidayoq hisobni ochishga erishmoqda!

91`
Origi o'z o'rnini Lukakuga bo'shatib berdi.

90`
Qo'shimcha bo'limning birinchisi boshlandi!

Bizni yana 15 daqiqadan iborat ikki bo'lim kutib turibdi. Hozircha "kichkina-tanaffus"!

Uchrashuvning asosiy vaqti tugadi! Endi qo'shimcha bo'limlarga navbat!

90+3` SUPER VAZIYAT! VONDOLOVSKI!? NIMALAR QILDING!!!! Ikki metrdan gol ura olmaydigan hujumchilar nafaqat bizda, balki AQSHda ham bor ekan! Eslab qoling, bu o'zimizning Vondolovski!

90` Uchrashuvning ikkinchi bo'limiga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

89` Qanday vaziyat!!!!!!
Kompani to'pga aniq zarba bera olmadi!

88`
Eden Azarning zarbasi noaniq ketdi. Rostini aytish kerak, bugun Azar o'zidan kutilgan o'yinni namoyish etib berolmayapti.

87`
Bugun yana qo'shimcha bo'limlar ko'ramiz shekilli. Hammasi shunga qarab ketmoqda.

85`
AQSH terma jamoasi ham asta-sekin hujumlar tashkil etmoqda. Vaqt esa oz qolmoqda.

82`
Har ikkala jamoa ustozlari Mark Vilmots va Yurgen Klinsmann do'stona nimanidir gaplashib olishdi. Qoyil!

80` TIM XOVARD!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Belgiya o'zining ananaviy hujumini tashkillashtirdi. Azar tomonidan yo'naltirilgan zarbani Xovard qaytarib qolmoqda! Ajoyib "seyv"!

78`
Uchrashuvda biroz to'xtalish. Gonzalezga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

77` UHHHHHHHHHHHHHHH! Uyquni qochirib yuborigan ilk vaziyat! Origining ajoyib pasidan so'ng Miralyas Xovard bilan yakkama-yakka chiqib bordi. Lekin uning zarbasini Tim Xovard mahorat ko'rsatib bartaraf etib qoldi! AJOYIB!

76`
AQSH etakchisi Dempsey uzoq masofadan Kurtua daraozasini ishg'ol etmoqchi bo'ldi. Lekin Kurtua bu vaziyatda o'zini ko'rsatdi.

74`
AQSHda o'zgarish. Zusi o'rniga Vondolovski tushirildi.

72` Origi!!!!!! Tim  Xovard!!!!
Divok Origi hisobni ochishi mumkin edi, ammo Tim  Xovard...

69` VITSEL! ZARBAAAAA! Noaniq!


67`
AQSH ham hujum qildiey! Qanotdan oshirib berilgan to'pni Kurtua ushlab oldi.

64` Vertongen!!! Ushbu himoyachi so'nggi daqiqalarda ancha faol. Uning kuchli tarzda yo'llagan zarbasini Tim Xovard egallab oldi.

62`
Belgiya tarkibida o'zgarish. Mertens o'rniga Miralyas tushdi.

61` Qanday chiroyli! Ajoyib!
Origi o'zining yuqori driblingi evaziga ikki himoyachini ortda qoldirdi va to'pni Mertensga etkazab berdi. Lekin Mertensning chiroyli tarzda yo'llagan zarbasi "o'xshamadi".

60`
Amerikaning tezkor javobi! Bisley hamda Zusining zarbalariga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi.

59`
Vertongenning zarbasini Xovard bartaraf etib qolmoqda. Xavfli!

58`
Origining boshi bilan yo'llagan zarbasi nihoyat ancha xavfli chiqdi. Lekin baribir birozgina noaniq.

56` Belgiya futbolchilariga nimadir bo'lganmi? Darvoza qaerdaligini ko'rsatib yuboringlar! Navbatdagi noaniq zarba. Bu safar De Bruyne.

54`
Vertongenning ajoyib uzatmasiga avvaliga De Bruyne, keyinchalik Origi eta olmadi. SHundoqqina oyog'ingni qo'y va darvozani nishonga ol!

52` Maruan Fellaynining zarbasi juda noaniq chiqdi. Qaerga tepding, ey bolakay?

50`
Mertensning ajabtovur "podacha"si qaerlargadir ketib qoldi.

49`
Tim Xovard hozir o'zini ko'rsatdi.

48`
Tempi yuqori emas. Lekin o'yinning ichki dinamikasi anchagina yuqori darajada.

46` Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Kutilganidek birinchi bo'limda gol kiritlmadi va hakam xushtagi yangradi. TANAFFUS!


45`
Birinchi bo'limga hakam 3 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

42`
Kompani ogohlantirildi.

