Bekkenbauer: “Germaniya terma jamoasi haddan tashqari did bilan o'ynaydi”
26 iyu 2014 15:40
Yangiliklar
Bekkenbauer: “Germaniya terma jamoasi haddan tashqari did bilan o'ynaydi”
“Bavariya”ning faxriy prezidenti Franc Bekkenbauer Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyovni tanqid qildi. Uning tanqidi nemislarning o'yin uslubiga tegishli.
“Faqatgina chiroyli o'yin bilan yutuqqa erishib bo'lmaydi. Nemislar hech qachon taslim bo'lmaydigan va so'nggi soniyalargacha g'alabaga ishonadiganlar safiga kiradi. Bugungi kunda jamoamiz haddan tashqari did bilan o'ynaydi. Ammo jamoamizning bazi bir futbolchilari maydonga tez yiqilib olishadi va hakamga murojaat qilishadi. Undan ko'ra tezroq turib, engni shimarib, ishga kirishish kerak. Bundan tashqari, jamoada hujumchilar kamligini tushunmayman. Nega, masalan, jamoaga SHtefan Kisslingni chaqirishmadi?” – deydi Bekkenbauer.
Fikrlar