Belarus chempionati tugashiga 3 tur qoldi. Chempionlik va to'purarlik uchun kurash qizg'in tus oldi (+jadval)

Eldor Akmurzayev
31 okt 2020, 20:20
Bugun Belarus Oliy Ligasi 25-turi doirasida qoldirilgan “Belshina” – “Shaxtyor” (Soligorsk) uchrashuvi bo'lib o'tdi va unda mehmonlar yirik hisobda zafar quchdi.

Soligorskliklar safida Jasurbek Yaxshiboev xet-trikka erishdi va jamoadoshi Yulius Szokening goliga assist bo'ldi.

“Shaxtyor” bugungi g'alabadan keyin musobaqa jadvalida 52 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam BATE bilan oradagi farq esa atigi 1 ochkoni tashkil etmoqda.

Shuningdek, Yaxshiboev chempionatdagi gollari sonini 16 taga etkazib olgan holda to'purar bo'lib turgan Maksim Skavishga (BATE, 17 gol) yaqinlashib oldi.

Chempionat tugashiga uch tur qoldi va 28-tur bahslari esa 6-8 noyabr sanalariga belgilangan. G'oliblik uchun kurashayotgan "Shaxtyor" va BATE 7 noyabrda o'zaro to'qnash keladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia