Bekxem "Manchester Yunayted"ning egalaridan biriga aylanishi mumkin
24 noy 2022 20:27
Yangiliklar
Bekxem "Manchester Yunayted"ning egalaridan biriga aylanishi mumkin
Devid Bekxem "Manchester Yunayted" klubining egalaridan biriga aylanishi kutilmoqda.
"Financial Times" xabariga ko'ra, mankunianliklar sobiq futbolchisi klubni sotib olish bo'yicha muzokaralarga kirishishga tayyor turibdi. Uning nomzodi konsorcium tarkibiga kiritilishi kutilmoqda.
Gleyzerlar oilasi klubni sotib yuborishga roziligi borasidagi rasmiy bayonot berilganidan keyin Bekxemga klub vakillari tomonidan murojaat bo'lgan. SHundan buyon u "Manchester Yunayted"ni sotib olishi mumkin bo'lgan davogarlar qatoriga kirgan.
1993-2003 yillar davomida MYU sharafini himoya qilgan Bekxem ayni damda MLSda o'ynayotgan "Inter Mayami" klubi asoschisi va egasi hisoblanadi.
Fikrlar