41`
Nimchorak final bahslarining ko'pginasi qo'shimcha bo'limlargacha bormoqda. Bu o'yin shunga ham qarab ketmoqda shekilli. Ha to'g'ri, oldinda bir boshli ikkinchi taym bor. Lekin jamoalar ko'proq gol urish ishtiyoqida emas, gol o'tkazmaslik uchun o'ynashmoqda. Ehtiyotkorlik ancha yuqori.

37`
Jamoalar shunchaki futbol o'ynashmoqda. SHunchaki futbol emas, shiddatli va keskin kurashlarga boy o'yin ko'rsatishsa maqsadga muvofiq bo'lardi.

35`
Kutilganidek o'yin qiziqarli va tomoshabop kechmoqda deya olmaymiz.

33` Jonson bu AQSH uchun jiddiy yo'qotish. Ushbu qanot himoyachisi jamoasining etakchi himoyachilaridan hisoblanardi. Jamoasining hujumlarni tashkil etishda hamda qaytarishda ushbu himoyachining o'rni anchagina katta.

32` AQSHda majburiy o'zgarish. Jonson jarohat olib maydonni tark etdi. Uning o'rniga Yedin maydonga tushdi. 

30` Belgiyaning navbatdagi hujumini AQSH himoyasi qaytarishga erishdi.

28`
AQSH hozircha himoyani tartibga keltirish bilan band.

27` Ajoyib hujum! Belgiya chap qanotdan yurishni amalga oshirdi. Lekin so'nggi pallada AQSH himoyachisi xavfni bartaraf etishga erishdi.

25`
Belgiya ko'proq hujum qilmoqda. Lekin hozircha bu hujumlaran samara chikmayapti.

24` De Bruyne!!!!
Nimalar qilyapsan? Ajoyib imkoniyat, lekin zarbaga aniqlik etishmadi.

22`
Tibo Kurtua Dempseyni yo'llagan zarbasini egallab oldi.

21`
AQSH burchak to'pini tepdi. Ancha xavfli ko'rinish olgan ushbu standart vaziyati samarasiz bo'ldi.

19` Uchrashuvdagi ilk ogohlantirish. Kameron.

18`
Bir muxlis e bore deb maydonga tushib keldi.

16`
Xavfli vaziyatlar kuzkatilmayapti. Hozircha biroz sokinlik.

14`
Origi oyog'ini ushlab maydonda yotibdi. Bazi bir futbol ishqibozlari ham futbolni ko'rmay, uxlab yotibdi...

12`
Belgiya burchak to'pini amalga oshirdi. Fellaynining boshi bilan yo'llagan zarbasini himoyachi bartaraf etdi.

10`
AQSH sekin-asta o'yinni o'z qo'liga olishga urinmoqda. Uzun uzatmalar orqali hujumga o'tishni rejalashtirishmoqda.

8` Mark Vilmots bugun Lukakuni asosiy tarkibga qo'ymagan. To'g'rida, uchta o'yinda kutilgan o'yinni ko'rsata olmagan Lukakudan ko'ra, ayni paytda o'zini yaxxi tomonlarini ko'rsata olayotgan Origi maqulroq.

6` Yurgen Klinsmanni ko'rsatishmoqda. Jimgina o'yinni tomosha qilmoqda. Balki nimalarnidir o'ylayotgandir. Har holda Belgiya o'yinni ancha boshqacha boshladi va bu Klinsmanni "o'ylantirib" qo'ygan bo'lsa ajab emas.

5`
Bizga aynan tezkor va shiddatli futbol kerak. O'ylaymizki, har ikkala jamoalar bizni chiroyli futbol bilan xushnud etishadi.

4`
Tashabbus Belgiya jamoasida. AQSH hozircha o'z o'yinini topib olish bilan band.

3`
Boshlanishi yomon emas. Belgiya tezda hujumga o'tdi. Mertens-De Bruyne-Origi "trio"si tashkil etgan hujum Origining xavfli zarbasi yakunlandi! Tim Xovard bu vaziyatda o'zini ko'rsatishga muvofaq bo'ldi.

2` Belgiya!!!! Ajoyib hujum! Origi!!! Xovard!!!!


1` UCHRASHUV BOSHLANDI!


Jamoa sardorlari Kompani hamda Dempsey o'yin oldi bir-birlariga omad tilashdi, yuzagi bo'lsada.

Ananaga ko'ra, har ikkala jamoa davlati madhiyalari jarang solib o'tadi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

Assalomu aleykum qadrli futbol ishqibozlari! Jahon chempionati nimchorak bosqichining so'nggi uchrashuvi Belgiya hamda AQSH terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. CHorak finalning ohirgi ishtirokchisi nomini aniqlab olamiz! Bu jamoalardan qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo'ladigan tomoshabop o'yin kutib qolamiz! Mundial muxlislarni o'zining navbatdagi lazzatli uchrashuvi bilan quvontiradi deb umid qilamiz! Ha aytgancha, bu o'yin sharhida Sizlar uchun SHahboz Beg'amov ishlaydi.

- O'yin soat 01:00da boshlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика