So’nggi yangiliklar

03:36ЕКЛ. Ярим финал иштирокичилари маълум  0 02:01Европа лигаси. "Милан" ва "Ливерпуль" мусобақани тарк этди, "Байер" ва "Рома" эса ярим финал иштирокчисига айланди  10 01:17Мартинес ўйин давомида икки марта сариқ карточка олди, аммо майдондан четлатилмади. Бу қоидаларга зид эмасми? Йўқ!   8 00:53Аршавин: "Ливерпул"га қарши тўртта гол урган ўйиним фаолиятимдаги энг яхшиси эмас"  2 00:36Машариповнинг жамоадоши мухлисини бағрига босгани учун жазоланди  4 23:54"Барселона" мухлислари ПСЖга учралган мағлубиятдан илгари ўз жамоаси автобусига ҳужум қилишди  3 23:37Эрон Про лигаси. Ўрунов 77 дақиқа ҳаракат қилган ўйинда "Персеполис" йирик ғалабага эришди  0 23:20Футзал бўйича Осиё кубоги. Тожикистон - Жанубий Корея 2:0   0 23:10Футзал бўйича Осиё кубоги. Япония - Қирғиз Республикаси 2:3   2 23:08АПЛда дебют қилган 19 ёшли футболчи майдонга тушганидан 3 дақиқа ўтгач, ҳушидан кетди   0 22:41U-23 Осиё кубоги. Қатар ҳакам томонидан қўшиб берилган 13-дақиқада Иордания дарвозасига ғалаба тўпини киритди  15 22:22Мессини немис грандлари ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 21:54"Барселона"да Хавининг ўрнини ким эгаллаши деярли маълум  7 21:38Жасур Жалолиддинов: "Олимпиада йўлланмаси бериладиган мусобақада қандай ҳолатда бўлишимизга қарамай, натижа кўрсатишимиз керак"   4 21:17Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган навбатдаги клублар маълум, улардан бири — "Зальцбург"  1

Belarus. "Energetik-BGU" kubokda keyingi bosqichga chiqishiga hamyurtlarimiz qanday yordam berishdi? Yangiliklar

Belarus. "Energetik-BGU" kubokda keyingi bosqichga chiqishiga hamyurtlarimiz qanday yordam berishdi?

O'tgan hafta Belarus Kubogi 1/16 finali va navbatdagi tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi (aynan shu bosqchidan bahsga “elitalar” qo'shilardi).

Kubokda “Energetik-BGU” birinchi ligada omadsizliklarga uchrayotgan (8-o'rin) “Baranovichi” jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Biroq uchrashuv oliy liga vakili uchun oson o'tdi deyolmaymiz.

O'yinda hisob bor yo'g'i 88-daqiqada ochildi. Bunga hamyurtimiz Bobir Abdixoliqovning faolligi sabab bo'ldi. Ana o'sha pallada ortiqcha muammolar – qo'shimcha bo'limlar ko'rinishidagi – oldi olingandek tuyulgandi, ammo “Baranovichi” hisobni tenglashtirishni uddaladi. Bu jamoaning darvoza tomon yo'llagan birinchi aniq zarbasidan keyinoq amalga oshdi.

Biroq qo'shimcha bo'limlarda “talabalar” darajasi o'z so'zini aytdi: rossiyalik hujumchi Ilya Grishhenkoning ikkita goli yakuniy hisob 3:1 ko'rinish olishini taminladi.
Abdixoliqov 120 daqiqani maydonda o'tkazdi va goldan tashqari, yana besh marta zarba berdi (ularning ikkitasi aniq), 6 marta dribling ishlatdi (to'rttasi omadli), jarima maydonchasi ichida 9 marta to'pga tegindi – jamoasidagi eng yaxshi natija va “Baranovichi”ning hamma o'yinchisidan bittaga kam.

SHoxruhbek Abdurahmonov maydonga tanaffusdan keyinoq tushirildi. U o'ziga ajratilgan vaqt ichida golli uzatma etkazib berdi, 37 tadan 26 ta aniq uzatmani amalga oshirdi, 9 bor havodan uzatma, shuncha to'pni egallash ulardan 8 tasi maydonning raqib tomonida bo'ldi va 13 marta aldamchi harakatlarni ishga soldi (hammadan ko'p). Biroq bor yo'g'i 4 tasi omadli chiqdi.

Markaziy himoyachi Abduqodir Husanov maydonda 126 daqiqa o'tkazib, 125 ta texnik-taktik harakatlarni (hammadan ko'p) amalga oshirdi, ulardan 96 tasi muvaffaqiyatli chiqqan (bu borada ham eng yaxshi natija). 72%da qo'li baland kelgan (83 tasi himoyada) va 32 marta to'pni olib qo'yishi darvoza oldidagi xotirjamlikni taminladi. O'z navbatida, Husanov hujumda ham yaxshi o'yin ko'rsatdi. 3 ta zarba, 2 marta aldamchi harakatlarni ishga soldi, 1 ta muhim uzatma, yana 1 marta sherigi zarba berishi uchun qulay uzatmani etkazib berdi va raqib jarima maydonchasi ichida 5 marta to'pga tegindi – tan olish kerak markaziy himoyachi uchun yaxshi raqamlar.

Nisbatan kam o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan Abbosbek Jumaqulov uchun imkoniyat berildi. Yarim himoyachi o'yinni asosiy tarkibda boshlab, bir taym harakat qildi (tanaffusdan keyin aynan uning o'rniga Abdurahmonov o'yinga qo'shildi). Darvoza tomon zarba bermadi, muvaffaqiyatli dribling harakatlari, muhim uzatmalarni ham uning ijrosida ko'rmadik. 24-daqiqada esa hakam tomonidan ogohlantirildi.

O'tgan hafta Kubokning 1/8 finali qurasi bo'lib o'tdi. Uning natijasiga ko'ra, “Energetik-BGU” va BATE o'zaro to'qnash keladi. To'qnashuv (bitta o'yin) iyul oyi oxirida bo'lib o'tadi. 



Kubok bahsini 22 iyun kuni o'tkazgan “talabalar” 27 sanada “Dnepr”ga qarshi kuch sinashdi. Mogilyovliklar chempionatning yaqqol autsayderlaridan biri bo'lishiga qaramay (bu turdan avval bor yo'g'i 5 ochko), o'yin teng kurashlar ruhida o'tdi. Minsk klubi zarbalar bo'yicha (13 — 11), darvoza sohasiga aniq zarba yo'llash (3 — 2) va xG (2.04 — 1.28) borasida kichik ustunlikka ega bo'ldi.

“Dnepr” o'zining “normasini” bajardi – gol urdi (67-daqiqada Roman Volkov muvaffaqiyatga erishdi), “talabalar” esa bor yo'g'i bitta gol urishni uddalashdi. 22-daqiqada o'zining chempionatdagi 13, mavsumdagi 14-golini (oxirgi besh o'yindagi 5-golini) Abdixoliqov rasmiylashtirdi. To'purarlar poygasida hamyurtimiz ishonchli farq bilan oldinda bormoqda. Eng yaqin taqibchi Vladimir Xvashhinskiy 6 ta golga ortda qolmoqda.

Forvard jamoa sardori Aleksandr Svirepa bilan birgalikda eng ko'p zarba bergan – 3 ta zarba. Bundan tashqari, hujumchi hisobida 4 ta fint bor, bor yo'g'i 4 marta to'pni yo'qotdi va jarima maydonchasida 4 bor to'pga tegindi.
Hujumchi Husanovning uzatmasidan keyin gol urdi. Bu uzatma Abduqodir uchun chempionatdagi 2-assist bo'ldi. Biroq himoyada Abduqodir odatdagidek yorqin harakat qildi deya olmaymiz, u yakkakurashlarning bor yo'g'i 47%ida ustun keldi. Bir-ikki vaziyatda u raqibini to'xtatib qolishda muammoga duch keldi (balki bir necha kun oldingi Kubok o'yini sababdir) va qoidani buzishga majbur bo'ldi. Aynan shu follardan biri sariq kartochkaga sabab bo'ldi.

Jumaqulov qatorasiga ikkinchi uchrashuvda ham maydonga tushdi. Bu safar Yurevich va Pavel Rodnenok futbolchiga 15 daqiqa ajratishdi. Yarim himoyachi imkoniyatidan unumli foydalanishga harakat qildi: 1 marta jarima maydonchasida to'p bilan muomalada bo'ldi, zarba berish uchun uzatmani amalga oshirdi.

Mavsumda birinchi marta Abdurahmonov maydonga tushirilmadi. To'rtta sariq kartochka tufayli diskvalifikaciyaga uchragan yarim himoyachi qaydnomada ham yo'q edi. SHunga qaramay, SHoxruh “Energetik”ning o'rinbosarlari tarkibida “Dnepr”ga qarshi g'alabali o'yinning 75 daqiqasini maydonda o'tkazib, jamoasining beshta golidan bittasiga mualliflik qildi.

Qoqilganiga qaramay, (hozir “Dnepr” bilan durang “talabalar” uchun aynan ochko yo'qotish hisoblanadi), “Energetik-BGU” jadvalning birinchi pog'onasida qoldi. Top-3dagilar ichida g'alaba qozona olgan yagona klub “Dinamo” endi oradagi farqni qisqartirib oldi. “Talabalar” hisobida 26 ochko, “oq-ko'klar”da esa — 25. Umuman olganda, keyingi turda BATE etakchiga aylanishi mumkin. Jamoa bugun “Sluck”ga qarshi qoldirilgan o'yinini o'tkazadi. “Energetik”ning keyingi o'yiniga to'xtaladigan bo'lsak, 3 iyul kuni “Borisov-Arena”da BATEga qarshi murosasiz bahs bo'lib o'tadi. 


Championat.asia saytining Belarus mamlakatidagi muxbiri Andrey Maslovskiy tayyorladi

Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика